1
10-MAVZU: AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA O’ZBEK
DAVLATCHILIGINING YUKSALISHI. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR
DAVLATINING ICHKI HAYOTI.
Reja:
1. Amir Temurning markazlashgan davlatni yaratishi.
2. Temuriylar davrida Movorounnahr va Xuroson.
3.Amir Temur va Temuriylar davlatining ichki hayoti.
XIV asr o’rtalarida Chingizxon egallab olgan yerlar uning merosxo’rlari qo’l ostida bo’lsa
ham, bu yerlar mayda bo’laklarga bo’linib ketib, ularda toju-taxt, hokimiyat uchun o’zaro nizolar
kuchayib ketgan edi. Chig’atoy ulusidagi barqarorlik Qozonxon vafotidan so’ng (1336-1347)
barham topdi. Siyosiy va iqtisodiy inqiroz Amir Qazog’on (1347-1357) davrida yanada avj oldi.
Amir Qazog’on fitna natijasida o’ldirilgach, XIV asrning 50-60-yillarida Chig’atoy ulusiga
qarashli Movarounnahr hududida 10 ga yaqin mustaqil bekliklar vujudga keldi (Xorazmda
so’fiylar, Qashqadaryoda barloslar, Ohangaron vodiysida jaloyirlar, Buxoroda sadrlar, Termiz
atrofida sayidlar amirlari va boshqalar). Mustaqil bekliklarga bo’linish oqibatida beklar o’rtasida
doimiy nizo, janjallar yuzaga keldi. Yurt butunligiga jiddiy havf ostida qoladi.
Buning ustiga, 1348 yil taxtni egallagan Tug’luq Temur 1360-1361 yillarda
Movarounnahrga birin-ketin ikki marta bostirib kiradi. Uning xuruji ham vaziyatni yanada
qiyinlashtirdi. Mana Shunday o’zaro ichki urushlar qizigan, mo’g’ullar zulmiga qarshi
mehnatkash xalq harakatlari boshlangan bir davrda mamlakatda yangi siyosiy kuch yetilmoqda
edi. Bunday qaltis vaziyatda siyosiy kurash maydoniga yosh Amir Temur kirib keldi.
Amir Temur, (to’liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag’ay ibn Amir Barqul) 1336 yil 9
aprelda Kesh, hozirgi Shahrisabz shahri yaqinidagi Xoja Ilg’or (hozirgi Yakkabog’ tumani)
qishlog’ida barlos urug’ining oqsoqollaridan hamda Chig’atoy ulusining e’tiborli beklaridan
hisoblangan Amir Tarag’ay (?-1360) oilasida dunyoga keldi. Amir Temurning onasi Takina
xotun (taxm. 1318-1353) buxorolik. Amir Temurning yoshligi Keshda kechdi. Yetti yoshga
to’lgach, otasi uni o’qishga beradi. Shayx Shamsuddin Kulol (?-1360 yilgacha, Kesh)
Temurbekning piri bo’lgan. U yoshlik chog’laridanoq maxsus murabbiylar nazorati ostida
chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga o’q uzish, boshqa turli mashq va harbiy o’yinlar
bilan mashg’ul bo’lgan. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir
chavandoz va dovyurak bahodir bo’lib voyaga yetgan. Amir Temur tabiatan og’ir, bosiq, teran
fikrli va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni
tezda fahmlab oladigan inson bo’lgan. Shu tufayli o’spirinlik chog’laridayoq atrofiga tengqurlari
orasidan sadoqatli do’stlarni jalb qila olgan. Uning atrofiga bolalikdagi do’stlari va
maktabdoshlari (Abbos Bahodur, Jahonshohbek, Qimori Inoq, Sulaymonshohbek, Idiku Temur,
Sayfuddinbek, Hindushoh, Qarqara va boshqalar) to’planishib, birgalikda mashq qilar,
musobaqalarda ishtirok etishar, asta-sekin navkar bo’lishib va harbiy guruhga birlashib, harbiy
bo’linma sifatida shakllana borgan. Keyinchalik ular Amir Temur qo’shinida lashkarboshilik
darajasigacha ko’tarilganlar.
Amir Temur o’zining ilk harbiy faoliyatini qo’l ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat
amirlariga xizmat qilishdan boshlagan; ularning o’zaro kurashlarida katnashib, jasorat
ko’rsatgan, janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan. Dong’i butun Qashqadaryo
vohasiga yoyilgan. Amir Temurning aklu zakovati, shijoati va shuhrati uni Movarounnahrning
nufuzli amirlaridan amir Xizr Yasovuriy va amir Qazatn bilan yaqinlashtirdi. Xondamirning
yozishicha, otasi amir Taragoy Amir Temurni avval (1355) amir Joku barlosning qizi Nurmushk
og’oga, so’ngra o’sha yili (1355) Qazag’onning nabirasi va amirHusaynning singlisi O’ljoy
Turkon og’oga uylantiradi. Keyingi nikoh tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi amir Husayn
o’rtasida ittifoq yuzaga kelib, ular birgalikda mo’g’ullarga karshi kurashadilar. Yuqorida
ta’kidlab o’tilganidek, Tug’luq Temur 1360-1361 yillarda Movarounnahrga harbiy yurishlarni
amalga oshirdi. Movarounnahr amirlari xalqqa bosh bo’lib mo’g’ul bosqinchilariga qarshi
2
kurashga jur’at eta olmaydilar. Ularning bir qismi dushman tarafiga o’tadi, ikkinchi qismi esa el-
yurtni tark etib, o’zga mamlakatlardan boshpana izlaydi. Amir Temurning amakisi Kesh
viloyatining hukmdori Amir Hoji Barlos Xuroson tomonga qochadi.
Yurt boshiga tushgan mana Shunday og’ir pallada siyosat maydoniga kirgan 24 yoshli
Temur xalq bilan birga bo’lishga intilib, boshqacha yo’l tutadi. U 1360 yilning boshida Tug’luq
Temur tomonidan Keshga yuborilgan beklar bilan kelishib, xon xizmatiga kiradi. Natijada
Tug’luq Temurning yorlig’i bilan o’z viloyatining dorug’asi (hokim) etib tayinlanadi. Shubhasiz,
bu noilojliqdan qo’yilgan siyosiy hamda strategik qadam bo’lib, bu bilan Amir Temur
mo’g’ullarning navbatdagi talon-tarojining oddini olgan, mamlakat va xalqni faloqatdan
qutqargan edi. Biroq, Movarounnahrning hukmdori etib tayin qilingan Ilyosxo’ja va uning
lashkarboshisi amir Bekkichik bilan Amir Temurning murosasi kelishmay qoladi. Shu sababdan
1361 yilning oxirida u mamlakatni tark etishga majbur bo’ladi. Amir Temur Xivaning janubida,
Urganjiy dashtida Tug’luq Temurning yana bir raqibi - qaynog’asi Amir Husayn (Husain ibn
Musallab – ?-1370) bilan uchrashadi. Amir Xusayn bilan Sohibqiron Temurning bir-birlari bilan
juda yaqinlashgan va yaxshi munosabatda bo’lgan davrlar 1361-1365 yillarni o’z ichiga oladi.
Dastlab ular Tug’luq Temurning farmoniga binoan Amir Temurni ta’qib qilishga kirishgan Xiva
dorug’asi To’qol (Tavakkal) bilan jang qiladilar va uni tor-mor keltiradi. Biroq ushbu jang
oqibatida Sohibqiron g’oyat og’ir ahvolga tushadi. 1362 yil bu vaziyatdan xabar topgan Maxon
(hozirgi Mari yonida) hokimi turkman Alibek Joniqurbon Ilyosxo’jaga yoqish maqsadida
Temurni qo’lga oladi va zindonga tashlaydi. Temur zindonda 62 kun tutqunlikda hayot
kechirgan. Bunday og’ir vaziyatda unga turkmanlarning sanjari qabilasi boshlig’i Muborakshoh
yordam beradi. 1362 yilning kuzida Seyistonda viloyat (Eron va Afg’oniston chegarasida
joylashgan tarixiy viloyat) hukmdori Malik Qutbiddinning tarafida turib mekroniylar bilan
bo’lgan to’qnashuvda Amir Temur o’ng kafti va o’ng oyog’idan jarohatlandi. Buning oqibatida u
bir umr oqsoqlanib yuradi. Shu bois undan dahshatga tushgan dushmanlari hasad bilan
«Temurlang» deb atashgan. Ikki oy mobaynida Temur Garmsirda davolandi. So’ngra Balxga
yo’l oldi. Bu yerda hal qiluvchi jangga tayyorgarlik ko’rdi. 1363 yil Tug’luq Temur vafot etib,
Mo’g’ulistonda xonlik taxtini Ilyosxoja egallaydi. Shu yili Amir Husayn va Amir Temur
Amudaryoning chap sohilida, Qunduz shahri yonida umumiy dushman ustidan g’alaba
qozonadilar. Keyingi ikki yil davomida ittifoqchilar Ilyosxo’ja boshliq jeta lashkarlari bilan bir
necha marta jang qiladilar. Nihoyat 1364 yil oxirida ular mo’g’ullarni Movarounnahrdan quvib
chiqaradilar.
Biroq Movarounnahrni qo’ldan chiqarishni istamagan Ilyosxo’ja 1365 yilning bahorida
yana Movarounnahr ustiga qo’shin tortadi. Ikki o’rtadagi jang Toshkent bilan Chinoz o’rtasidagi
Chirchiq daryosi bo’yida (Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma»siga ko’ra 1360 yil 16 iyunda)
SHarafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»siga binoan 1365 yil 22 mayda sodir bo’ladi. Tarixda u
«Jangi loy» - «Loy jangi» nomi bilan shuhrat topadi. Chunki o’sha kuni kuchli jala quyib, jang
maydoni botqoqlikka aylangan, hatto otlar loyga botib qolgan. Jangda amir Husaynning xiyonati
oqibatida mag’lubiyatga uchraydilar va o’z qo’shinlari bilan Amudaryo bo’ylariga chekinib,
Balx viloyatida o’rnashdilar. Ilyosxoja esa hech qanday qarshilikka uchramay Xo’jand, Jizzax va
boshqa bir qancha shahar hamda qishloklarni egallab, Samarqand ustiga yuradi. Samarqand
o’sha paytlarda katta qo’shinga qarshilik ko’rsata olmasdi. Shaharning na devori va na
mustahkam istehkomlari, na qurollangan sipohiysi bor edi. Bek va amirlar shaharni tark etgan
edi, lekin mo’g’ullarga qarshi xalq ko’tarildi, sarbadorlar shahar mudofaasini o’z qo’llariga
oldilar. Shahar mudofaachilariga Madrasa tolibi ilmlaridan Mavlonozoda Samarqandiy, jun
(paxta) tituvchilar mahallasining oqsoqoli Abu Bakr Kuluyi (Kalaviy) Naddof va mergan
mavlono Xurdaki Buxoriylar boshchilik qiladilar. Sarbadorlar Samarqand shahrida mo’g’ullarga
qaqshatqich zarba beradilar. Samarqandliklarning ishlab chiqqan harbiy rejasi puxta chiqdi va
o’z samarasini berdi. Bir necha hujum samarasiz tugagach mo’g’ullar shahar atrofini qurshab
olib uzoq vaqt qamal qilish rejasini o’ylab chiqdilar. Lekin lashkar safida yuqumli kasallik
tarqaldi. Buni ot vabosi (o’lati) deb atashadi. O’lat oqibatida Ilyosxo’ja qo’shinlariga mansub
3
otlarning katta qismi qirilib ketdi. Ilyosxo’ja katta yo’qotishlar bilan dastlab Samarqandni keyin
esa Movarounnahrni tashlab ketishga majbur bo’ldi.
Sarbadorlarning Ilyosxo’ja ustidan g’alabasi butun Movarounnahrga ovoza bo’ldi. Bu
paytda Keshda bo’lgan Amir Temur bu xabarni Amudaryo bo’ylarida bo’lgan Amir Xusaynga
yetkazdi. 1366 yilning bahorida ular Samarqandga yetib keladilar va shahar yaqinidagi Konigil
(Samarqandning janubiy-Sharqida, CHo’ponota tepaligi etagidagi gil koni bo’lib, bu kon
yaqinida, Siyob (Obirahmat) arig’i bo’yida joylashgan keng, ko’kalamzor mavze) mavzeyiga
kelib tushadilar. Beklar sarbadorlarning yetakchilari bilan muzokara olib boradilar.
Uchrashuvning birinchi kunida beklar ularning sharafiga ziyofat berib, sha’niga hamdu sanolar
aytadilar. Biroq ertasi kuni Abu Bakr Kuluyi bilan Xurdaki Buxoriylar dorga tortiladilar.
Mavlonozodani esa Amir Temur o’rtaga tushib qutqarib qoladi. Shu tariqa sarbadorlar boshliqsiz
qoldirilib, harakat bostiriladi. Movarounnahrda Amir Husaynning hukmronligi o’rnatiladi.
Ammo ko’p vaqt o’tmay Husayn bilan Amir Temur o’rtasida munosabat keskinlashib, ochiqdan
ochiq nizoga aylanadi. Amir Xusayn Amir Temurga yaqin bir necha beklarniisyon ko’tarishda
gumonsirab, ularga katta jarima soldi. Temur do’stlariga yordam berish maqsadida bisotidan bor
javohirlarni qaynog’asiga to’lab yaqin kishilarini qutqarib qoldi. To’plangan boyliklar ichida
Xusaynning singlisi O’ljoy Turkonning qulog’idagi oltin sirg’a ham qo’shib tovonga kiritilgan
bo’lib uni aslida Temur va O’ljoy Turkonning to’y kunlariga yaqin Xusayn tomonidan hadya
qilingan edi. Javohirlar ichida sirg’a egasi kimligini bilib turib Xusayn uni qaytarib bermagan.
Amir Temur bundan qattiq g’azablangan. 1366 yilda O’ljoy Turkon xotunning o’limi ham ikki
hukmdorni bir-biridan ajralishini tezlashtirgan omil desak bo’ladi. 1366-1370yillar davomida
ular o’rtasida bir necha bor o’zaro to’qnashuvlar ham bo’ladi.
1370 yilning bahorida Amir Temur butun qo’shinlari bilan kuchli raqib-Balx hukmdori
Amir Husaynga qarshi yo’lga chiqadi. Qo’shin Termiz yaqinidagi Biyo qishlog’iga yetganida
uning huzuriga taniqli ulamolardan
Do'stlaringiz bilan baham: |