7 / SOʻZBOSHI
9 / VAZIR KELDI
Goʻdakligimda kattalarning oyogʻi ostida oʻralashib, in-
jiqlik yoki shoʻxlik qilsam, buvim doim: «Uni tinch qoʻ-
yinglar, urishmanglar. Bu bolam ministr boʻladi», — der-
dilar.
U vazir boʻladi.
Nega unday deganlarini bilmayman. Buvimning fikri-
cha, oilamizda mendan boshqa hech kim ministr boʻlol-
masdi. Avtoslesar bilan hamshiraning oʻgʻli bir kun kelib
obroʻ-eʼtiborli, katta odam boʻlishini xayolga ham keltirish
qiyin edi.
Oyimni savolga tutaman. Ular ham buvim nega bunday
deganlarini bilmaydilar.
Vazir
keldi
— ◆ I ◆ —
Mana endi, oradan oʻttiz yildan koʻproq vaqt oʻtib,
OʻzMAA1 binosining xolida turibman. Ministr boʻlib.
Oʻzbekiston Мatbuot va axborot agentligining direktori
maqomiga koʻra vazir hisoblanadi. Kattagina binoning bi-
rinchi qavati. Devor, shiftlari toʻkilay deydi, pollari chi-
rib yotibdi, hamma yoq vayrona, chiqindi. Hatto vazir-
ning, yaʼni mening xonamdan kanalizatsiyaning badboʻy
hidi anqiydi. Stalin davridan qolgan bu eski imorat oxirgi
marta qachon taʼmirlanganini birov eslolmaydi.
Binodagi besh yuzdan ortiq xonaning deyarli hamma-
sini ijarachilar egallab olgan. Xotin-qizlar qoʻmitasi, qay-
sidir partiyalar, qandaydir nashriyotlar, tadbirkorlar va
yana kimlardir. Ichki hovlida mashinalar tiqilib ketgan.
Hech kim menga ahamiyat bermaydi, odamlarning unisi
u yoqqa, bunisi bu yoqqa oʻtib yuribdi. Ikkinchi qavatning
chap qanotidagi kaftdek joy — mana shu OʻzMAA.
Meni jamoaga tanishtirish uchun Bosh vazir oʻrinbosa-
ri, Moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov keldi. Tanishtirdi-yu
joʻnab ketdi. Majlislar zaliga tipografiyalarning yoshi oʻtib
qolgan direktorlari, boshqarma boshliqlari yigʻilgan. Har
biri bu tizimda salkam yarim asr — Sovet Ittifoqi davri-
dan beri ishlab keladi. Oʻsha lahzada menga boʻlgan mu-
nosabatni aniq his qildim: goʻyo xonaga yosh bola adashib
kirib qolgan-u, buvisi mehr bilan: «Bolamni urishmang-
lar, u vazir boʻladi», deyayotgandek. Xonadagilar menga
parvo qilmay, oʻzaro gaplashib oʻtirishibdi. Eshikdan kirib
kelgan yoshgina koʻzoynakli yigitchaga eʼtibor qaratgan-
10 / VAZIR KELDI
dan koʻra, yonidagi obroʻli hamkasbining suhbati muhim-
roq ular uchun.
Maosh tarqatish vaqti kelib qolgan, OʻzMAA hisob
raqamida esa 18 million soʻm pul bor edi. Bosh buxgalter-
ni chaqirtirdim. Nima qilamiz? Pul qani? Qanday ishlar-
dinglar oʻzi?
— Xavotir olmang, Komil Ismoilovich, tipografiyalar
bizga oborotidan 2% oʻtkazsa, maoshni yopamiz.
Bu haqda toʻliqroq maʼlumot berishni soʻrab, oʻzim
uchun qiziq narsalarni bilib oldim. Toʻgʻri, tizimdagi
hamma tashkilotlar OʻzMAAga boʻysunadi. Yaʼni man-
tiqan olganda, ular bosh idoraga gap-soʻzsiz mablagʻ oʻtka-
zishi shart. Ammo hech qachon bunday boʻlmagan. Bosh
hisobchi har oy xodimlarga maosh toʻlash vaqti kelganda:
«Iltimos, bizga mablagʻ oʻtkazib bering», — deb yalinish-
ga tushadi. Va har gal: «Imkon tugʻilsa, beramiz. Boʻlgan-
da olasizlar», — degan kibrli javobni eshitadi.
— Komil Ismoilovich, ularni koʻndiraman, shu paytga-
cha amallab kelganmiz, — dedi hisobchi meni «yupatib».
Demak, beshta nashriyot: «Oʻzbekiston», «Oʻqituvchi»,
«Gʻafur Gʻulom», «Choʻlpon» va «Oʻzbekiston milliy en-
siklopediyasi» oldin oʻzini taroziga soladi. Oxiri rahba-
riyatning iltimosini bajargan boʻlib, pul oʻtkazadi, xuddi
ehson qilgandek.
11 / VAZIR KELDI
— Unaqasi ketmaydi, — dedim.
— Iya, Komil Ismoilovich, sohaning kitlari-ku ular!
Qoʻying, aralashmang, oʻzim hal qilaman.
Bosh hisobchi yillar davomida quyi tashkilotlardan ti-
lanib pul undirishni oddiy hol deb kelgan. U oʻzicha meni
bu yoqimsiz jarayondan asramoqchi boʻldi.
Men OʻzMAAga boʻysunadigan barcha tashkilotlar
rahbarlarini katta umumiy majlisga chaqirtirdim. Navo-
iy nomidagi Milliy kutubxona direktori oʻsha zahoti ishi
koʻpligi, kelishga vaqti yoʻqligini aytdi. «Qarshi boʻlma-
sangiz, keyin oʻzingizga alohida uchrarman, maylimi, Ko-
miljon?»
Men belgilangan vaqtda keldim. Vazir kursisiga oʻtir-
dim. Odamlar xonaga kirib chiqib, u yoqdan bu yoqqa yu-
rishibdi. Meni bir tiyinga olishmayapti, xuddi bu yerda
umuman yoʻqdekman. Indamay, sabr qilib turdim. Oxiri
chidolmadim:
— Marhamat qilib oʻtirib olinglar. Boshlaymiz. Bir-biri-
mizni ozgina hurmat qilaylik.
Hamma joylashib oldi. Menga yov qarash qilib oʻti-
rishibdi, suhbatning beliga tepdim-da! Eng gigant nash-
riyot — «Oʻzbekiston»ning direktorini turgʻizdim.
12 / VAZIR KELDI
— Qani, gapirib bering-chi, ishlar qanday ketyapti?
— Agar men gap boshlasam, bu yerda ertalabgacha oʻti-
ramiz, — javob berdi u mensimaygina.
— Kerak boʻlsa, oʻtiramiz, — dedim men. — Boshlang.
Bu haqda hozir gapirish oson, lekin tartib oʻrnatishning
oʻzi boʻlmadi. Ishni OʻzMAA direktori nomidan binoda
oʻtirgan barcha ijarachilarga xat yozishdan boshladim:
«Tez kunda egallab turgan xonangizni boʻshatishingizni
soʻrayman».
Ijara toʻlovining sharti oddiy ekan: Agentlik hisob raqa-
miga arzimagan mablagʻ oʻtkaziladi, qolgan pul naqd beri-
ladi. Xomchoʻt qilib koʻrdim. Oyiga ellik ming dollardan
koʻproq pul kelib turgan. Shuncha pul qayoqqa ketgan, bil-
mayman. Bosh ofisga pul tushadimi, yoʻqmi, hech kimni
qiziqtirmagan. Bino esa xarobaga aylanib boʻlgan.
Menga bu pulning keragi yoʻq edi. Qoʻl ostimdagilar sal
hayron boʻlishdi. Toʻgʻri, biznes bilan shugʻullanishimni,
oʻzimga yarasha daromadim borligini hamma biladi, lekin
pul hech qachon ortiqchalik qilmaydi-ku!
Tabiiyki, «Ijarachilarga tegmang», degan iltimoslar
yogʻila boshladi. Hech kim issiq oʻrnini yoʻqotgisi kelmas-
di. Yuqoridan, vazirlik va idoralardan qoʻngʻiroq qildirib,
yangi direktorga bosim oʻtkazishga harakat qilishdi. Faqat
Xotin-qizlar qoʻmitasining oʻsha paytdagi raisi Tanzila
13 / VAZIR KELDI
Kamolovna2, ular uchun ajratilgan yangi binoning qurili-
shi hali oxiriga yetmagani, ozgina vaqt berilsa, bir yoʻla
koʻchib chiqib ketishlarini tushuntirdi. Ularning soʻzini
ikki qilolmadim. Qolganlarga qattiq turdim. Bino — biz-
niki, xodimlarimga sharoit yaratib berishim kerak. Ichki
hovli yopildi, uyum-uyum axlat chiqarib tashlandi, xona-
lar, xoll, yoʻlaklar taʼmirlandi. Bularning hammasi kim-
ning hisobidan boʻlganini gapirishga hojat yoʻqdir-a?! Bino
taʼmiri oilaviy biznesimga qimmatga tushdi, oldinda esa
hali ish koʻp edi.
Esimda, tadbirlardan birida Bosh vazirning birinchi
oʻrinbosari Ochilboy Jumaniyozovich Ramatov3 bilan
uchrashib qoldik. Hozir nima ishlar bilan bandligimni
soʻradi. OʻzMAAni boshqarayotganimni aytdim.
— Nima tashkilot edi u, eslatib yuboring? — soʻradi
Ramatov.
OʻzMAA shu darajada bor-yoʻqligi bilinmaydigan,
mudroq tashkilot boʻlganki, hatto Bosh vazirning birin-
chi oʻrinbosari bu Agentlikni birdaniga eslolmadi. Tash-
kilot rahbarlari Vazirlar Mahkamasi yigʻilishlariga deyar-
li chaqirilmagan. Direktorini faqat «baxt maktubi» olib
turgan gazetalarning muharrirlarigina tanigan — uni olib
tashla, buni tahrir qil... Faqat bir marta, janob Tangriyev4
«maʼnaviyatga zarar yetkazganlar»ga (uning nazarida, al-
batta) qarshi OʻzA orqali ayovsiz kurash eʼlon qilganida,
uning dongi hamma yoqqa tarqaldi.
14 / VAZIR KELDI
Ammo mening oldimda turgan eng asosiy masala bino-
ni taʼmirlash emas, Agentlik direktorining nufuzini koʻ-
tarish edi, albatta. Xoʻp, buning uchun nima qilish kerak?
Mansab guvohnomasini pesh qilib, atrofdan izzat-hurmat
kutish befoyda. Yaxshisi, jang sanʼati qoidalarini qoʻllagan
maʼqul. Birinchi navbatda asosiy raqibni, kim boshqalarga
taʼsiri, soʻzini oʻtkazishini aniqlab, zararsizlantirish shart.
Xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazib, bir kun ichida bir
necha kishini ishdan boʻshatdim. Keyin butun jamoa ol-
dida Monitoring markazi direktori Xurshid Mamatovni
lavozimidan oldim. Aynan uning guruhi Prezident mat-
buot kotibi lavozimidan ketganimda ijtimoiy tarmoqlarda
menga taʼqib uyushtirgan edi. Yaxshiyamki, ishdan ketga-
nimga achingan oddiy jurnalist va blogerlar himoya qilish-
gani, boʻlmasa bular meni yanchib tashlashga tayyor edi.
Monitoring markazi OʻzMAA ichidagi eng yopiq tu-
zilma boʻlib, hech qaysi direktor uning ostonasidan hat-
lab oʻtmagan. Bir kuni xonamdan chiqarkanman, begona
kishining kotibimga surbetlarcha oʻshqirayotganini eshi-
tib qoldim. Kotibiyatdagi yigitlar esa indamay turishibdi.
— Siz kimsiz? — soʻradim men.
— Men Monitoring markazidanman! — mensimay
javob berdi u.
Ulardan hamma choʻchirdi, chunki oʻzlarini salkam
butun olam xoʻjayinlaridek tutishardi.
15 / VAZIR KELDI
— Chiqib keting bu yerdan! — aslida bundan qoʻpolroq
gapirdim. — Kim boʻlibsiz, xodimlarimga doʻq uradigan?
Koʻrinishidan ziyoli va ogʻir-bosiq rahbardan bunaqa
muomala kutmagan haligi kishi dovdirab qoldi. Indamay
chiqdi-ketdi. Men oʻsha zahoti Monitoring markazidagi-
larni yigʻilishga chaqirdim.
Kirib borganimda, hammaning koʻzi menda, birov qi-
ziqib, birov xavfsirab qarab turardi.
— Hozir sizlarga qiladigan yaxshiligim shuki, — dedim
Markazning direktori va yana bir necha xodimga, — oʻz
arizangizga koʻra ishdan boʻshataman va sizlarni xotiram-
dan oʻchirib tashlayman!
Monitoring markaziga shu paytgacha amalda hamma
ishni yuritgan Dilnoza Ziyomuhammedova5 direktor boʻl-
di. Hozir u Prezident Administratsiyasi rahbarining oʻrin-
bosari. Fahm-farosatli, harakatchan oddiy xodimlarni di-
rektor oʻrinbosarlari lavozimigacha koʻtardim. Muddat
qoʻydim, yoʻl-yoʻriq koʻrsatib, hammani ishga solib yubor-
dim.
Endi eng ulkan va boʻysunmas kit — «Oʻzbekiston»
nashriyoti qoldi. Oʻsha, direktori «gapirsam, ertalabgacha
oʻtiramiz», — degan nashriyot. Rostdan ham yangi vazir-
ga aytadigan gaplari koʻp ekan — tipografiyadagi qoʻshib
yozishlar, talon-tаroj, mulkni oʻzlashtirish holatlarining
16 / VAZIR KELDI
tarixi juda uzun, Ittifoq davriga borib taqalarkan. Hu-
kumatning barcha doiralari bilan aloqalari zoʻr yoʻlga qoʻ-
yilgan. Hatto qoʻshni davlatlar miqyosida ham. Oʻz-oʻzi-
dan maʼlumki, hamma hujjatlari joyida.
«Oʻzbekiston» respublikaga vagonlab qogʻoz olib kira-
digan nashriyot edi.
Ayrim faktlarni tahlil qilgan holda, katta ehtimol bilan
davlat kursida olingan qogʻoz mamlakat ichida bozor
narxida sotilganini taxmin qilish mumkin. Oʻrtada juda
katta pul aylanardi. Shuning uchun nashriyot direkto-
ri meni rahbar sifatida tan olmadi, topshiriqlarimni ba-
jarishni xayoliga ham keltirmadi. «Seriy kardinal» Mah-
mudjon Zaytaуev6 boʻlib chiqdi. Lavozimida ellik yildan
beri oʻtirgan mansabparast, amaldor bu otaxon hech ni-
madan tap tortmasdi.
Tipografiya doim davlatdan katta buyurtmalar olib,
darslik, kundalik va daftarlar chop etsa ham, davlatga
foyda keltirmas, aksincha, zararga ishlardi. Aslida daro-
mad kimlarningdir choʻntagiga tushar, tizimda mehnat
qilayotgan 650 nafarga yaqin ishchi esa arzimagan mao-
shini ham vaqtida ololmasdi.
Ularning daromad topish yoʻllarini oʻrganib, «Qoyil!»
deb yubordim. Qogʻoz salfetka-sochiqchalar va hojatxo-
na qogʻozi ishlab chiqaruvchilarga oʻram-oʻram chiqindi-
ni ham pullashar ekan, shovvozlar! Tabiiyki, undan ham
17 / VAZIR KELDI
«otkat» — ulush olishgan. Xullas, hamma narsadan pul qi-
lingan. Almisoqdan qolgan nashriyot uskunalari esa tez-
tez ishdan chiqar, ularni yangilash va zamonaviy texnika-
ni ishga tushirish zarur edi. Lekin ehtiyot qismlardan ham
«otkat» olmasa boʻlmaydi.
Mening hisob-kitobimga koʻra, kimlarningdir choʻnta-
giga har yili millionlab dollar tushgan. Mamlakatdagi eng
yirik nashriyot esa talon-tаroj qilingan, vayron boʻlgan.
Lekin bu mening shaxsiy kuzatuv va xulosalarim. Men ter-
gov olib boradigan, kimgadir ayblov qoʻyib, dalil qidira-
digan prokuratura emasman. Ammo oʻz fikrimni aytish-
ga haqqim bor, buni menga hech kim taqiqlay olmaydi.
Mayli.
Yangi yil arafasi. Ishchilarga mukofot puli tarqatilsin,
deb topshiriq berdim. Korxonaning oʻzida katta sahna
qurdik. Sherali Joʻraуev, Yulduz Usmonova kabi sanʼat yul-
duzlari, taniqli qoʻshiqchilarni taklif qildik.
Oʻziyam rosa qizdirishdi!
Konsertdan keyin, ziyofat oxirida soʻzga chiqdim.
— Kayfiyatlar qalay? — soʻradim yigʻilganlardan. — Ni-
maga baʼzilarning yuzida xursandchilik koʻrmayapman?
Yangi yil bayram-ku? Mana, mukofot puli olgan boʻlishin-
giz kerak...
18 / VAZIR KELDI
Oʻtirganlar orasida gʻala-gʻovur boshlandi. Qanaqa mu-
kofot? Hech kim hech nima olgani yoʻq...
Rahbariyatning rangi oʻchib ketdi.
— Men OʻzMAA direktori sifatida oʻz majburiyatimni
bajardim, xodimlarni mukofotlash haqida buyruq berdim.
Lekin rahbarlaringiz buyruqni bajarmagan.
— Kechirasiz, hali ulgurmadik... — degan mujmal ja-
voblar eshitildi.
— Agar berilgan topshiriqni bajarmasangiz, sizlarni
ishdan olishga majbur boʻlaman, — bu gapni hammaning
oldida, mikrofon orqali aytdim.
Ertasigayoq shoshilinch ravishda mukofot puli tarqatil-
di. Hech qanday protokol-u rasmiyatchilikka qarab oʻtir-
masligimni bilib, hayiqishdi, shekilli. Hammaning oldida
nimani oʻylasam, oʻshani gapiraman, ishdan shartta boʻ-
shatishim mumkin, arizaga «oʻz xohishiga binoan...» degan
yozuvni tirkab, imi-jimida choponni yelkaga tashlab ke-
tish yoʻq.
Mukofotni vaqtida berish arzimagan masaladek koʻri-
nishi mumkin, lekin bu yangi rahbarning bir soʻzli ekani-
ni isbotladi. Shundan keyin ishchilarning muammolarini
oʻrgana boshladim. Oʻziga xos ochiq eshiklar marafoni-
19 / VAZIR KELDI
ni eʼlon qildim. Istagan xodim kelib, dardini aytishi, savol
yoki taklifini berishi mumkin edi. Ertalabdan boshlan-
gan kirdi-chiqdi yarim kechagacha davom etardi. Toʻylar,
maoshlar, taʼtillar, davolanish, ijtimoiy imtiyozlar, xat-huj-
jat — koʻrmagan masalamiz qolmadi.
Odamlarni ragʻbatlantirish uchun «Oʻzbekiston» nash-
riyotida ishlaydigan hamma xodimlarning maoshini yax-
shigina koʻtardim.
Tipografiya xodimlarini esa ogohlantirdim: kim oʻgʻri-
lik qilsa, javobgarlikka tortiladi. Toʻgʻri, «otkat»lar bilan
solishtirganda bu pul xamir uchidan patirdek edi. Kimlar-
dir baribir eski hunarini qoʻymadi va ishdan boʻshatildi.
Darvoqe, direktorning ham oyligini oshirdim. Undan
oldin xususiy bozorda eng zoʻr mutaxassislarning mehna-
ti qanchaga baholanishini surishtirdim. Natijada, direk-
torning maoshi 2,5 milliondan deyarli 25 millionga chiqdi.
Oyligi rasman qancha ekanini aniqlaganimda, oʻrta-
mizda noxushroq suhbat boʻlib oʻtdi:
— Milliardlab pul aylanadigan, 650 kishilik jamoa-
ga bosh-qosh rahbar bunaqa arzimagan oylikka ishlashi
uchun yo ahmoq boʻlishi kerak, yoki oʻgʻri. Siz qaysi biri-
siz? — soʻradim kinoya bilan. — Shaxsan men qoʻl ostimda
ikkala toifa ham ishlashini istamayman.
20 / VAZIR KELDI
Rahbarlar istalgan paytda lavozimidan ayrilishi mum-
kinligini tushunishdi. Topshiriqni bajarmasa, ishdan ola-
man. Qattiq va ayovsiz bosim oʻtkazishga toʻgʻri keldi.
Maʼlum vaqtdan keyin direktor qabulimga kelib, «oʻz
xohishiga koʻra» lavozimidan ozod etishimni soʻradi. Yoʻq!
Aniq bir sabab boʻlsa, boʻshataman, oʻz ixtiyori bilan ke-
tish yoʻq!
Tipografiyalardan biridagi sexda ishchilar yertoʻlada
ishlashar ekan. Bino taxminan ellik yildan beri taʼmirlan-
magan. Hamma yoqda namgarchilik, zax bosib yotibdi,
xonalar nimqorongʻi. Binoni epaqaga keltirish uchun bir
hafta muddat berdim. Roppa-rosa bir hafta! Direktor er-
tasidan ishga chiqmay qoʻydi. Hamma ishni tashlab, yoʻqo-
lib qoʻya qoldi.
Nashriyotlarning rahbarlari qaltis vaziyatda edi. Meni
na pora berib, na kimlargadir qoʻngʻiroq qildirib oʻzla-
riga ogʻdira olishdi. Bunday yuqori lavozim egasiga un-
cha-muncha odam haddi sigʻib iltimos bilan chiqa olmay-
di. Shuning uchun yillar davomida nashriyotlar mablagʻi-
ni oʻzlashtirib kelganlar sekingina juftakni rostlashdi.
Yoʻlimizga toʻgʻanoq boʻlayotganlarning ildizini quri-
tish kerak edi. Aks holda, ular ishlashga xalaqit berishlari,
ustimdan yumaloq xatlar yozib, oyogʻimdan chalishga ha-
rakat qilishlari aniq. Lavozimida qolganlarga har qanday
qoidabuzarlik va sabotaj uchun albatta javobgarlikka tor-
21 / VAZIR KELDI
tishimni tushuntirib qoʻydim. Yoshi yoki koʻrsatgan xiz-
matlariga qaramay, hech kimni ayab oʻtirmaymiz, aybdor
jazosini oladi.
Moliyaviy tekshiruv OʻzMAAga qarashli «Oʻzbekis-
ton» nashriyoti zararga ishlayotganini koʻrsatdi. Vaholan-
ki, davlat buyurtmalaridan hisob raqamiga milliardlab
soʻm tushib turardi. Vaziyatni oʻrganib, tashkilot balan-
sida sohaga aloqasi boʻlmagan qandaydir aktivlar, binolar
borligi va ulardan foydalanish uchun juda katta mablagʻ
sarflanishini aniqladik.
Eng koʻpxarj bino «Oʻzbekiston» nashriyoti qoshidagi
yotoqxona ekan. Xodimlar u yerda oʻn yillab, avlod-avlodi
bilan yashaydi. Bino nashriyot balansida. Lekin ular doim
ijara haqi toʻlab kelgan.
Yuristlarga masalani oʻrganib, qonuniy yechimini to-
pish boʻyicha topshiriq berdim. Har bir oila ijara xona-
donini oʻz nomiga rasmiylashtirsin, yotoqxonada emas,
shaxsiy uyida yashasin, dedim. Yechim topildi. Shuncha
yil ijarada turgan ellikta oila boshpanali boʻldi.
Har bir xonadonga birma-bir kirib, bir piyola choy us-
tida mezbonlarni gapga soldim. «Uyni oʻz nomingizga ras-
miylashtirishda muammo tugʻilmadimi? Hech kim hech
narsa tama qilmadimi? Uyli boʻlish uchun kimningdir
choʻntagiga pul solish kerak, degan gaplar boʻlmadimi?»
Hammadan bir xil javob eshitdim: «Yoʻq, unaqasi boʻlmadi».
22 / VAZIR KELDI
Bu bizning gʻalabamiz edi! Uy taqsimoti uchun javob-
garlar, agar ortiqcha gap chiqsa, albatta qulogʻimga yetib
kelishini bilib, bir tiyin ham undirishga harakat qilishma-
gan. Binoni taʼmirlab berishni boʻynimizga olgandik, vaʼda-
mizning ustidan chiqdik. Ishchilar hovlida katta das-
turxon yozib, xudoyi qilishdi. Meniyam taklif etishdi.
Soʻzga chiqib, bu uylar yurtimiz Prezidenti hamda Agent-
lik tomonidan taqdim etilayotgani, hujjatlar qonuniy ras-
miylashtirilgani va mendan keyin ham ishchilardan uyni
hech kim tortib ololmasligini aytdim. Kimdir xursandchi-
ligini ichiga sigʻdirolmay yigʻlagan, kimdir kulgan, ham-
maning koʻzi chaqnab turibdi, xullas, esdan chiqmaydi-
gan kun boʻldi.
Prezident siyosatining asosi ham odamlar turmushini
yaxshilashdir. Men esa komandaning bir aʼzosi sifatida shu
ishga ozgina boʻlsa ham hissam qoʻshilganidan mamnun
edim.
Shuncha yil omonat uyda hayot kechirish, omonat uyda
farzand koʻrib, toʻy-tomoshalar qilish, istalgan paytda koʻ-
chada qolishi mumkinligini oʻylab, qoʻrqib yashash... Ho-
zir oʻz uylarida tinch-xotirjam yashayotgan oʻsha odamlar
duolarida meni ham eslab qoʻyishadi, degan umiddaman.
Yana balansimizda respublikadagi yagona matbaa-no-
shirlik kasb-hunar kolleji ham boʻlib, yopilish arafasida
turgan ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |