IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan, uyga vazifani a’lo darajada bajargan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzish va mavzuni o’qib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________Salimova X.A
Sinf: 7 - “A” _______________ 7 - “B”________________ 7 - “V”_________________ Darsning mavzusi: «OQ KIYIMLILAR» QO’ZG’OLONI Darsning maqsadi: Ta'limiy maqsad – O’rta Osiyo xalqlarining arablarga qarshi ko’tarilgan qo’zg’alonlarning sabablari, xalifalik tomonidan O’rta Osiyo xalqlariga yon berishi, xalifalikda toj – u taxt uchun kurashlar haqida umumiy tushunchalar berish. Tarbiyaviy maqsad – O’quvchilarni milliy o’zlikni anglash, vatanimiz tarixiga hurmat va iftixor ruhida tarbiyalash, o’quvchilar qalbida milliy g’ururni shakllantirish, tarixiy ongini ustirish. Rivojlantiruvchi maqsad – mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish. Dars turi: o’quvchilarning yangi bilim, ko’nikma va malakalarini hosil qilish. Darsda foydalaniladigan metodlar: an'anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar Darsning jihozi: :”O’zbekiston tarixi” 7-sinf uchun darslik, “O’zbekiston tarixi” 7-sinf uchun metodik qo’llanma, siyosiy xarita.
I.Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)
III.Yangi mavzu: “OQ KIYIMLILAR QO’ZG’OLONI”
769–783–yillarda Movarounnahrda juda katta xalq qo’zg’oloni bo’lib o’tgan. Qo’zg’olonchilar oq libos kiyganlari uchun tarixda u «Oq kiyimlilar» qo’zg’oloni nomi bilan tilga olinadi. Bu harakatning rahbari Muqanna deb atalmish Hoshim ibn Hakim ismli hunarmand bo’lgan. U Marv shahri yaqinidagi Koza qishlog’ida tug’ilgan. U boshi va yuziga ko’k parda tutib yurgan. Shuning uchun ham uni «Muqanna», ya’ni «Niqobdor» laqabi bilan atashgan. Muqanna yoshlik chog’ida kudungarlik (matolarga ohor beruvchi) kasbi bilan shug’ullangan. U savodli, aqlli va tadbirkor bo’lgan. Xurosonda sarxanglik (kichik lashkarboshi)dan vazirlik darajasigacha ko’tarilgan. U Mazdak g’oyalariga asoslangan ijtimoiy tenglik va erkin hayotga da’vat etuvchi ta’limotni targ’ib etgan. Muqanna Xuroson amirining isyonida qatnashib, payg’ambarlik da’vosini qilgani uchun zindonga tashlangan, so’ngra qochib Mavrga kelgach, atrofiga o’z tarafdorlarini to’plagan. Ajnabiylar hukmronligi va zulmiga qarshi qo’zg’alishga da’vat qilib, Movarounnahr viloyatlariga targ’ibotchilarni yuborgan. Uning targ’iboti Naxshab va Kesh shaharlarida yaxshi samara beradi. «Oq kiyimlilar»ning safi tobora kengayib boradi. Ularga bevosita rahbarlik qilish maqsadida Muqanna Sug’d tomon otlanadi. Uni Marvdan Sug’dga o’tkazmaslik uchun arab ma’murlari ta’qibni kuchaytiradilar. Amudaryo sohilini suvoriylardan iborat katta harbiy kuch kechayu kunduz muttasil qo’riqlab turadi.
Kudungar — matoga ohor beruvchi
Muqanna — niqobli kishi
Sarxang — kichik lashkarboshi
«Oq kiyimlilar» uyushqoqlik bilan harakat qila olmaganlar. Bu omil qo’zg’olon yengilishining asosiy sababi bo’ldi. Ikkinchidan, xalq harakatining ommalashib ketishidan cho’chigan mahalliy mulkdorlar birin–ketin arablar tomoniga o’tib ketganlar. Uchinchidan, qo’zg’olonning uzoq davom etganligi mehnatkashlarni holdan toydirgan.
Qo’zg’olon bostirilgan bo’lsa–da, istilochilarga qarshi mahalliy xalq harakati uzil–kesil to’xtab qolmadi. 806–yilda Rofe ibn Lays boshchiligida xalifalikka qarshi yana qo’zg’olon ko’tariladi.
Qo’zg’olon Samarqanddan boshlanib Shosh, Farg’ona, Buxoro, Naxshab va Xorazm viloyatlariga tarqalgan. Tez orada mazkur viloyatlar xalifalik qo’lidan ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |