Dan, Internet va korporativ tarmoqlarga joylash orqali tijorat maqsadida foyda



Download 24,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/58
Sana06.07.2022
Hajmi24,24 Mb.
#750789
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58
Bog'liq
Komil Allamjonov - Allamjonov Aybdor

2005-2006-
yillar
47 / PARPIУEVNING JIYANI
Bir kuni ertalab ishga kelsam, atrof toʻla militsiya, Al-
lamjonovni qidirishyapti. Yana janjalning uyasiga tushib 
qoldim. Oʻshanda meni polkovnik Ikromov himoya qilib, 
qutqarib qoldi, shu bolaning hayoti barbod boʻlmasin, 
dedi. Shundan keyin bir oy uydan chiqmay qoʻrqib oʻtir-
dim. DAN xodimlari har kuni haydovchimni toʻxtatib, 
mayda-chuyda ayb topib, boshini qotirishardi.
FVVda olgan birinchi maoshimni hamkasb akaxonla-
rim bilan «yuvib» yoʻq qilganmiz. Uyga oborib, oyimga 
koʻrsataman deb shuncha kutgan pulimni hamtovoqlarim-
ga ichirib yuborganman. «Sharq»ning16 pastidagi kafeda 
joy aytib qoʻyishgan ekan, birinchi oyligim ziyofatga ket-
gan. Uyga arzimagan uch-toʻrt soʻmni koʻtarib kelganman.
Ikkinchi oyligim ham xuddi shunaqa qilib havoga so-
vurildi. Yoshi katta, azamat ikki harbiyga nima ham deya 
olardim? 
Keyingi gal ayyorlik qildim. Pulimni eng oxirida, ham-
madan keyin berasiz, deb kassir opa bilan kelishib qoʻy-
dim. Oyligimni oldim-u gʻaroyib boshliqlarim, ogʻaynila-
rim meni tutib olmasidan uyga qarab qochdim.
Parpiyev Davlat soliq qoʻmitasi raisi lavozimini egalla-
ganida uning birinchi oʻrinbosari Erkin Fayziyevich Ga-
doyev edi. Islom Abdugʻaniyevich «boʻlib tashla va hukm-
ronlik qil» degan siyosatni olib borar, vazir oʻrinbosarlari 
rahbariga nisbatan doim kishi bilmas oppozitsiyada boʻ-


48 / PARPIУEVNING JIYANI
lardi. Karimov shu yoʻl bilan oʻziga kerakli maʼlumotni
yigʻgan boʻlishi mumkin, lekin bu narsa jamoaviy ishni oʻl-
dirar, faqat ichki fitnalarni keltirib chiqarardi. Tizim iye-
rarxiyasi boʻyicha har bir xodim kimningdir odami edi: 
Parpiyevning odami, Gadoyevning odami, Azimovning 
odami… Bunaqa sharoitda ishni boshqarish uchun rahbar 
oʻz taktikasiga ega boʻlishi kerak. Parpiyev soliq qoʻmita-
siga oʻtganida hammaga ishdan boʻshash haqida ariza yo- 
zishni taklif qildi. Yangi jamoa tuzishini aytdi. Hamma 
ariza yozdi. Keyin Botir Rahmatovich xotirjam oʻtirib, 
boʻlayotgan qoʻngʻiroqlarni, kim kim uchun iltimos qilib 
chiqqanini yozib oldi va kuchlar taqsimotining toʻliq jad-
valiga ega boʻldi. Qoyilmisiz?
Parpiyev bergan hamma topshiriqlarni uning oʻrinbo-
sari oʻsha zahoti yoʻqqa chiqarishi meni doim hayron qol-
dirardi. Men — «Parpiyevning odami» bu paytda DSQ 
matbuot xizmatida ishlardim.
— Nimaga oldimga kiraverasan? Nima keragi bor shu-
ni? — biror taklif, qandaydir zarur ish bilan xonasiga kir-
sam, Gadoyev har safar norozi boʻlib kutib olardi. Yordam 
berishni xayoliga keltirmasdi.
Mustaqillikning oʻn olti yilligiga bagʻishlab maxsus 
albom chiqaradigan boʻldik. Soliq sohasida erishilgan 
hamma yutuqlarni, yangilik va oʻzgarishlarni koʻrsatmoq-
chi edik. Ishchi guruh tuzildi. Bosh javobgar menman, 
lekin hech qanday vakolatim yoʻq. Yaʼni, yugur-yugur


DSQning navbatdagi kollegiya yigʻilishida.
qilasan, axborot toʻplaysan, odamlardan statistika maʼlu-
motlarini yigʻishga harakat qilasan, ammo hamma senga
eshikni koʻrsatib yuboradi, birov gapingga quloq solmay-
di, mabodo maʼlumot berishsa ham, bir tiyinga qimmat 
boʻladi. 
Parpiyevning oldiga kirdim. Kitob deyarli tayyor, baʼzi 
maʼlumotlar yetishmayotgan edi, xolos.
— Kitobni tezroq chiqaringlar! Yaqin kunlarda Prezi-
dentga koʻrsataman, — dedi u. Keyin Gadoyevga qoʻngʻi-
roq qilib, menga yordam berishni topshirdi. Telefonda
oʻrinbosarning «Xoʻp!» degani eshitildi.
Gadoyevning oldiga kirdim. 
49 / PARPIУEVNING JIYANI


 — Qayerdan olding bu gapni? Toʻrt kunda kitob tayyor 
boʻlarmish! Kim toʻrt kunda kitob chiqararkan?!
— Erkin Fayziyevich, kitob deyarli tayyor, menga faqat…
Menga nima kerakligini Gadoyev eshitib ham oʻtirma-
di, har doimgiday javrab-javrab nasihatini boshladi. Xul-
las, maʼlumot ololmadim.
Ikki oʻt orasida qoldim. Rahbarlar-ku keyin bir-biri 
bilan kelishib ham ketar, oʻrtada aybsiz aybdor men boʻ-
laman. 
Ochigʻi, qoʻrqib ketdim. Oʻzimni ikki kattakon kitning 
oʻrtasida majaqlanib, ovozi chiqmaydigan mayda baliq- 
chadek his qildim. Parpiyevning bir xislati bor edi, hech 
qachon hech nimani esidan chiqarmasdi. Aytgan ishi qi-
linyaptimi, yoʻqmi — har soatda tekshirib turardi. Har soʻ-
raganida «Ishlayapmiz», deyman, lekin aslida hech narsa 
qilinmayotgan edi.
Yana qabuliga kirishga majbur boʻldim.
— Botir Rahmatovich, kitobni vaqtida topshira olmay-
man. Erkin Fayziyevich urishib, kabinetidan haydab soldi. 
Bekorchi ish bilan shugʻullanma, dedi. Nima qilay?
Generalning yomon jahli chiqqani koʻrinib turardi. 
Lekin menga indamadi, gapni choʻzmadi, «Boraver» — 
deb qoʻydi.
50 / PARPIУEVNING JIYANI


 Dushanba kuni majlis. Oʻzi shundoq ham har dushan-
ba boʻladigan majlislarni koʻrgani koʻzim yoʻq, bu safargisi 
ayniqsa ortiqchalik qilayotgan edi. Kamiga oʻsha kuni ke-
chasi deyarli uxlamaganman, zoʻrgʻa koʻzimni ochib, ishga 
uchib yetib keldim, apil-tapil formamni kiydim. Majlis 
aniq belgilangan vaqtda boshlanadi, kechikish mumkin 
emas.
Lanj boʻlib oʻtiribman, koʻzlar kirtaygan, qovoqlarim 
shishib ketgan. Qoʻmita raisining gaplari qulogʻimga bir 
kirib, bir kirmaydi. Qarasam, har gapida oʻrinbosariga 
murojaat qilyapti. U-bu taklif berib, keyin Gadoyevning 
fikrini soʻraydi. Gadoyev odob bilan, chiroyli qilib gʻoya-
ni puchga chiqaradi. 
Shu payt kutilmaganda Parpiyev stolga bir musht tu- 
shirdi. Choynak-piyolalar uchib ketdi, hammaning koʻzi 
moshday ochildi. 
— Erkin Fayziyevich, siz meni ahmoq deb oʻylayapsiz-
mi? Nima topshirsam, «yoʻq» deysiz! Takliflarimni yoʻqqa 
chiqaryapsiz, barcha islohotlarimga toʻsqinlik qilyapsiz!
Rais jahl bilan oʻrnidan turgan edi, stuli bir chekka-
ga uchib ketdi. Qoʻlidagi qalam chirsillab sindi, uniyam 
uloqtirib yubordi. Hammaning oʻtakasi yorilib, zal jim-
jit boʻlib qoldi. 
— Mana, Allamjonovni olaylik! — vazir zalga qarab, 
51 / PARPIУEVNING JIYANI


meni topdi. Oʻtirgan joyimga yopishib qoldim, birdan 
hojatga borgim kepqoldi. — Men unga kitob chiqarishni 
topshirgandim, siz esa haydab solibsiz. Nega bu kitob ke-
rakmas, dedingiz?
— Men unaqa demadim, unaqa deganim yoʻq… — oʻzi-
ni oqlamoqchi boʻldi Gadoyev. Uning qattiq qoʻrqib ket-
gani bilinib turardi. 
Parpiyev koʻzoynagini yechib, stolning ustiga otib yu-
bordi-da, zaldan chiqishda eshikni shunaqa qarsillatib 
yopdiki, devorda yoriq paydo boʻldi. 
Men esa stulga yopishgancha ichkarida qolib ketdim. 
Gadoyev hammaga bir-bir koʻz tashlab, sekingina: «Maj-
lis tugadi», — dedi. Yigʻilganlar jimgina tarqala boshladi.
Keyin u mening yonimga keldi.
— Bir daqiqaga mumkinmi? Kabineting qayerda edi? 
Ikkovimiz xonamga kirdik. U savollari bilan meni bur-
chakka tiradi:
— Senga nima yomonligim tegdi? Nega ustimdan shi-
koyat qilding?
Men jonimni qutqarish uchun, joyida ogʻzimga kelgan 
bahonani toʻqidim:
52 / PARPIУEVNING JIYANI


 — Erkin Fayziyevich, Botir Rahmatovich soʻraganiga 
aytdim-da… Sizni «Kitob toʻrt kunda oʻxshamasa-chi», — 
deb kuyib-pishyaptilar, dedim... Falon gapiga piston deb 
javob berdim... Meni boshqacha tushunibdi…
Tabiiyki, Gadoyev aytganlarimga ishonmadi.
Uni qanchalik yomon ahvolga solganim bir necha 
daqiqadan keyin maʼlum boʻldi. «Hamma oʻz joyida oʻtir- 
sin, hech kim hech qayoqqa chiqmasin» degan buy-
ruq keldi. Oʻsha kuni yarim kechagacha hamma xonasi-
dan chiqmay oʻtirdi. Rais esa qayoqqadir ketdi. Keyin bil-
sam, hech qayerga xabar chiqib ketmasligi uchun koʻrilgan 
chora ekan bu. Gadoyev oʻzining odamlarini, tanklari va 
artilleriyasini tortib kelishga ulgurmasin deb shunday qi-
linibdi. 
Ertasiga majlisga Bosh vazir Shavkat Miromonovich 
Mirziyoyev17 keldi. Gadoyev lavozimidan olindi. Lekin 
u ham shuncha yildan beri bekorga birinchi oʻrinbo-
sar boʻlmagan ekan, baribir tanklarini ishga solibdi.
Oʻrinbosar boʻlib qoldi, faqat Akademiyaning18 rektori 
sifatida. Qoʻmitadan ketib, ichki ishlarga aralashmaydi- 
gan boʻldi.
Uning oʻrniga hozirgi Bosh vazir oʻrinbosari Behzod 
Anvarovich Musayev keldi. Siyosatimizning liberal qano-
ti. U bilan ishlash ancha oson edi.

Download 24,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish