429-modda. Soliq stavkalari
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha bazaviy soliq stavkalari respublika hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq o‘lchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Respublika hududlari
|
1 gektar uchun bazaviy soliq stavkasi (mln so‘mda)
|
|
Toshkent shahri:
1 zona
2 zona
3 zona
4 zona
5 zona
|
220
175
135
90
45
|
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
|
28
|
|
Andijon viloyati
|
35
|
|
Buxoro viloyati
|
29
|
|
Jizzax viloyati
|
29
|
|
Qashqadaryo viloyati
|
29
|
|
Navoiy viloyati
|
29
|
|
Namangan viloyati
|
35
|
|
Samarqand viloyati
|
35
|
|
Surxondaryo viloyati
|
25
|
|
Sirdaryo viloyati
|
22
|
|
Toshkent viloyati
|
30
|
|
Farg‘ona viloyati
|
29
|
|
Xorazm viloyati
|
29
|
|
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun soliq stavkalarining aniq miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari 0,5 dan 2,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, soliq stavkalarini belgilaydi;
tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari, ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida belgilangan soliq stavkalariga, Toshkent shahri uchun esa — ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, ko‘cha kesimida kiritadi.
Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan keyingi soliq davri uchun soliq stavkalari har yili joriy soliq davrining 31-dekabriga qadar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga taqdim etadi. Yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlari ushbu soliq stavkalarini besh kun ichida soliq to‘lovchilarga ma’lumot uchun yetkazishlari kerak.
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar uchun soliq stavkalari qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi.
Yagona ishtirokchilari nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalaridan iborat bo‘lgan va xodimlar umumiy sonining kamida 50 foizini nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkil etadigan hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash fondi mehnatga haq to‘lash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan egallangan yer uchastkalariga nisbatan soliq stavkalariga 0,25 koeffitsiyent qo‘llaniladi.
Quyidagilar egallagan yer uchastkalari uchun soliq stavkasiga 0,3 koeffitsiyent qo‘llaniladi:
elektr uzatish liniyalari, ularning podstansiyalari va inshootlari egallagan yerlar;
umumdavlat aloqa liniyalari (havo va kabelli aloqa liniyalari, tirgakli liniyalar va radiofikatsiyalar, yer osti kabelli liniyalari, ularni bildiruvchi signalli va harakatsiz belgilar, radiorele aloqa liniyalari, kabelli telefon kanalizatsiyalari, yer ustidagi va yer ostidagi xizmat ko‘rsatilmaydigan kuchaytirgich punktlari, taqsimlagich shkaflar, erga ulash konturi qutilari hamda boshqa aloqa inshootlari) egallagan yerlar;
umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar, shu jumladan tuproq ko‘tarmasi, sun’iy inshootlar, liniya-yo‘l binolari, temir yo‘l aloqasi hamda elektr ta’minoti qurilmalari, inshootlar va yo‘l qurilmalaridan iborat temir yo‘l stansiyalari hamda saralash joylari, shuningdek belgilangan tartibda temir yo‘l transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanishga berilgan ihota daraxtzorlari egallagan yerlar;
magistral neft va gaz quvurlari, shu jumladan kompressor, nasos stansiyalari, yong‘inga qarshi va avariyaga qarshi stansiyalar, quvurlarni katodli himoyalash stansiyalari ularni tarmoqqa ulash uzellari bilan, quvurlarni tozalash qurilmalari hamda shunga o‘xshash inshootlar band etgan yerlar;
samolyotlarning uchish-qo‘nish maydonlari, erda boshqarish yo‘lkalari va to‘xtash joylari, fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining radionavigatsiya va elektr yoritish uskunalari egallagan yerlar;
O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish Davlat dasturlariga kiritilgan obyektlar qurilishi uchun ajratilgan yerlar — qurilishning normativ muddati davrida;
konservatsiyaga qo‘yilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan obyektlar egallagan yerlar — ularning konservatsiyasi davrida.
Ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlari belgilangan tartibda yuridik shaxslarga ajratilgan yer uchastkalariga nisbatan qo‘llaniladi.
Bunda ushbu modda oltinchi qismining ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan obyektlarga nisbatan respublikaning har bir tumani va shahari bo‘yicha o‘rtacha belgilangan soliq stavkasiga 0,3 koeffitsiyent qo‘llaniladi. Har bir tuman va shahar bo‘yicha o‘rtacha soliq stavkasi qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yer uchastkasi joylashgan joydagi soliq organlari tomonidan xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari belgilagan soliq stavkalari asosida aniqlanadi hamda ular har yili 5-yanvarga qadar soliq to‘lovchilar e’tiboriga yetkaziladi.
Yer uchastkasi mulkdorining, yer egasining, yerdan foydalanuvchining yoki ijarachining aybi bilan qishloq xo‘jaligi yerlarining sifati yomonlashgan (bonitet bali pasaygan) taqdirda, soliq yuridik shaxslar tomonidan erning sifati yomonlashguniga qadar mavjud bo‘lgan bonitent balidan kelib chiqkan holda to‘lanadi.
Qishloq xo‘jaligi yerlarining sifati yaxshilangan taqdirda (bonitet bali oshganda), soliq yuridik shaxslar tomonidan tuproq bonitirovkasi o‘tkazilgan yildan keyingi yilning boshidan yangi bonitet balidan kelib chiqqan holda, qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymati bo‘yicha, agrotexnik tadbirlar tugagan davrlarda qayta hisob-kitob qilinmasdan to‘lanadi.
Shaharlar va shaharchalarning ma’muriy chegaralarida joylashgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliq qishloq xo‘jaligi yerlari uchun belgilangan soliq stavkalarining ikki baravari miqdorida to‘lanadi.
Qurilishi tugallanmagan obyektlar egallagan yer uchastkalari uchun, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq ikki baravar soliq stavkalari bo‘yicha to‘lanadi.
Bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan maydonlar, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek, samarali foydalanilmayotgan baliq yetishtirish (o‘stirish) uchun mo‘ljallangan sun’iy suv havzalari joylashgan yer uchastkalariga nisbatan qonunchilikda oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yo‘li bilan ta’sir choralari qo‘llanilishi mumkin. Bunday yer uchastkalariga soliq imtiyozlari tatbiq etilmaydi.
Tugallanmagan qurilish obyektlari jumlasiga ushbu qurilish obyektiga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu obyektlarning qurilishiga vakolatli bo‘lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran yigirma to‘rt oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi.
Yer maydonlaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining to‘rt baravari miqdorida belgilanadi.
Konlar va karyerlar band etgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyent, lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun esa — 0,05 koeffitsiyent qo‘llanilgan holda to‘lanadi.
Lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,3 koeffitsiyent qo‘llanilgan holda to‘lanadi, bundan ushbu moddaning o‘n to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: |