Dars turi: o’quvchilarning yangi bilim, ko’nikma va malakalarini hosil qilish. Darsda foydalaniladigan metodlar: an'anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar Darsning jihozi: :”O’zbekiston tarixi” 7-sinf uchun darslik, “O’zbekiston tarixi” 7-sinf uchun metodik qo’llanma, siyosiy xarita.
I.Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)
III.Yangi mavzu: SOMONIYLAR SULOLASIMNG INQIROZI. G’AZNAVIYLAR DAVLATI
Somoniylar harbiy yurishlari, hukmron sulolaning ichki nizolari, mahalliy hokimlarning boshboshdoqlik harakatlari borgan sari avj olib bordi. Oqibatda mamlakatda iqtisodiy tanglik sodir bo’ldi. Hatto harbiylar, shu jumladan amirning muntazam turk sarbozlari qo’shiniga maosh to’lash uchun mablag’ topilmaydi. Bunday og’ir ahvoldan chiqish uchun 942–yilda aholidan ikki marta soliq undirib olinadi.
Behad tartibsizlik mamlakatda vaziyatni yanada keskinlashtirib, aholi turli tabaqalarining hokimiyatga qarshi qo’zg’alishiga sabab bo’ladi.
Siyosiy vaziyat Nuh (943–954) va uning nabirasi Nuh II (976–997) hukmronlik qilgan davrda nihoyatda keskin tus oladi. 947–yilda Nuh ibn Nasrning amakisi Ibrohim isyon ko’taradi. Saroy sarbozlari va Chag’oniyonning yirik yer–mulk egasi Abu Ali Chag’oniy yordamida u Buxoro taxtini egallab oladi.
Ko’p vaqt o’tmay Abu Ali Chag’oniyning o’zi ham hukmdorga qarshi isyon ko’taradi. Nuh qo’zg’olonni kuch bilan bostira olmaydi. 952–yilda Abu Ali Chag’oniyni u avval Chag’oniyonga, so’ngra Xurosonga hokim qilib tayinlashga majbur bo’ladi. 961–yilda Buxoro harbiy askarlarining g’alayoni ko’tariladi. Qo’zg’olonchilar amir saroyini talaydilar va unga o’t qo’yib yuboradilar. Bunday voqealarning tez–tez qaytarilib turishi, shubhasiz, markaziy hokimiyatning za–iflashib qolganidan dalolat berardi.
G’aznaviylar davlati. Mamlakatda sodir bo’lgan og’ir davrda Somoniylar davlatining turk hojiblari saroy gvardiyasining siyosiy nufiizi nihoyatda kuchaydi. 962–963–yillarda G’azna viloyatini Alptegin noib va lashkar amiri sifatida boshqargan. G’azna va Kobul viloyatlarini u mustaqil idora etishga intilib, G’aznaviylar davlatiga asos solgan. Mazkur yosh turkiy davlatning poytaxti G’azna shahrida qaror topgan. G’aznaviylaming siyosiy nufuzi Sobuqtegin davrida (977–997) ortib, somoniylar tomonidan e’tirof etilgan. Mahmud G’aznaviy davrida (997–1030) esa uning hududi kengayib, Somoniylar sulolasi barham topgach, Mahmud G’aznaviy ularning Xurosondagi hududini, so’ng Xorazm davlatini (1017) ham o’z saltanatiga qo’shib olgan. Ammo Mas’ud G’aznaviy davrida (1030–1041) mamlakat viloyatlari birin–ketin qo’ldan chiqarilib, tanazzulga yuz tutgan. Oqibat 1186–yilda G’aznaviylar davlati butunlay tugatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |