1.Quyida berilgan tez aytishlarning qaysi birida faqat lablanmagan unlilar ishtirok etgan? A) Erkin ertangi ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi. B) O`tkir o`tkir o`roqda o`t o`rdi. C)To`p-to'p ko`k koptok , har bir to`pda ko`p koptok. D)Hali Vali, Soli sholi o`rdi . 2.Qaysi so`zlarda faqat tor unlilar qatnashgan? A)xizmatchi, tumshuq B)ko`prik, sovuq C)bilim, mudir D)lirika, musiqa 3)Qaysi maqolda faqat tor unlilar qatnashgan? A)aql aqldan quvvat oladi. B)qimirlagan qir oshar. C)ko`ngli qoraning yuzi ham qora. D)Ilm- tubsiz quduq . 4.Qaysi tez aytishda faqat lablanmagan unlilar qatnashgan? A)oq choynakka ko`k qopqoq . B)kaftdek tepa, kaftdek tepa ustida kemadek kapa . С)G`ani g`ildirakni g`izillatib g`ildiratdi. D)Gulnor guzardagi gulzordan go`zal gul uzdi. 5.Faqat keng unlilar va undoshlardan tuzilgan so`zni toping. A)e'tiqod B)bolalar C)tarvuz D) adabiyot 6.Ko`p so`zning ozi yaxshi , oz so`zning o`zi yaxshi. Ushbu gapda old qator unlilar necha o`rinda qatnashgan? A)8ta B)7ta C)9ta D)10ta 7.Yer – dehqonining joni, suv- qoni . Ushbu gapda til undoshlarining qaysi turlari qatnashgan? 1]til oldi; 2]til o`rta; 3]til orqa; 4]chuqur til orqa. A)1,2,4 B)1,2,3,4 C)1,3,4 D)1,4
8.Qaysi gapdagi so`zlar faqat jarangli undosh va unlilardan tuzilgan ? A)Yerni siylaganni el siylaydi. B)Gulnor guzardagi gulzordan go`zal gullar uzdi. C)Otang mirob bo`lsa ham, ariqni tozalab suv ich. D)Obro` misqollab keladi, qadoqlab ketadi. 9.Qaysi maqolda lab undoshlari ko`proq qatnashgan? A)Boshga balo nedan kelur? – Ikki enlik tildan kelur. B)Fil kuchli, fildan ham til kuchli C)Baxtli qiladigan ham til, baxtsiz qiladigan ham til. D)Ustoz ko`rmagan shogird har maqomga yo`rg`alar 10.Qaysi so`zdagi jarangli undosh uning jarangsiz jufti almashtirilsa, so`z ma’nosi o`zgarmaydi? A)toj B)tub C)bol D)dori 11.X undoshiga to`g`ri tavsif beriolgan javobni toping? A)CHuqur til orqa , sirg`aluvchi, jarangsiz undosh tovush B)Bo`g`iz,sirg`aluvchi, jarangsiz undosh tovush C)Chuqur til orqa, sirg`aluvchi, jarangli undosh tovush D) Chuqur til orqa, portlovchi,jarangsiz undosh tovush 12.Qaysi javobdagi so`zlarda tovush va harflar soni teng emas? A)non, buyuk B)yog`, suv c)yosh,tong В) yurak, ot 13.Qaysi maqoldagi so`zlar tarkibida chuqur til orqa undoshlari ishtirok etmagan? A)Maqtanma, g`oz hunaring oz! B)Sinamagan otning sirtidan o`tma! C)Aybsiz do`st axtargan do`stsiz qolar D)O`ylamay qilingan ish boshga keltirar tashvish 14.Adolatparvarlik so`zidagi undoshlarning qaysi biri hosil bo`lish o`rniga va usuliga ko`ra bir guruhni hosil qiladi? A) P, v B) d, k C) l, v D) d, t 15. Qaysi qatordagi so’zlarning undoshlari jarangli lab undoshlaridan iborat? A) beibo, beva, vabo B) ibo, bambuk, bevafo C) ivi, bibi, vafo D) bobo, bob, betob 16. Qaysi harf til oldi, portlovchi, jarangli undoshni iifodalaydi? A) ch B) sh C) j D) k 17. Qaysi qatorda unli va portlovchi undoshlardan tarkib topgan so’zlar berilgan? A) abadiy, telpak, qadriyat B) odob, botiq, qanoat C) dudutlatdi, qobiliyat, qorabayir D) tekintomoq, qanoat, vazifa 18. Qaysi javobda hosil bo’lish usuliga ko’ra bir guruhga mansub undoshlar qatnashgan? A) suzuvchi B) bedarak C) havoyi D) dabdabali 19. Bo’g’iz undoshi bilan boshlanadigan so’zlarni toping.1)….atar 2)…alol 3)…ayot 4)…avas 20. Nuqtalar o’rniga qaysi so’zlarda bo’g’iz undoshini qo’yish mumkin? 1)…ayr 2)…ayol 3)…ovuz 4)a…vol; 5)za..ira A)2,3,4,5 B) 3,4,5 C)1,3,5 D)3,4 21. Qaysi qatordagi so’zlarda faqat jarangsiz undoshlar bor? A) gilos, rayhon, gulkaram B) sochpopuk, shafqat, ko’kat C) ziynat, ko’hlik, libos D) ko’makdosh, inson, ko’rgazma 22. Qaysi qatorda jarangsiz jufti yoq undosh tovushlar berilgan? A) g, g’, y, l, m, n B) l,m,n,ng,r,y C) m,n,l,y,g,r D) z,j,g’,y,l,r 23. Qaysi so’zning yopiq bo’g’ini unli va jarangli undoshdan iborat? A) qadriyat B) yoqimli C) iztirob D) fazilat 24. Qator undoshli so’zlar berilgan javobni belgilang. A) tarktor, paxta, chaqqon B) ikki, million, metal C) stol, do’st,daraxt D) paxta, nimcha, o’simlik 25. Kitobni qadrlamoq kerak, bu tafakkur darsiga izzat-ehtirom bilan qadam qo’ymoq lozim. Ushbu gapda qo’llangan qo’sh va qator undoshlar miqdorini toping. A) 1 ta qo’sh undosh, 2ta qator undoshli so’z B) 2 ta qo’sh undosh, 2 ta qator undoshli so’z C) 2 ta qo’sh undosh, 3 ta qator undoshli so’z D) 2 ta qo’sh undosh, 4 ta qator undoshli so’z 26. Qator kelgan undoshlarni toping. A) kaptar B) metal C) to’rtta D) katta 27. Tarkibida yonma-yon bir xil undosh kelgan so’zlar… A) qator undoshli so’zlar B) qo’sh undoshli so’zlar С) juft undoshli so’zlar D) bir xil undoshli so’zlar 28. Til undoshlari qator kelgan so’zlarni toping. 1) zavq 2) nutq; 3)turq; 4)nasr; 5)qadr; 6)mehr; 7)ilm; 8)shart A)2,3,4,5,8 B)2,3,4,5,6,8 C)4,5,8 D)1,4,5,7,8 29. juft, farzand, baxt, rizq, farz, band,fasl, shaxs, jahl, harf, stul. Yuqorida sirg’aluvchi undoshlar qator kelgan nechta so’z mavjud? A)6ta B)3ta C)4ta D)5ta 30. til undoshlaridan sirg’aluvchi va portlovchi undoshlar qator kelgan so’zlarni toping. A)qadr, davr B) qalb, sabr C) do’st, ust D) sharq, baxt
Do'stlaringiz bilan baham: |