IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan, uyga vazifani a’lo darajada bajargan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzish va mavzuni o’qib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________
Sinf: 7 - “A” _______________ 7 - “B”________________ 7 - “V”_________________ Darsning mavzusi: VI–VII ASRLARDA MADANIY HAYOT Darsning maqsadi: Ta'limiy maqsad – Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyo xalqlari foydalangan yozuvlar, e’tiqodi, san’ati, me’morchiligining rivoji haqida umumiy tushunchalar berish. Tarbiyaviy maqsad – O’quvchilarni milliy o’zlikni anglash, vatanimiz tarixiga hurmat va iftixor ruhida tarbiyalash, o’quvchilar qalbida milliy g’ururni shakllantirish, tarixiy ongini ustirish. Rivojlantiruvchi maqsad – mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish. Dars turi: o’quvchilarning yangi bilim, ko’nikma va malakalarini hosil qilish. Darsda foydalaniladigan metodlar: an'anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar Darsning jihozi: :”O’zbekiston tarixi” 7-sinf uchun darslik, “O’zbekiston tarixi” 7-sinf uchun metodik qo’llanma, siyosiy xarita.
I.Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)
III.Yangi mavzu: VI – VII asrlarda madaniy hayot
Yozuv. Bu davrda Sug’d, Xorazm va Toxariston aholisining alohida–alohida yozuvlari bo’lib, Sug’d va Xorazm yozuvlari qadimgi oromiy yozuvi asosida maydonga kelgan edi. Toxar yozuvi baqtriya yozuvi asosida shakllangan edi. Xat, hujjat va ayrim axborotlar kabi maktubotlar asosan charm, yog’och, sopolga va kamdan kam hollarda qog’ozga bitilardi. Chunki qog’ozning bahosi nihoyatda baland edi. Ayrim bitiklar esa hatto podsho saroylari va ibodatxona devorlari–ga ham yozilardi. Ular orasida elchilik maktublari, xo’jalik kirim va chiqimlari, yuridik shartnomalar, astronomik hujjat, tarixiy yodnomalar hamda diniy aqi–dalar bitilgan nodir qo’lyozma topilmalar bor. Bizning zamonimizgacha saqlanib qolgan Sug’d yozuvlari Panjikent yaqinidagi Mug’ qal’asida, Sharqiy Turkistondagi Turfan shahri yaqinida, Samarqandning qadimiy xarobasi Afrosiyobda qayd etib o’rganilgan.
Ularda Sug’dning siyosiy tarixi, huquq va qonunlari, iqtisodiy va diniy e’tiqodlari
xususida muhim ma’lumotlar keltirilgan. Sug’dda o’g’il bolalar besh yoshga to’lgach, yozuv va hisobga o’rgatilar, so’ngra ular 20 yoshga kirganlarida savdo ishlarini o’rganish uchun o’zga mamlakatlarga jo’natilar edi.
Shuningdek, bu davrda turkiy run (ko’kturk) xati ham keng qo’llanilgan. Turklarning bu yozuvi biri ikkinchisiga tutashib ketadigan 38—40 harflardan iborat edi. U tosh va yog’ochlarga o’yib yozishga nihoyatda qulay edi. Qadimgi ko ‘k turk bitiklari (Kultegin va Bilga xoqon bitiklari) Oltoy va Sharqiy Turkistondan tashqari, Yettisuv, Farg’ona va Zarafshon vodiylaridan topilib, o’rganilgan. Ular qabrtoshlari, sopol va metall buyumlar, yog’och hamda tanga pullarga bitilgan.
VI–VII asrlarda O’rta Osiyoda zardnshtiylik, buddaviylik, nasroniylik, moniylik, qam (shomoniylik) kabi bir nechta mahalliy va boshqa o’lkalardan kirib kelgan dinlar mavjud bo’lgan.
Tasviriy san’atning rassomlik va haykaltaroshlik kabi bir qator tarmoqlari ravnaq topadi. Devoriy tasvirlar zamonasining o’ta murakkab hayoti, din–u e’tiqodi va tashqi mamlakatlar bilan olib borilgan aloqalardan hikoya qiluvchi manba hamdir. Haykaltaroshlik rivojiga ayniqsa buddaviylik dini kuchli ta’sir ko’rsatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |