Davlat byudjeti daromadlarining shakllanishida soliqlar va boshqa to`lovlar asosiy manba sanaladi. Bu mablag’lar hisobidan davlat va ijtimoiy dasturlar moliyalashtiriladi, davlat tuzilmalarining faoliyati ta`minlanadi


«Soliq to‘lovchilarning egaligidagi yer fondi» dasturiy mahsuloti



Download 155,38 Kb.
bet43/82
Sana04.07.2022
Hajmi155,38 Kb.
#738852
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   82
Bog'liq
amaliyot 2 bosqich (2) (Автосохраненный)

2.11. «Soliq to‘lovchilarning egaligidagi yer fondi» dasturiy mahsuloti
«Soliq to‘lovchilarning egaligidagi yer fondi» dasturiy mahsuli Davlat soliq qo‘mitasining 2013 yil 30 iyundagi «Soliq to‘lovchilarning egaligidagi yer fondi» (STEYeF) dasturiy mahsulotini (birinchi bosqich-yuridik shaxslar) amaliyotga joriy qilish to‘g‘risida»gi 257–sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy etildi.
Dasturiy mahsulot yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan yer solig‘i bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining hududiy bo‘limlaridan yer egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq idoralariga olib, yer solig‘i to‘lovchilari tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblar bilan solishtirgan holda Soliq kodeksiga asosan kameral nazoratni amalga oshirish maqsadida joriy qilingan.
Davlat soliq qo‘mitasining 2015 yil 12 iyuldagi 226-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq mazkur «Soliq to‘lovchilarning egaligidagi yer fondi» dasturiy mahsuli «Soliq to‘lovchilarning egaligidagi yer fondi» dasturiy mahsuloti deb o‘zgartirildi.
Dasturiy mahsulotda quyidagi imkoniyatlar yaratilgan:
1. Respublika bo‘yicha yuridik shaxslar egaligida va (yoki) foydalanishida bo‘lgan yer maydonlari hisobini avtomatlashgan holda yuritgan holda quyidagi ma’lumotlarni:
noqishloq xo‘jalik korxonalari;
qishloq xo‘jalik korxonalari (yagona yer solig‘i to‘lashga o‘tmagan);
yagona yer solig‘ini to‘lovchilari bo‘yicha umumiy va alohida-alohida ma’lumotlarni olish.
2. Noqishloq xo‘jalik korxonalarning yer maydonlari, shu jumladan shaharlarda zonalar bo‘yicha va qishloq joylarida joylashgan yer maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish.
3. Qishloq xo‘jalik korxonalari (yagona yer solig‘i to‘lashga o‘tmagan) yer maydonlarining yer turlari, ball boniteti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish.
4. Yagona yer solig‘i to‘lovchi qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarning yer maydonlari va ularning normativ qiymatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish.
5. Yer solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblarga nisbatan dasturiy mahsulda hisoblangan yer solig‘i bo‘yicha solishtirma ma’lumot, yuridik shaxslarga hisoblangan yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan, to‘langan, soliq qarzi va ortiqcha to‘lovlar to‘g‘risidagi, yer solig‘i bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, imtiyoz turlari va summalari bo‘yicha
noqishloq xo‘jalik korxonalari;
qishloq xo‘jalik korxonalari (yagona yer solig‘i to‘lashga o‘tmagan);
yagona yer solig‘i to‘lovchilari bo‘yicha umumiy va alohida-alohida ma’lumotlarni olish.
6. Yuridik shaxslarning soliq to‘lash tartibiga ko‘ra, yagona soliq to‘lovi to‘lovchisi bo‘lgan korxonalar bo‘yicha alohida hisobot shakllantirish bunda, yagona soliq to‘lovini to‘lovchi korxonaga hisoblangan yer solig‘i bilan ular tomonidan taqdim etilgan yagona soliq to‘lovi hisob-kitobini solishtirish.
7. Dasturiy mahsulotdan barcha yer solig‘i to‘lovchilarining faoliyat turlari, holatlari, boshqarish organlari (vazirlik) bo‘yicha istalgan ma’lumotlarni shakllantirish.
Jumladan, fermer xo‘jaliklarining faoliyat turlari bo‘yicha, paxtachilik va g‘allachilik, kartoshka va sabzavotchilik, lavlagichilik, meva rezavor yetishtirish va uzumchilik, yog‘ olinadigan o‘simliklarni yetishtirish, ozuqabop o‘simliklarni yetishtirish, chorvachilik, qo‘ychilik va echkichilik, parrandachilik, baliqchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari bo‘yicha alohida-alohida hisobotlar chiqarish.
8. Dasturiy mahsulotda hisoblangan yer solig‘i summasi bilan korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblar bo‘yicha hisoblangan soliq summalarini taqqoslash orqali, avtomatik tarzda kameral nazorat qilish imkoni yaratiladi.

Download 155,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish