IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan, uyga vazifani a’lo darajada bajargan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzish va mavzuni o’qib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:____________ Salimova.H.A
Sinf:VIIa-b Darsning mavzusi: SOMONIYLAR DAVLATI Darsning maqsadi: Ta'limiy maqsad – o’quvchilarga Somoniylar davlatini tashkil topishi, bu davlatning keyingi tarixi va Somoniylar davlati davrida O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hamda siyosiy hayotida yuz bergan o’zgarishlar haqida umumiy tushunchalar berish. Tarbiyaviy maqsad – O’quvchilarni milliy o’zlikni anglash, vatanimiz tarixiga hurmat va iftixor ruhida tarbiyalash, o’quvchilar qalbida milliy g’ururni shakllantirish, tarixiy ongini ustirish. Rivojlantiruvchi maqsad – mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish. Dars turi: o’quvchilarning yangi bilim, ko’nikma va malakalarini hosil qilish. Darsning jihozi: :”O’zbekiston tarixi” 7-sinf uchun darslik, “O’zbekiston tarixi” 7-sinf uchun metodik qo’llanma, siyosiy xarita.
I.Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)
III.Yangi mavzu: Somoniylar davlati
IX asrda Movarounnahrning siyosiy hayotida ham o’zgarishlar yuz beradi. Yurtga avval Nuh, so’ngra Ahmad boshchilik qiladi. Har biri hukmronligi davrida o’z nomlaridan misdan chaqalar zarb etadilar. Ahmad vafotidan (865) keyin uning o’g’li Nasr Samarqandni markazga aylantiradi. U Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko’radi.
IX asrning oxirgi choragida Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga o’tadi. Nasr butun Movarounnahrning hukmdoriga aylanadi. U kumush dirham zarb etadi.
Ko’p o’tmay aka–uka Nasr va Ismoil o’rtasida toj–taxt uchun kurash boshlanadi. Unda Ismoil g’olib chiqadi. Ismoil Somoniy 888–yiIda butun Movarounnahrni o’z qo’l ostiga birlashtirdi.
Ismoil Somoniy o’rta asrlarning qobiliyatli, serg’ayrat va nihoyatda zukko davlat arbobi edi. U Movarounnahrni birlashtirib, mustahkam davlat tuzishga intildi. Shimoli sharqiy hududlarga yurish qiladi. 893–yilda Taroz shahrini fath etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba beradi.
Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishishi, shubhasiz, Arab xalifalariga yoqmas edi. Arab xalifaligini, bir tomondan, Movarounnahrdan muttasil undirib olinadigan katta boyliklardan mahrum bo’lishi nihoyatda ranjitsa, ikkinchi tomondan, cho’chitar ham edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni to’qnashtirishga va ularning har ikkisini ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda o’z ta’sirini qayta tiklashga harakat qiladi. Xalifa Mu’tazid (892–902) safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga Xuroson bilan birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon chiqaradi va uni Ismoilga qarshi gijgijlaydi. Natijada 900–yilda ular o’rtasida urush boshlanadi. Urush Ismoilning g’alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qo’l ostiga o’tadi. Noilojlikdan xalifa Ismoilga hukmdorlik yorlig’ini yuborishga majbur bo’ladi.
IX asr oxirlarida Movarounnahr xalqi Arab xalifaligi istibdodidan abadiy xalos bo’ldi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahr va Xurosonni o’z qo’l ostida birlashtirdi. Buxoro shahri bu ikki diyorning poytaxtiga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |