Davlatchiligining yuksalishi. Amir temur va temuriylar davlatining ichki hayoti


«Dor us-Siyodat» («Sayyidlar uyi»)



Download 339,34 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/17
Sana25.02.2022
Hajmi339,34 Kb.
#464739
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
10-mavzu(1)

«Dor us-Siyodat» («Sayyidlar uyi»)
maqbarasi va 
Oqsaroy 
qurilgan.
Dor us-Siyodat-«Sayyidlar uyi» (1379-1380). 
Shahrisabzning janubiy-Sharqiy qismida 
Amir Temur qurdirgan maqbara kompleksi. XIX-XX asr boshlarida qisman ta’mirlangan. 
Farzandi Jahongir Mirzo maqbarasi (Hazrati Imom maqbarasi) va Amir Temurga mo’ljallangan 
yer osti go’rxonasi saqlanib qolgan. 
Dor ut-tilovat
bilan bir ansamblni tashkil qilgan. 
SHarafuddin Ali Yazdiy «Zafarnoma»sida yozilishicha, Amir Temur Shahrisabzda maxsus bino 


14 
qurdirgan, unda o’z o’g’li Amirzoda Jahongir va boshqa amaldorlar hamda buzrukvorlarning 
daxmalari qo’yilsin, deb farmon bergan.
Dor ut-tilovat majmuasi (Tilovat uyi, Qur’on o’qiydigan joy, XIV asr). 
Shahrisabz 
markazida Dor us-siyodat majmuasi g’arbida temuriylar xonadoniga mansub qadimgi inshootlar 
iboratDor ut-tilovat majmuasi ham joylashgan. Hozir kompleksdan uchta yodgorlik saqlanib 
qolgan: 1) Amir Temur tomonidan otasi Tarag’ayning piri Shayx Shamsuddin Kulol mozori 
(1370) ustiga shahar jome’ masjidi yoniga qurdirilgan maqbara. 2) Otasi Tarag’ay mozori 
qoldig’ini Shahrisabzga ko’chirtirib, pirini oyoq tomoniga qo’ydirib, gumbaz maqbara 
qurdirgan. 3) Ulug’bek jome’ masjidi Ko’k gumbaz (1435 -1436). 
Oqsaroy (Shahrisabz, 1380-1404). 
Shahrisabzdagi me’moriy yodgorlik. Amir Temurning 
onasi Takina xotun sharafiga qurilgan. Shaharning Shimoliy-Sharqidagi bosh maydonda 
joylashgan. Me’mor Muhammad Yusuf. Bir zamonlar muhtasham, xashamatli bo’lgan bu 
saroyning bizgacha yemirilib, xaroba holga kelgan ulkan peshtog’i, ikki chekkasidagi minorasi, 
saroy poydevorining bir qismigina saqlangan. Oqsaroyning hozirgi ko’rinishi ham salobatli va 
go’zaldir. Bu salobatlilik va go’zallikka g’ishtlarning yaxlit bo’lib ko’rinishini ta’minlash-old va 
Shimoliy devor yuzasini sirkor parchinlar bilan bir tekisda ishlash tufayli erishilgan. Peshtoq 
ravog’ining eni 22,5 m, balandligi 40 m, umumiy balandligi 50 m dan oshadi. Peshtoq minorasi 
ichidagi aylanma zina orqali yuqoriga chiqilgan. 20 yil davomida qurilgan ushbu me’moriy 
yodgorlikning ranglari oy yorug’ida jilolanib-oqarib ko’rinishidan bino Oqsaroy deb nomlangan. 
Saroyning o’ziga xos xususiyatlaridan biri-tom tepasiga ishlangan hovuzdir. Hovuzga suv 
Taxtaqoracha dovonidan qo’rg’oshin quvurlar orqali oqib kelib, undan sharshara hosil qilib 
pastga tushirilgan. Samarqand saltanat poytaxtiga aylantirilgach, unda Isfahon, Sheroz, Xalab, 
Xorazm, Buxoro, Nasaf va Keshning me’moru binokorlari qo’li bilan saroylar masjidlar, 
maqbara va xonaqohlar qurildi. 1403-1404 yillarda Samarqandda bo’lgan Ispaniya elchisi Rui 
Gonsales de Klavixo (?-1412.2.4) Amir Temurning olib borayotgan binokorlik ishlaridan 
hayratda qolgan. 
Jumladan, mo’g’ullar bosqinida butunlay vayron etilgan va aksari aholisi qirib tashlangan 
va qisman qul qilingan Samarqand shahri Amir Temur hukmronligi davrida o’zining qadimgi 
o’rni Afrosiyobdan birmuncha janubroqda butunlay yangidan qurildi. Shahar tevaragi 
mustahkam qal’a devori bilan o’ralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So’zangaron va 
Feruza kabi nomlar bilan ataluvchi 6 ta darvoza o’rnatildi. Shahar arkida Amir Temurning 
qarorgohi Ko’ksaroy va Bo’stonsaroylar bino kilindi. Ko’ksaroy 4 qavatli bo’lib, gumbazlari va 
devorlari zangori koshinlar, naqshinkor va guldor parchinlar bilan qoplangani uchun u Shunday 
atalgan. Ko’ksaroyda xonlarni podsholik taxtiga chiqarish marosimi vaqtida ularni oq kigiz 
ustiga olib o’tqazadigan toshdan taxtkursi-Ko’ktosh qo’yilgan edi. Bulardan tashqari arkda 
davlat devonxonasi, qurol-yarog’lar ustaxonasi va aslahaxona, tangalar chekiladigan zarbxona 
kabi imoratlar joylashgan. 
Movarounnahrning dehqonchilik vohalarida, xususan Zarafshon vodiysida o’nlab sug’orish 
tarmoqlari chiqarilib, dehqonchilik maydonlari kengaytirildi. Yangi qishloqlar barpo etildi. Ibn 
Arabshohning yozishicha, Amir Temur Samarqand atrofida qad ko’targan bir qancha yangi 
qishloqlarni Sharqning mashhur shaharlari Dimishq (Damashq), Misr, Bag’dod, Sultoniya va 
Sheroz nomlari bilan atadi. Amir Temurning fikricha, Samarqand kattaligi, go’zalligi hamda 
tevarak-atrofining obod etilganligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham ustunroq 
turmog’i lozim edi. XIV asrning oxiri-XV asrlarda Samarqandda ko’rkam va muhtasham 
binolardan tashqari shahriston yoki rabodi doxidda turli-tuman kasbdagi hunarmandlar 
mahallalari qad ko’taradi. Amir Temur mamlakatda, xususan uning poytaxti Samarqandda 
hunarmandchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor beradi. Ispan elchisi Klavixoning yozishicha
Sohibqiron hunarli biror kishini ham Movarounnahrni tashlab ketishiga yo’l qo’ymagan. 
Aksincha, Amir Temurning amri-farmoni bilan Damashqning eng mohir to’quvchilari, 
Halabning mashhur paxta yigiruvchilari, Anqaraning movut to’quvchi korxonalari, Turkiya va 
Gurjistonning zargarlari, xullas, ko’p kasb-hunar sohiblari boshqa shaharlardan Samarqandga 
ko’chirib olib kelindi. O’sha davrda shaharda turli din va mazhablardagi kishilar istiqomat 


15 
qilardi. Klavixoning ma’lumotiga ko’ra, Samarqandda 150 mingdan ziyodroq aholi yashagan. 
Shahar maydoni Ispaniyaning SHibliya (Sevilya) shahridan kengroq bo’lgan. Lekin uning bu 
ma’lumotida shahar arki bilann qal’a, ya’ni ichki shahar kismlarigina ko’zda tutilgan xolos. 
Samarqanddagi me’moriy yodgorlik. Afrosiyob tepaligi janubida joylashgan qabristondagi 
maqbaralardan hamda masjid, minora va madrasadan iborat ansambl. Ularning eng qadimiysi 
Qusam ibn Abbos maqbarasi bo’lib, xalq orasida Shohizinda («Tirik shoh») nomi bilann 
mashhur. Ansambl bir-biri bilan yo’lak orqali bog’langan 3 guruh binolardan iborat. XIII asrda 
mo’g’ullar istilosi davrida Afrosiyob vayron bo’lgach, xalq bu yerni tark qilgan. Amir Temur va 
Ulug’bek davrida bu yerda qurilish ishlariga ahamiyat berilgan. Arxeologik qazishlardan 
aniqlanishicha, Afrosiyobning qadimiy qal’a devori yon bag’rida qilingan zina XVIII asrda 
vayron bo’lgan, keyinchalik 40 pog’onali g’ishtin yangi zina va Chortoq qurilgan, bular 
hozirgacha saqlangan. Shohizinda ansamblidagi inshootlarning ko’pchiligi XIV asrga taalluqli. 
Ansamblning bosh darvozasi janubda ko’chaga qaratib qurilgan. Darvozaxonani Ulug’bek hijriy 
838 (milodiy 1434-1435) yidda o’g’li Abdulazizga atab qurdirgan. Unda qo’yidagi so’zlar 
bitilgan: «Abdulaziz Baxodir ibn Ulug’bek ibn Shohrux ibn Temur». Amir Temurning bog’ 
qurish an’anasini temuriylar shahzodalar ham davom ettirishgan. Masalan, Ulug’bek rasadxona 
etagida bobosi Amir Temur an’anasiga ko’ra Mirzo Ulug’bek ikkita bog’ qurdiradi. Ularning biri 
Bog’i maydon, ikkinchisi CHinnixona nomi bilan ataladi. Bog’i maydon o’rtasida qurilgai bino 
ikki qavatli bo’lib, devor va ustunlariga marmardan sayqal berilgan. CHinnixona-arxeologik 
yodgorlik, saroy. Samarqandda CHo’ponota tepaligining janubiy-g’arbida joylashgan. XV 
asrning 40-yillarida Ulug’bek rasadxonasiga yaqin joyda qurilgan. Saroy devorlari chinni bilan 
qoplangani uchun ham CHinnixona deb atalgan. Ulug’bek va olimlar shu yerda samoviy 
kuzatuv, ilmiy tadqiqotlardan so’ng hordiq chiqarishgan. CHinnixonadagi imoratlarning biri 
toshdan, ikkinchisi chinnidan bo’lgan. CHinni 1422 yilda Xitoydan keltiriladi. 

Download 339,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish