Chizmalarni rasmiylashtirishga oid standartlar
Reja:
1. Chizmachilikka oid standartlar
2. Formatlar
3. Masshtablar
4. Chizma chiziqlari
5. Foydalanilgan adabiyotlar
Barcha mamlakatlarda, jumladan O`zbekiston Respublikasi korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar ma`lum sifatga ega bo`lishini ta`minlash maqsadida ularga davlat standartlari belgilanadi. Standart (inglizcha-norma, namuna, qoida, o`lcham)-barcha ishlab chiqarish sohalariga qo`yiladigan va vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan norma, qoida va talablarni belgilovchi normativ-texnik hujjat. Ishlab chiqariladigan mahsulotlarni standartlash ishlab chiqarishning rivojlanish sur`ati va darajasiga, sifatiga hamda iqtisodiy tejamkorlikka muhim ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Mahsulotlarni standartlash fan va texnika hamda amaliy tajribalarning oxirgi yutuqlariga tayangan holda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |