IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan, uyga vazifani a’lo darajada bajargan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzish va mavzuni o’qib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________Salimova.X.A
Sinf: 7 - “A” _______________ 7 - “B”________________ 7 - “V”_________________ Darsning mavzusi: XI–XII ASRLARDA IJTIMOIY–IQTISOD1Y HAYOT Darsning maqsadi: Ta'limiy maqsad – o’quvchilarga Qoraxoniylar davlati davrida O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy hamda aholi hayotida yuz bergan o’zgarishlar haqida umumiy tushunchalar berish. Tarbiyaviy maqsad – O’quvchilarni milliy o’zlikni anglash, vatanimiz tarixiga hurmat va iftixor ruhida tarbiyalash, o’quvchilar qalbida milliy g’ururni shakllantirish, tarixiy ongini ustirish. Rivojlantiruvchi maqsad – mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish. Dars turi: o’quvchilarning yangi bilim, ko’nikma va malakalarini hosil qilish. Darsning jihozi: :”O’zbekiston tarixi” 7-sinf uchun darslik, “O’zbekiston tarixi” 7-sinf uchun metodik qo’llanma, siyosiy xarita.
I.Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)
III.Yangi mavzu: XI–XII ASRLARDA IJTIMOIY–IQTISOD1Y HAYOT
XI asrda Movarounnahrga kirib kelgan ko’chmanchi chorvadorlar dehqonchilik maydonlarini toptab, oyoqosti qiladilar. O’tloq va yaylovlarga aylantirilgan ekinzorlar qoraxoniylar xonadonining tayanchi hisoblangan qabilalaming asosiy mulkiga aylantiriladi.
Mahalliy mulkdor dehqonlar bilan chorvador ko’chmanchilar o’rtasida ziddiyat kuchayib, dehqonlarga qarshi kurash keskin tus oladi. Qoraxoniylaming tazyiqi oqibatida mulkdor dehqonlar jon saqlash maqsadida o’z yerlarini tashlab ketishga majbur bo’ladilar. Qoraxoniylar hukmronligi davrida mahalliy mulkdor dehqonlar yer–suv mulklaridan hamda mamlakatda tutgan siyosiy mavqelaridan ajralib, jamiyat hayotida o’zining ilgarigi o’mi va ahamiyatini butunlay yo’qotadilar.
XI asrdan boshlab yerdan foydalanishda iqto tartiboti juda keng yoyiladi. Qoraxoniylar tomonidan hukmron sulola namoyandalaridan tashqari oliy darajali harbiylar, davlat ma’murlari va mahalliy zodagonlarga ham katta–katta yer maydonlari iqto tarzida hadya qilinadi. Iqto tartibi qoraxoniylar uchun bo’ysundirilgan mamlakatlar aholisidan tegishli soliqlarni undirib, uni boshqarishning eng qulay shakli hisoblangan.
Shunday qilib, XI–XII asrlarda Movarounnahrda va Xurosonda iqto yerlari kengayib, mulkchilikning asosiy shakllaridan biriga aylanadi.
Bu davrga kelib musulmon ruhoniylariga bo’lgan e’tiborning kuchayishi va mamlakatda ularning siyosiy ta’sirining tobora ortib borishi bilan vaqf yerlari ham ancha ko’paydi.
XI–XII asrlarda «dehqon» degan tushuncha o’zining qishloq hokimini anglatuvchi o’z ma’nosini vo’qotdi.
Garchi bu davrda barzikorlar ilk o’rta asrlardagi kadivarlarga nisbatan ozod hisoblansalarda, ammo ularning zimmasiga davlat tomonidan turli soliq va har xil majburiyatlar yuklangan edi. Sug’orish tarmoqlari, to’g’onlar, yo’l va qal’alar qurish va ularni ta’mir etishda ularning ishtiroki shart edi.
XI–XII asrlarda shaharlar kengayadi, aholisining soni ko’payib, ular yanada gavjumlashadi. Samarqand, Buxoro, Termiz, O’zgan, Toshkent kabi shaharlar ichki va tashqi savdo uchun xilma–xil hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan hamda chaqa–tangalar vositasi bilan olib boriladigan bozor tijoratining markaziga aylanadi. Shaharlar markazida shohona saroylar, masjid, madrasa, minora va hammom kabi ko’plab mahobatli imoratlar qad ko’taradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |