Kirish.
O`zbekiston Respublikasi soliq tizimida soliqlarni takomillashtirish, soliq to`lovchilarga qo`shimcha imtiyozlar berish shu bilan birga ularni o`z vaqtida hisoblab davlat byudjetiga o`tkazish va bu soliqlardan tushgan pullarni O`zbekiston Respublikasida sifatli va raqobatbardosh tovrlar ishlab chiqarishni oshirish maqsadida, korxonalarda sharoitni yaxshilash, xususan hozirgi bututn dunyo iqtisodiy inqiroz davrida ishchi xizmatchilrni rag’batlantirish uchun yo`naltirish. .
Davlat byudjeti daromadlarining shakllanishida soliqlar va boshqa to`lovlar asosiy manba sanaladi. Bu mablag’lar hisobidan davlat va ijtimoiy dasturlar moliyalashtiriladi, davlat tuzilmalarining faoliyati ta`minlanadi. Soliq mexanizmidan davltning ijtimoiy siyoati bilan uyg’unlashtirilgan holda moliyaviy funktsiyasidan tashqari ijtimoiy ishlab chiqarishning sifatiga, tarkibiga, ilmiy – texnika rivojining holati va yo`nalishlariga, iste`mol miqdori va sifatiga iqtisodiy ta`sir ko`rsatuvchi omil sifatida foydalaniladi. Respublikamizda bozor munosobatlari shakllanayotgan hozirgi davrda iqtisodiy tarraqqiyotni barqarorlashtirish uchun yangi boshqaruv usullaridan foydalanish zamon talabidir. Davlatimizning iqtisodiy munosobatlar va jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi asosiy dastaklardan biri soliq siyosatidir.
Soliq nazorati – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’liq va o’z vaqtida to’lanishini ta’minlash ustidan nazorat. Nazorat tekshiruv ishlarini amalga oshirish davomida bevosita korxonanaing o’zida (xujjatli tekshiruv) yoki korxona tomonidan belgilangan muddatlarda taqdim etiladigan va soliq organi ixtiyoriga kelib tushadigan bank xujjatlari, buxgalteriya xisobotlari va xisob-kitoblari asosida (kameral tekshiruv) amalga oshirilishi mumkin. Korxonalar ustidan doimiy nazoratga soliq organlarida xar bir soliq turi va boshqa majburiy to’lovlarni xisoblash va kelib tushishi ustidan operativ buxgalteriya xisobini joriy etish orqali erishiladi.
Davlat byudjetining daromadini asosan soliqlar evaziga shakllanishi bu hech kimga sir emas, shunday ekan bu borada soliq to’lovchi sifatida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar yuridik va jismoniy shaxslarni tashkil qiladi. Bugungi kun talabi aynan ana shu soliq to’lovchilarning oladigan daromadlarini to’liq hisob-kitobini yuritishga qaratilgan Respublikamiz Xukumati tomonidan olib borilayotgan siyosat va qabul qilinayotgan hujjatlar buning tasdig’idir.
Davlat soliq xizmati organlari soliqlarni belgilangan muddatda davlat xazinasiga, ya’ni byudjetga tushishini nazorat qiladi. Shu maqsadda soliq xizmati idoralari soliq to’lovchi yuridik maqomga ega bo’lgan xo’jalik sub’ektlarini va tadbirkorlarni ro’yxatga oladi, soliqlarni to’g’ri to’lanishi bo’yicha tekshiruvlar o’tkazadi va soliq to’lovchilar faoliyatini nazorat qilib turadi.
Soliq nazorati soliqqa tortiladigan sub’ektlar va ob’ektlarni xisobga olishining, shuningdek soliq to’g’risidagi qonun xujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishning yagona tizimidan iborat.
O’zbekiston Respublikasida davlat soliq xizmati organlarida soliqlar bo’yicha xuquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish soxasida faoliyatni yuqori organ sifatida O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining Nazorat-taftish Bosh-boshqarmasi olib boradi.
Davlat soliq xizmati organlari o’z faoliyatlarida O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasiga, O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga, «Davlat soliq xizmati to’g’risida»gi qonunga, boshqa qonun xujjatlariga, shuningdek O’zbekiston Respublikasining Xalqaro shartnomalariga asoslanadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil ______ dekabrdagi «O`zbekiston Respublikasining 2021 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to`g`risida»gi ________ Qonuni bilan mamlakatimizda soliq siyosatini yanada libyerallashtirish, soliq yukini kamaytirish, soliqlarni unifikatsiya qilish va soliqqa tortish tartibini soddalashtirish, tadbirkorlik sub`ektlariga ko`maklashish va ularning ћuquqiy yerkinligini oshirishga katta e`tibor qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |