VI. Uyga vazifa. Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzish va mavzuni o’qib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________
Sinf: 7 - “A” _______________ 7 - “B”________________ 7 - “V”_________________ Darsning mavzusi: EFTALLAR DAVRIDA IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOT Darsning maqsadi: Ta'limiy maqsad – o’quvchilarga eftallar davlati davrida ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy hayot qay darajada ekanligi, xalqning turmush tarzi haqida umumiy tushunchalar berish. Tarbiyaviy maqsad – O’quvchilarni xalq farovonligi, vatan ravnaqi, ijtimoiy hamkorlik g’oyalari ruhida tarbiyalash. Rivojlantiruvchi maqsad – mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish. Dars turi: o’quvchilarning yangi bilim, ko’nikma va malakalarini hosil qilish. Darsda foydalaniladigan metodlar: an'anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar Darsning jihozi: :”O’zbekiston tarixi” 7-sinf uchun darslik, “O’zbekiston tarixi” 7-sinf uchun metodik qo’llanma.
I.Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)
III.Yangi mavzu: EFTALLAR DAVRIDA IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOT
Eftallar davlatiga birlashgan aholining etnik tarkibi xilma-xil bo‘lgan. Ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti esa biri ikkinchisinikidan keskin farq qilgan. Eftallar kelib chiqishiga ko‘ra ko‘chmanchi qabilalarga mansubligi tufayli chorvachilik bilan shug‘ullanib, yaylovlarda o‘tov qurib yashaganlar. Keyinchalik eftallar zabt etgan yerlarda savdo-sotiq rivojlandi. Shunday qilib yillar o‘tishi bilan ular omilkor mahalliy aholi bilan qorishib ketadilar.
Toxariston va Sug‘d dehqonchilik hamda bog'dorchilikning rivoj topgan markazi hisoblanardi. Qashqadaryo va Zarafshon vodiylarida g‘alladan tashqari sholi ham yetishtirilar edi. Xitoy manbalarida qayd etilishicha, V-VI asrlarda Sharqiy Turkiston va O’rta Osiyo yerlarida paxta ekilgan. Uning tolasidan oppoq va nihoyatda mayin mato to‘qilgan. Xitoy bozorlarida bunday matoga talab katta bo‘lgan. Chunki o‘sha davrlarda Xitoyda paxta hali ekilmas edi.
Aholining dashtliklarda yashovchi yarim ko‘chmanchi qismi chorvachiJik, xususan qoramol va qo‘y-echkilar boqish, tuyachilik, tog‘li va tog‘oldi mintaqalarida esa yilqichilik bilan shug‘ullanishgan. Farg‘ona vodiysi hamon zotli arg‘umoqlari bilan mashhur edi.
Ziroatkor yerlarning kattagina qismi hali ham qishloq jamoalari tasarrufida bo‘lsada, ammo mamlakatdagi yer maydonlariningi ma’lum bir qismi dehqonlar qo'lida va ibodatxonalar ixtiyorida bo‘lgan. Buning natijasida qishloq jamoasining kashovarz — erkin qo‘shchilari ma’lum darajada dehqonlarga tobe bo‘lib, ularga qaram kadivarlarga aylana borgan.
Yaylovlarning asosiy qismi esa qabila va urug‘ jamoalari hamda ularning oqsoqollari — xvabulari tasarrufida edi. Hozirgi vaqtda ham Toshkent vohasi va Janubiy QozogMston yerlarining bir qismini suv bilan ta’minlab turgan Zog'ariq (Zovariq) va Bo‘zsuv, Samarqand viloyati janubiy tumanlarining asosiy suv manbayi Darg‘om kanali V asrda barpo etilgan eng yirik sug‘orish tarmoqlaridan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |