Musiqa san’ati. O’rta Osiyoda musiqa, raqs, qo’shiqchilik, qiziqchilik va dorbozlik kabi san’atning turli sohalari ham rivojlangan edi. Bu davrda san’at sohasida Buxoro qiziqchilari, Samarqand naychilari, Toshkent raqqos yigit va raqqosa qizlari bilan shuhrat topgan edi.
IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan, uyga vazifani a’lo darajada bajargan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzish va mavzuni o’qib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________
Sinf: 7 - “A” _______________ 7 - “B”________________ 7 - “V”_________________ Darsning maqsadi: Ta'limiy maqsad – o’quvchilarga VI – IX asrlarda Arabiston yarim oralida yuz bergan ijtimoiy – siyosiy o’zgarishlar, islom dinini vujudga kelishi tarixi, islom dinining o’rni haqida umumiy tushunchalar berish. Tarbiyaviy maqsad – O’quvchilarni muqaddas dinimizga, milliy o’zlikni anglash, vatanimiz tarixiga hurmat va iftixor ruhida tarbiyalash, o’quvchilar qalbida milliy g’ururni shakllantirish, tarixiy ongini ustirish. Rivojlantiruvchi maqsad – mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish. Dars turi: o’quvchilarning yangi bilim, ko’nikma va malakalarini hosil qilish. Darsda foydalaniladigan metodlar: an'anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar Darsning jihozi: :”O’zbekiston tarixi” 7-sinf uchun darslik, “O’zbekiston tarixi” 7-sinf uchun metodik qo’llanma, siyosiy xarita, slayd, vedeorolik.
I.Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)
III.Yangi mavzu: ISLOM DINI VA ARAB XALIFALIGI
Qadimdan Arabiston yarimorolidagi arablar tarqoq holda yashardilar. VII asr boshlarida Arabistonda yagona e’tiqod asosida mamlakatni birlashtirish harakati boshlanadi. Bu buyuk e’tiqod yakka xudolikka asoslangan Islom dini edi.
Islom — bo’ysunish, itoat etish, o’zini Alloh iro dasiga topshirish degan ma’nolarni anglatadi.
Allohning rasuli (elchisi) Makka shahrida dunyoga kelgan Muhammad (s.a.v. — sollallohu alayhi vasallam) binni AbduIIoh (570–632) bu harakatga rahnamolik qiladi. Islomni qabul qilib, rasulullohga ergashgan uning izdoshlari «muslim» (musulmonlar) deb atalgan. Ular insonlaming Xudo oldida teng ekani, rizq–ro’zini barchaga Yaratguvchining o’zi yetkazib berishi hamda jamiyatdagi adolatsizlik barham topishi uchun haq dinga kirish kerakligini targ’ib etadilar. Islom bayrog’i ostida Makka shahrida boshlangan targ’ibot Madinaga ko’chadi. Muhammad (s.a.v.) 630–yiIda arablarni yagona davlatga birlashtiradi.
Muhammad (s.a.v.) vafot etgach, uning eng yaqin safdoshi Abu Bakr (632–634) xalifa (o’rinbosar) deb e’lon qilinadi.
Arab qabilalarining islomni qabul qilib, siyosiy jihatdan yagona hokimiyatga birlashuvida, shuningdek, jahon dinlaridan biriga aylanishida islom aqidalari, huquqiy va axloqiy me’yorlarini o’z ichiga qamrab olgan Qur’oni karimning ahamiyati buyuk bo’ldi.
Misr, Suriya, Falastin, Iroq, Eron kabi ko’p mamlakatlar bo’ysundirilib, behisob o’ljalarga ega bo’lgan Arab xalifaligi harbiy yurishlarni bizning o’lkamizga qaratdi.
651–yili arablar jangsiz Marv shahrini egallaydilar. So’ngra hozirgi Afg’onistonning shimoli, Eronning shimoli sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo’lgan hududlar istilo qilinadi. Arablar bu hududlarni Xuroson deb ataganlar. Uning markazi Marv shahri edi. Bu viloyatni boshqansh uchun maxsus noib tayinlanib, u Marvda turar edi. Arablar bu yerda o’rnashib olgach, Amudaryodan shimolda joylashgan boy viloyatlarni zabt etishga tayyorgarlik ko’radilar. Bu yerlarni arablar Movarounnahr. ya’ni «daryoning narigi tomoni» deb atardilar.
«Movarounnahr» so’zi arabcha «daryoning narigi tomoni» degan ma’noni anglatadi.
Arablar Movarounnahrga dastlab uni bosib olish uchun emas, balki harbiy jihatdan tayyorgarlik ko’rish, mahalliy hukmdorlarni sinash maqsadida yurish qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |