monaviy mashinalarda, aniq kelishuv bilan, hech qanday
aldam-qaldamsiz.
Maktab bizga deyarli foyda keltirmasdi, xarajati daro-
madidan oshardi.
Chiqim bilan kirim tenglashsa, shun-
ga ham xursand boʻlardik. Lekin bu mening karyeram-
ga xizmat qiladigan loyiha edi. Shuning uchun disklardan
tushgan bor pul mana shu maktabga ketganiga umuman
achinmadim. «Avtotest» misolida yurtimizda yuqori sa-
viyada taʼlim beriladigan har qanday maktabni tashkil qi-
lish mumkinligini koʻrsatdik.
Ana shunday modelni si-
novdan oʻtkazdik.
«Biz guvohnomani porasiz olamiz» degan norasmiy
shiorimiz ham paydo boʻldi. Maktabimizni «Oʻquvchila-
ri darslarni 99 foiz oʻzlashtiradigan, bitiruvchilari guvoh-
nomani hech qanday muammosiz oladigan»,
deb ovoza
qila boshladik. Bu hammagayam yoqmaganini aytmasam
ham boʻlar-a?..
Lekin loyihaning orqasidan imkon qadar koʻproq pul
topish niyatidan baribir voz kechmadik. Qonunchilikda
avtomaktablar har yili yuridik shaxslarning malakasini
oshirishi kerakligi haqida modda bor ekan. Biz buni aniq-
ladik. Lekin Vazirlar Mahkamasining ushbu qarorini ba-
jarish mexanizmi ishlab chiqilmagan.
Bu moddaga hech
kim hech qachon amal qilmagan. Toʻgʻri-da, hamma hay-
dovchilarimiz oʻzini «as» deb biladi-ku. Unda yoʻllarda-
97 / AVTOTEST REPORT
gi shuncha avtofalokatlar qayerdan kelib chiqyapti, degan
tabiiy savol tugʻiladi…
U paytda IIB Ministri Abdusalom Azizov edi, hozirgi
SGB boshligʻi. Bir amallab uning qabuliga kirdim.
— Butun respublikada biznikiga oʻxshash innovatsion
avtomaktablar tarmogʻini tashkil qilsak, yaxshi boʻlardi.
Mashina haydashning nazariyasini ham, amaliyotini ham
qoyil qilib oʻqitadigan va har yili haydovchilar malakasini
oshirishni zimmasiga oladigan eksklyuziv maktab boʻladi.
Хxxxxxxxx
ni ishontirishga, koʻndirishga harakat qil-
dim. Men shunchaki oʻzimga kart-blansh soʻramayap-
man-ku, infratuzilmaga pul tikyapman, demak, haydov-
chilik sifatini oshirishni yoʻlga qoʻyishda davlatga yordam
bermoqchiman. Haydovchilarning koʻpi mashinani toʻgʻri
boshqarishni bilmaydi, chunki guvohnomani pulga sotib
olgan. Bizda yoʻl harakatining hamma ishtirokchilari —
intizomli haydovchilarning ham, piyodalarning ham joni
xatar ostida. Men bu vaziyatni qanday qilib tartibga so-
lishni bilaman, bu sohada tajribam, dasturim, strategiyam
bor, davlatga yordam berishga tayyorman.
Shu loyihaga
bor pulimni tikkandan keyin foyda ham koʻrsam, buning
nimasi yomon?
Biror chet mamlakatda boʻlganida, davlat bilan xususiy
tadbirkor hamkorligini hamma maʼqullagan boʻlardi, deb
oʻylayman. Lekin bizda unday emas. Birdan hamma bosh
98 / AVTOTEST REPORT
koʻtarib qoldi: Nega «Avtotest»ga mumkin-u, qolganlarga
mumkin emas ekan?! Malaka oshirishga ikki yilda naq bir
hafta ajratishning nima keragi bor?!
Eng qizigʻi, hammayam norozi boʻlmadi. Koʻpchilik
haydovchilar bir haftalik kurslarga jon deb qatnadi. Bu ta-
labalik davriga qaytishdek gap edi. Baʼzilar oʻqishni oʻzi-
ga xos taʼtil deb qabul qildi. Oʻyin, tanlov-viktorinalarga
har qanday yoshdagi odam qiziqadi. Simulyatorda mashi-
na haydab koʻrish, kompyuterning tugmachalarini chiqil-
latib bosib, oʻzini sinab koʻrishning ham gashti bor. Toʻlo-
vi ham uncha qimmat emas. Asosiysi, oʻsha paytda ham,
hozirgacha ham maktabimizda beriladigan bilimga hech
kim eʼtiroz bildira olmadi, taʼlim
sifati haqiqatan yuqo-
ri darajada. Metodikamiz noyob, oʻquv qoʻllanmalarimiz
zamonaviy. Lekin koʻpchilik meni «monopolist
» deb eʼlon
qilib, bosim oʻtkazgani tufayli bu ishni yigʻishtirib qoʻya
qoldim. Xoʻp, natijada nima boʻldi? Yoʻllarda oʻlim holat-
lari nihoyatda koʻp, korrupsiya gurkirab yotibdi, avto-
maktabda yolchitib oʻqimagan
bitiruvchi ham guvohno-
mani bemalol sotib olishi mumkin.
YHXBB maʼlumotlariga koʻra, 2019-yilning oʻzida
8 588 ta avariya sodir boʻlgan, bunda 2 096 nafar odam
oʻlgan, 7 943 kishi jarohat olgan. Vafot etganlarning
193 nafari, jarohatlanganlarning 1047
nafari yosh bola-
lar. Yoʻllarimizda kuniga besh nafar odam halok boʻladi.
Bu — oʻrtacha bir oila yoʻq degani. Toʻgʻri, yoʻllardagi xavf-
sizlik koʻp sabablarga — yoʻlning tekisligi, yoʻl
chiziqla-
Do'stlaringiz bilan baham: