IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan, uyga vazifani a’lo darajada bajargan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzish va mavzuni o’qib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________
Sinf: 7 - “A” _______________ 7 - “B”________________ 7 - “V”_________________ Darsning mavzusi: XALIFALIKKA QARSHI XALQ HARAKATLARI Darsning maqsadi: Ta'limiy maqsad – O’rta Osiyo xalqlarining arablarga qarshi ko’tarilgan qo’zg’alonlarning sabablari, xalifalik tomonidan O’rta Osiyo xalqlariga yon berishi, xalifalikda toj – u taxt uchun kurashlar haqida umumiy tushunchalar berish. Tarbiyaviy maqsad – O’quvchilarni milliy o’zlikni anglash, vatanimiz tarixiga hurmat va iftixor ruhida tarbiyalash, o’quvchilar qalbida milliy g’ururni shakllantirish, tarixiy ongini ustirish. Rivojlantiruvchi maqsad – mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish. Dars turi: o’quvchilarning yangi bilim, ko’nikma va malakalarini hosil qilish. Darsda foydalaniladigan metodlar: an'anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar Darsning jihozi: :”O’zbekiston tarixi” 7-sinf uchun darslik, “O’zbekiston tarixi” 7-sinf uchun metodik qo’llanma, siyosiy xarita.
I.Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)
III.Yangi mavzu: XALIFALIKKA QARSHI XALQ HARAKATLARI
Qo’zg’olonning sabablari. Xalifalikning talonchilik siyosati mahalliy xalqni barcha haq–huquqlardan mahrum etdi. Madaniyatning oyoqosti qilinishi, zulm hamda arab tili, yozuvi va xalifalik qonun–qoidalarining zo’rlik bilan joriy etilishi natijasida mahalliy xalq orasida norozilik tobora kuchayib, qo’zg’olonlar ko’tarilishiga sabab bo’ldi.
Xalifa Umar ibn Abdulaziz (717–719) murakkab vaziyatni hisobga olib, bo’ysundirilgan yerli xalqlar bilan kelishish siyosatini amalga oshirishga majbur bo’ldi. U yangi yerlarni bundan buyon zabt etishni to’xtatish hamda moliyaviy islohot o’tkazish to’g’risida farmon berdi.
Bunga binoan musulmon arablar bilan bir qatorda islomni yangi qabul qilgan mahalliy xalqlardan xiroj va jiz’ya soliqlarini olish bekor qilindi. Biroq Movarounnahr zodagonlarining ko’pchiligi o’zini haqiqiy musulmon deb hisoblab, soliq to’lamay qo’yadi. So’ngra xalifalik ma’muriyati bir yo’la hammadan jiz’ya olish haqida buyruq beradi. Natijada Movarounnahrda yoppasiga islomdan chiqish va eski dinlarga qaytish boshlanadi. Buning oqibatida mahalliy mulkdorlar bilan arab ma’muriyati o’rtasida ziddiyat keskinlashib, butun mamlakatda bosqinchilarga qarshi xalq qo’zg’olonlari ko’tariladi.
Bunday qo’zg’olonlardan biri 720–yilda Sug’dda boshlandi. Qo’zg’olonga Sug’d ixshidi G’urak va Panjikent hokimi Divashtich boshchilik qiladilar. Sug’dliklarga yordam berish uchun Yettisuvdan turk lashkarlari keladi. Sug’ddagi barcha hokimliklar aholisi ko’tariladi. Qo’zg’olonchilaming birlashgan kuchlari arablarga qattiq zarba beradilar. Faqat ayrim shahar va qal’alar ichida qurshovda qolgan arab istilochilari katta o’lpon va e’tiborli vakillarini qo’zg’olonchilar ixtiyoriga garovga berish bilan jon saqlaydilar.
Islohot — mavjud tartibni o’zgartirish
Farnion — qonun kuchiga ega bo’lgan buyruq
721–yilda Said Xaroshiy Xurosonga noib qilib tayin etiladi. U Iroqda xalq qo’zg’olonini bostirishda shafqatsizligi bilan dong qozongan edi. Unga sug’dliklar qo’zg’olonini bostirish va ularni islomga qaytarish vazifasi topshiriladi. Xo’jandda bo’lib o’tgan jangda qo’zg’olonchilar yengiladi. Said Xaroshiy Movarounnahr shahar va qishloqlarida jazo choralarini kuchaytiradi. Biroq, qo’zg’olonni to’la bostirishga erisha olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |