Dan, Internet va korporativ tarmoqlarga joylash orqali tijorat maqsadida foyda



Download 24,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/58
Sana06.07.2022
Hajmi24,24 Mb.
#750789
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58
Bog'liq
Komil Allamjonov - Allamjonov Aybdor

 Bir gapni taʼkidlamoqchiman: bilim — choʻqqiga koʻta-
rilishda eng kuchli turtki. Agar ota-onangiz oʻzlari uchun 
hamma narsadan voz kechib, sizning bilim olishingizga sha-
roit yaratib bergan boʻlsa, oʻqishdan boʻyin tovlash gʻirt non-
koʻrlikdir. Oʻz hayotini qadrlamaslik degani bu. Ammo sha-
roit koʻtarmagani, orzularning ushalishiga tayyor imkon 
yoʻqligi uchungina, kelajak maqsadlardan voz kechish katta 
xato boʻladi. «Diplomsiz, maʼlumotsiz hech kimsan», deydi-
ganlarga umuman quloq solmang! Niyatga yetish uchun bi-
rinchi oʻrinda qatʼiyat, sabr-bardosh va oʻzingizga ishonch 


85 / GARVARD REJADA YOʻQ EDI
boʻlishi kerak. «Oʻzingga ishon» iborasi siyqasi chiqqan-
dek, yasama tuyulishi mumkin. Lekin busiz orzuga eri- 
shib boʻlmaydi. Har safar tushkunlikka tushganingizda ik-
kinchi kursda oʻqishdan haydalgan, institut va univer-
sitetda sirtdan oʻqigan, shunchaki sohasi boʻyicha ishlab
bilimini oshirgan Komil Allamjonovni eslab qoʻying. Eng 
ishonchli va tekin universitet mustaqil taʼlim bilan ama- 
liyotdir. 
Albatta, Garvardda oʻtgan kunlarim faqat oʻyin-kul-
gidan iborat boʻlmagan. Toshkentdagi jamoam oʻrnimga 
uy vazifalarni bajarayotgan paytda, men universitet taʼlim 
tizimini oʻrganib, oʻzim uchun koʻp narsa kashf qildim. 
Nima uchun Garvardda, kim dars oʻtishidan qatʼi nazar, 
bitiruvchilarning bilimi kuchli? Chunki bu dargohning 
oʻquv metodikasi juda yuqori saviyada. U yerda oʻqigan 
talaba savodsiz boʻlib qolishi mumkin emas. Biz bir payt-
lar mutlaqo eshitmagan oʻyin vositasida bilim berish usu-
lini ham qoʻshing bunga. Darsni koʻr-koʻrona, faqat baho 
uchun yodlab olmasdan, magʻzini chaqishga ham yordam 
beradigan «emotsional idrok» degan tushuncha ham bor 
ekan, biz esa bundan mutlaqo bexabar edik.
Mohiyatni tushunish — eng muhim masala. Gʻildirak 
qanday aylanishini bilsang, uni oʻzing ixtiro qila olasan. 
Shunchaki halqa va simlaridan nusxa koʻchirmasdan, bu 
mexanizm qanday qilib va nima uchun harakatlanayot-
ganini oʻrganasan. Oʻz «gʻildiraging»ni mukammallash-
tirish yoʻlida yana koʻp sirlarni bilib olasan. «Keyin uni 


86 / GARVARD REJADA YOʻQ EDI
yaxshiroq pullash uchun» degan gapni qoʻshib qoʻymasam, 
Komil Allamjonovligim qayerda qoladi?!
U davrda bizdagi oʻquv metodikalarida bunaqa narsa 
qoʻllanilmagan. Darslikda nima yozilgan boʻlsa, shuni toʻ-
tiga oʻxshab takrorlab, yodlab olinsa boʻldi — butun taʼlim 
tizimimiz shu poydevorga qurilgandi. Mustaqil fikrlash
tahlil qilish yoʻq. Toʻgʻri, yaxshi mutaxassislar yetishib 
chiqqan, lekin haqiqiy isteʼdodlarni barmoq bilan sanasa 
boʻlardi. Garvarddagi taʼlim esa har bir talabani mustaqil 
fikrlovchi daho darajasiga koʻtarishga qaratilgan. 
Bolani analitik fikrlashga oʻrgatmasak, faqat birov-
ning topshirigʻini yaxshi bajarishga yaraydigan oʻrtamiyo-
na xodim boʻlib voyaga yetadi. Yoki darslikning yarmini 
esidan chiqarib yuborgani uchun, shuni ham eplolmay-
di. Bu haqiqatni endi-endi tushunib yetyapmiz. Oʻyin, 
takrorlash, qiyoslash orqali bilim berish, mavzu doirasi-
dan chiqib, kengroq mulohaza qilishni oʻrgatish qanchalik 
zarur ekanini koʻryapmiz. Ammo bu uslub hozir faqat xu-
susiy, pullik muassasalarda qoʻllaniladi. Davlat taʼlim tizi-
mida esa ahvol haliyam oʻsha-oʻsha — mazmun emas, shakl 
muhim: davomat, bir xil tashqi koʻrinish, namunali xulq, 
uy vazifalarni vaqtida bajarish... 
Oʻziga, ertangi kuniga ishongan odamlar boʻlmasa, 
butun mamlakatning taraqqiyoti toʻxtaydi. Oʻn, yigirma 
yildan keyin nima boʻlishini oʻylamaydigan, faqat qorin 
gʻamida, buguni bilan yashayotgan jamiyatga aylanib qol-


87 / GARVARD REJADA YOʻQ EDI
yapmiz. Avvalgidek faqat och qolmaslik uchun ishlayvera-
mizmi? Tilla idishga qimmatbaho qizil ikra solib yeyilsa 
ham, u baribir bir yegulik, xolos. 
Mamlakatdagi tadbirkorlarning hech boʻlmasa bir 
qismi oʻz oldiga ulkan maqsadlarni qoʻyishi, eng baland 
choʻqqilarga intilishi kerak. Menga «pul ishlab olish» tak-
liflari koʻp tushadi. U yoqdan olib, bu yoqqa sotib, oʻrta-
dagi foydani choʻntakka urasan, deyishadi. Bu ham oʻsha 
«yeb-ichish» darajasidagi fikrlash. Bunaqa ishlar meni qi-
ziqtirmay qoʻygan. Qachondir qiziqqanimni eslolmayman 
ham. Shu joyida muhtaram Sergey Yejkov: «Rasvo ishlar-
dan toymaydigan bu bolakay oʻzini butun insoniyatning 
xaloskori deb xayol qiladi», — degan boʻlardi.
Miyamda Katta Gʻoya bor. Baʼzan eski odatga koʻra 
«Uzmetronom» sahifalarini ocha turib, umridan baraka 
topkur Yejkov shu haqda ham yozib qolarmikin, deb oʻy-
layman. Oʻzimcha original, tortadigan sarlavhayam oʻy-
lab topaman. Oʻzi Sergey Aleksandrovich bunaqa narsaga 
juda usta. Uning maqolalari doim oʻqishli boʻlgan. Ayniq-
sa, men haqimda yozmaganida.
Toʻgʻri, endi meni «bolakay» deb atay olmaydi, katta 
boʻlib qoldim. «Parpiyevning jiyani» mavzusi ham eskir-
gan. «Soliq-info» yopildi. «Turon-24»21 ham. «Avtotest 
report» loyihasi harakatdan toʻxtatildi, mudroq holatda 
hozir. Lekin Sergey Aleksandrovich baribir shov-shuvli 
sarlavhaga bahona topadi, bunga ishonaman. Mayli, ham-


88 / GARVARD REJADA YOʻQ EDI
mamizni oʻsha kunlarga yetkazsin. Darvoqe, men oʻzim-
ni haliyam butun «insoniyatning xaloskori» deb hisoblay-
man.


89 / GARVARD REJADA YOʻQ EDI



91 / AVTOTEST REPORT
«Avtotest» loyihasidan maqsad aynan odamlar hayo-
tini asrash boʻlgan. Undan yaxshigina daromad ham to-
pishim kerak edi. Bu ikki maqsad bir-biriga zid deb oʻy-
lamayman. Katta daromad olinmadi, toʻgʻrirogʻi, hamma 
topganim karyera loyihamga sarflanib ketdi, u yerda esa
pul ikkinchi darajali boʻlib qoldi.
Oʻzi bu gʻoya toʻsatdan paydo boʻldi. Oʻsha paytla-
ri 2009-yildan «BEM» loyihasiga rahbarlik qilgan Nodi-
ra Vohidova bilan birga ishlardik. Bir kuni oldimga kelib: 
«Bir loyihaga ortiqcha ellik million topilmaydimi?» — deb 
soʻrab qoldi.
Taklif yoʻl harakati qoidalarini oʻrganishga va eslab qo-
lishga yordam beruvchi animatsiya bilan bogʻliq ekan. 
Mablagʻ ajratish haqida topshiriq berdim-u shu boʻyi esim-
dan chiqib ketdi. Keyinroq, xarajatlarni tekshira turib, bu 

Download 24,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish