18
Gung, Ustoz Jahongir, Pir Sayid Ahmad Bog’ishamoliy va boshqa musavvir va naqqoshlarni
kiritish mumkin. Ular chizgan yorqin tasvirlar, portretlar, tabiat manzaralari yoxud jang
tafsilotlari o’zining tabiiyligi, tiniqligi va originalligi bilan kishini hayratga soladi. Masalan,
Muhammad Siyohqalam, Hoja Muhammad va ustoz Abdulhay mo’yqalami bilan sayqal topgan
96 ta muroqqa (albom) Shunday tasvirlar sirasiga XV asrning 20-30-yillarda Shohrux saroyida
qo’lyozma kitoblar tayyorlanadigan ustaxonasi bo’lgan kitobxona yuzaga kelgan. Kutubxonada
40 dan ortiq san’atkorlar, jumladan adabiy va tarixiy mazmundagi qo’lyozmalarni
bezovchi
musavvirlar, xattotlar, naqqosh, muzahhib va boshqalar to’plandi. Kutubxonaning faoliyatiga
shahzoda Boysung’ur Mirzo homiylik qilgan. Uning sa’y-harakati asosida jahon san’ati tarixida
muhim o’rin tutgan Hirot miniatyura maktabiga asos solgan (keyinchalik mutaxassislar
tomonidan «Nigorxonai Behzod» yoki «Behzod akademiyasi» deb atalgan).
Hirot miniatyura
maktabi-XV asrda Hirotda shakllangan tasviriy san’at (miniatyura)dagi uslubdir.
XV asr 2-yarmida Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy homiyligi tufayli Hirot miniatyura
maktabi o’z taraqqiyotining yuqori cho’qqisiga ko’tarildi. Bu davrda rasm va ranglar uyg’unligi
tuzilishining mohir ustalari bo’lgan Mirak Naqqosh, Xo’ja Muhammad naqqosh, Xo’ja Ali al-
musavvir, SHoh Muzaffar kabilar ijod qildi. 1455-1536 yillari
Hirotda buyuk miniatyurachi
musavvir, Sharq uyg’onish davrining yetuk san’atkori, Hirot miniatyura maktabining asoschisi-
Kamoliddin Behzod faoliyat ko’rsatdi. U «Ikkinchi Moniy» degan faxriy unvonga sazovor
bo’lgan. Tarixchilardan Mirzo Muhammad Haydar, Do’st
Muhammad va Qozi Ahmadning
ma’lumotlariga ko’ra, Behzodni Sulton Husaynning kitobdori Mirak Naqqosh o’z tarbiyasiga
olgan. Behzod musavvirlikni Pir Sayd Axmad Tabriziydan o’rgangan, o’z ijodida musavvir Xalil
Mirzo Shohruxiy badiiy uslubini davom ettirib, uni rivojlantirgan va kamolga yetkazgan, yosh
musavvir iste’dodi juda tez shakllangan. Bunda Alisher Navoiyning
murabbiylik faoliyati ham
hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan. Navoiyning shaxsiy kutubxonasida o’sha davrning yetuk
san’atkorlari Mirak Naqqosh, Hoji Muhammad kabi musavvirlar, Hofiz Muhammad, Zayniddin
Mahmud, Sulton Muhammad Hyp kabi xattotlar ijod bilan band bo’lganlar. Behzod shu
kutubxonada, ayniqsa, xattot Sultonali Mashhadiy va Yoriy Muzahhib bilan yaqin ijodiy
hamkorlikda bo’lgan.
Behzod ijodining mavzu doirasi, qahramonlari shu yerda-Navoiy va
boshqa san’atkorlar ijodi ta’sirida kamol topgan. Kamoliddin Behzodning ijodida Hirot
miniatyura maktabining jo’shqin, harakat va detallarga boy kompozitsiyalardan his-tuyg’ularni
ifodalash usuliga, shuningdek, portret janriga o’tishdek taraqqiyot yo’li o’z ifodasini topdi.
Uning
har bir yaratgan asari, shoh asar edi. Zamondoshlari uning asarlarini badiiy
mukammalligi, o’ta hayotiyligi va haqqoniyligi uchun qadrladi.
Do'stlaringiz bilan baham: