IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan, uyga vazifani a’lo darajada bajargan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzish va mavzuni o’qib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________
Sinf: 7 - “A” _______________ 7 - “B”________________ 7 - “V”_________________ Darsning mavzusi: O’RTA OSIYOLIK MUTAFAKKIRLAR. ILM–FAN RAYNAQI Darsning maqsadi: Ta'limiy maqsad – o’quvchilarga IX–XII asrlarda Movarounnahr va Xurosonda sodir bo’lgan siyosiy, ijtimoiy–iqtisodiy o’zgarishlar mamlakat madaniy hayotiga kuchli ta’siri, O’rta Osiyo yuz berga Uyg’onish davri hamda bu davrda ilmiy faoliyat olib borgan O’rta Osiyolik mutafakkirlar haqida umumiy tushunchalar berish. Tarbiyaviy maqsad – O’quvchilarni milliy o’zlikni anglash, vatanimiz tarixiga hurmat va iftixor ruhida tarbiyalash, o’quvchilar qalbida milliy g’ururni shakllantirish, tarixiy ongini ustirish. Rivojlantiruvchi maqsad – mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish. Dars turi: o’quvchilarning yangi bilim, ko’nikma va malakalarini hosil qilish. Darsda foydalaniladigan metodlar: an'anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar Darsning jihozi: :”O’zbekiston tarixi” 7-sinf uchun darslik, “O’zbekiston tarixi” 7-sinf uchun metodik qo’llanma, siyosiy xarita.
I.Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)
III.Yangi mavzu: O’RTA OSIYOLIK MUTAFAKKIRLAR. ILM–FAN RAYNAQI
Bag’dod shahri Sharqning yirik ilm va madaniyat markazi edi. IX asrda bu shaharda «Bayt ul–hikma» tashkil etilgan edi. «Bayt ul–hikma»da katta kutubxona, Bag’dod va Damashqda astronomik kuza–tishlar olib boriladigan rasadxonalar mavjud edi. Bu ilm dargohiga jalb etilgan tolibi ilmlar tadqiqotlar bilan bir qatorda qadimgi yunon va hind olimlarining ilmiy merosini o’rganish va asarlarini arab tiliga tar–jima qilish bilan shug’ullanardilar. Al–Xorazmiy, Ahmad al–Farg’oniy, Ahmad al–Marvaziy, al–Abbos Javhariy va Yahyo bin Abu Mansur kabi Movarounnahr va xurosonlik olimlar ijod qilib, o’rta asr ilmu faniga katta hissa qo’shadilar.
Muhammad ibn Muso al–Xorazmiy (783–850–yillarda yashab ijod qilgan) Xorazm diyorida tug’ilib, voyaga yetadi. Dastlabki savod va turli sohadagi bilimlarini u o’z ona yurti Xorazm va Movarounnahr shaharlarida ko’pgina ustozlardan oladi. So’ngra u xalifa Ma’mun zamonida (813–833) «Bayt ul–hikma»da mudir sifatida faoliyat ko’rsatadi. Zamonasining mashhur matematigi, astronomi va geografi sifatida fanga ulkan hissa qo’shdi. Xorazmiy 20 dan ortiq asarlar yozdi. Ulardan faqat 10 tasigina bizgacha yetib kelgan. Mate–matikaga doir asarlari «Al–jabr val–muqobala». «Hindhisobi haqida»; geografiyaga oid kitoblari «Kitob surat ul–arz» («Yer surati»); astronomiyaga oid asarlari «Zij» va «Usturlob bilan ishlash haqida kitob»; tarixga oid asarlari «Kitob at–tarix», «YahudiyIarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola» nomlari bilan atalgan
Xorazmiy Al–jabr val–muqobala» kitohi bilan mate–matika tarixida birinchi boMib algebra faniga asos soldi. Hatto «algebra» atamasi ushbu kitobning «al–jabr» deb yuritilgan qisqacha nomining aynan ifodasidir. Xorazmiy nomi esa matematika fanida «algoritm» atamasi shaklida o’z ifodasini topdi. Uning «Al–jabr» asari asrlar davomida avlodlar qo’hda yer olchash, ariq chiqarish, bino qurish, merosni taqsimlash va boshqa turli hisob va o’lchov ishlarida dastunlamal bo’lib xizmat qildi. Xorazmiyning bu risolasi XII asrdayoq Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta ishlanadi..
«Bayt ul–hikma» da faoliyat ko’rsatgan olimlardan yana biri buyuk astronom, matematik va geograf Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al–Farg’oniy (797–865–yillarda yashab ijod qilgan). U Farg’ona vodiysidagi Quva shahrida tavallud topgani uchun Sharqda Al–Farg’oniy, Yevropada esa Alfraganus taxallusi bilan shuhrat topgan
Al–Farg’oniyning “Astronomiva asoslari» nomli kitobi bir nccha asrlar davomida Yevropa universitetlarida astronomiya fani bo’vicha asosiv darslik sifatida foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |