31 / PARPIУEVNING JIYANI
32 / PARPIУEVNING JIYANI
— Vaalaykum. Yaxshimisiz? — u shunday deb, oʻtirish-
ga ishora qildi.
Nimaga kelganim ham esimdan chiqib ketdi. Oʻzimni
yoʻqotib qoʻydim. Kimsan vazir men — oddiy bir talaba
bilan soʻrashish uchun oʻrnidan turdi-ya! Bu odamni oʻsha
kundan hurmat qila boshladim. Haligacha koʻnglimda ana
shu minnatdorlik hissi bor.
Botir Rahmatovich materialni koʻrib, juda mamnun
boʻldi. Ishim unga yoqdi.
— Yashang! Endi qogʻoz-qalam olib, yozing. Mana bu
joyida galstuk sal qiyshayib qopti, bunisida furajkani
toʻgʻrilash kerak. Manavi yerga bunaqa kirib borilmaydi,
bu tomondan emas, narigi tarafdan…
Vazirning gaplarini yoza turib, kayfiyatim tusha bosh-
ladi. Video gazeta uchun yozilgan reportajmas-ku, besh
daqiqada oʻzgartirib tashlasam. Qiyshaygan boʻyinbogʻ-
ni toʻgʻrilash uchun oʻsha lavhani boshqatdan tasvirga
olish kerak. U paytlari MTRKda hech kim oʻzicha kame-
ra ololmas, texnika jurnalistlarga jadval boʻyicha, navba-
ti bilan berilardi. Olasan, qoʻl qoʻyasan, joyiga borib, tas-
virga tushirib kelasan, xullas, oʻziga yarasha tartib-qoidasi
bor. Keyin hamma materialni montajda yigʻib, render qi-
lish kerak.
— Yozib oldingmi? Senga ertagacha muhlat.
33 / PARPIУEVNING JIYANI
Qanday ulgurganimni bilmayman-u, lekin epladim.
Kechasi bilan uxlamadim. Ertalab tayyor qilib bordim.
— Barakalla! Faqat kecha manavi joyi esdan chiqib-
di-da, shuniyam qoʻshib qoʻy, kechqurun koʻrsatasan.
Vaqt kechagidan ham kam. Oʻshanda hayotimda birin-
chi marta umuman iloji boʻlmagan ishni qilib, kechgacha
topshiriqni bajardim.
— Ana endi hammasi joyida, — dedi vazir. — Efirga
beraver!
Kulib yuboray dedim.
— Botir Rahmatovich, men televideniyeda kichkina
odamman. MTRK raisi u yoqda tursin, muharrir ham
gaplashib oʻtirmaydi men bilan. Uni hatto koʻrmayman
ham. Lavha efirda ketishi uchun uning imzosi kerak.
— Yoʻgʻ-e? — astoydil hayron boʻldi vazir. — Mayli, shu-
yam muammomi?..
U telefonda Koʻchimovning10 raqamini terdi..
— Abdusaid aka, bizni qoʻllab turganingiz uchun rah-
mat, yigitlaringiz zoʻr ekan, juda yaxshi koʻrsatuv tayyor-
lashibdi…
34 / PARPIУEVNING JIYANI
Ishxonada Furqat Zokirov meni qilich yalangʻochlab
kutib turgan ekan. Bu safar u butun Toshkentni boshi-
ga koʻtarib baqirdi. Men uni bir tiyinga olmay, ruxsatsiz,
navbatsiz kamera olib chiqib ketibman. «Tirrancha, dum-
bul, ahmoq, eshshak... Menga yuqoridan bosim oʻtkaza-
man, deb oʻylama!»
Oʻsha kundan boshlab ikki oʻt orasida qoldim. FVV-
dagilar aytsa, lavha tayyorlab beraman, keyin direktor
menga zahrini sochadi: har safar vazirlikdan qoʻngʻiroq
qildirib, texnika jadvalini buzarmishman.
Ish koʻp, MTRKdan yarim kechasi qaytardim. «Navo-
iy» metro bekatidan oxirgi poyezd tungi 12:03 da joʻnar,
nima qilib boʻlsayam, ulgurishim kerak edi. Bunaqa payt-
da metroda deyarli odam boʻlmaydi, faqat farrosh xola
kattakon shvabrasini perronning u boshidan bu boshi-
ga sudrab yuradi, yana ikki militsioner mudrab oʻtiradi.
Bekat boʻm-boʻsh, nimqorongʻi, ovozlar aks-sado beradi,
oʻziga xos hidi bor… Metroning hidini shunaqa yaxshi koʻ-
rardim-ki... Bu uyga qaytish hidi edi. Tonneldan keladi-
gan shamol va yaqinlashayotgan poyezd chiroqlarini ayt-
maysizmi! U meni yana bir ogʻir ish kunidan ozod qilib,
erkinlikka olib chiqadigandek tuyulardi. Hammasidan
koʻra shu yoqimli edi.
Mening bekatim — eng oxirgisi. Shuning uchun baʼzan
yoʻlda uxlab qolsam ham, kerakli bekatdan oʻtib ketmas-
dim. «Beruniy11 — oxirgi bekat. Vagondan chiqayotganda
35 / PARPIУEVNING JIYANI
buyumlaringizni unutmang». Shu soʻzlarni eshitib, uygʻo-
nib ketardim.
Beruniyda soat tungi oʻn ikkidan keyin jamoat
transporti qatnamas, Qoraqamishga12 yetib olish uchun
taksichilar turgan «pitak»ka kelardim. Oxirgi manzil —
Tansiqboyev koʻchasi, toʻrt yoʻlovchi yigʻilmaguncha, ma-
shina yurmaydi. Men oldingi oʻrindiqqa joylashib, sovuq
kunlari pechkani yoqishni soʻrardim va ryukzagimni qu-
choqlagancha boshqalarni kutib, uxlab qolardim. Taksi
birpasda toʻlardi.
Koʻpincha oxirida men qolardim. Haydovchilar har
safar: «Tansiqboyevgacha deganding-ku, tush endi!» deb
men bilan tortishar, men esa yana ikki yuz metr yurishim
kerak edi. Qattiq charchaganimdan «Sal nariroqqa tash-
lab qoʻying, aka» — deb yalinardim.
Uxlashdan ham koʻra tezroq ovqatlansam, derdim. Oʻn
ikki yoʻlakli uyimiz uzoqdan koʻzimga kattakon boʻlka
non boʻlib koʻrinardi. Xayolan ustiga ikki parrak Yusupov
pamildoridan qoʻyib, tuz separdim.
Ishdan ertaroq chiqsam, trolleybusda ketib, keyin yana
ikki bekat piyoda yurardim. Maktabning yonidan shosh-
masdan oʻtardim, lekin panjara tugab, qabriston devo-
ri boshlanganda yugurishga tushardim — atrof vahimali,
qop-qorongʻi, salgina shitirlagan tovushdan yuragim yori-
lay deydi. Yugurganim yaxshi.
36 / PARPIУEVNING JIYANI
Oyim qornimni toʻydirish uchun ishdan kelishimni
albatta poylab oʻtirardilar. Ikki xonali uyda olti kishi —
adam, oyim, buvim, ikki singlim va men yashardik.
Biz — bolalar buvim bilan bitta xonada, yerga
koʻrpacha toʻshab uxlar edik. Buvim menga duo qilishni
oʻrgatganlar. Har kuni uxlashdan oldin qiladigan duola-
ri xotiramga qattiq oʻrnashib qolgan. Maʼnosini tushun-
masdim-u, baribir qandaydir xotirjam boʻlib qolardim.
Keyin esa oʻz bilganimcha, derazaga, yulduzlarga qarab
duo qilardim. Xudo eng yorugʻ yulduz tomonda, u meni
aniq koʻrib turibdi, menga yordam beryapti, yaqin-
da boy, mashhur va baxtli boʻlib ketaman, deb qattiq
ishonardim...
Lekin hozircha har kuni ertalab MTRK eshigida sargʻa-
yib, kimdir meni oʻzi bilan olib kirib ketishini poylardim.
Menga hatto ichkariga kirish uchun ruxsatnoma ham be-
rilmagan, shuning uchun doim kimningdir etagiga osilib
olardim. Sabrim chidamay, ichkariga qoʻngʻiroq qilsam,
«Davr»ning masʼul kotibi Dilshod aka menga bobillab be-
rardi: «Qoʻngʻiroq qilaverma! Hammaning joniga tegib
ketding! Oʻshatta kutib oʻtir!» Mayli, umri uzoq boʻlsin.
Lekin shu gaplarni oʻqisin, bir paytlar meni hatto rux-
satnomagayam loyiq koʻrmagan edi. Haligacha alam qi-
ladi. Undanam yomoni, maosh beriladigan kuni «Davr»-
ning hamma xodimlari yetmish ming, yuz ming soʻm-
lab olib, choʻntagini toʻldirib ketishar, menga esa bir ya-
rim-ikki ming soʻm tegardi. Direktorimiz, agar iloji boʻl-
37 / PARPIУEVNING JIYANI
ganida, telestudiyaning tabarruk polini oyoqosti qilganim
uchun yonimdan toʻlattirarmidi, deb oʻylab qolaman.
Keyin meni FVV matbuot xizmatiga ishga chaqirish-
di. Bu hayotimdagi birinchi haqiqiy omad edi. FVV bino-
si shaharning qoq markazida, hozirgi Senatning oʻrnida
joylashgandi. Bu vazirlikka kirish ham xuddi MTRK bi-
nosiga kirishdek qiyin boʻlgan. Ochigʻi, men «Davr»dan
hecham ikkilanmay, jon deb ketdim. FVVdan guvohno-
ma, forma berishdi, bosh mutaxassis lavozimiga tayinlash-
di. Qanchalik omadim kelganini xayolga ham keltirish
qiyin — men oʻsha paytda oʻzboshimchalik bilan «zachyot-
ka»ga baho qoʻyganim uchun institutdan haydalgandim.
Do'stlaringiz bilan baham: |