24 / VAZIR KELDI
Qabulimga direktori keldi.
— Binoni boʻshatib
berishimiz kerak, — dedi.
— Xoʻp, yaxshi. Matbaachilarni
qaуerda tayyorlaymiz
unda?
— Kollejning oʻzi boʻlmaydi! — xoʻmrayib javob berdi
direktor.
— Mamlakatda 1600ta matbaa korxonasi ishlab turibdi-
yu, matbaachi tayyorlaydigan birorta oʻquv dargohi
boʻlmaydimi?! Bunaqasi ketmaydi!
Kollejni saqlab qoldik. Vazirlar Mahkamasining bu bo-
radagi Qaroriga oʻzgartirish kiritilishiga erishdik. Kollej-
ning yopilishiga yoʻl qoʻyib boʻlmasdi. Chunki kitob, dars-
lik, oʻquv qoʻllanmalari, koʻrgazmali
tashviqot vositalari
oʻrnini hech nima bosa olmaydi — internet ham, boshqa-
siyam.
Endi oldimizda turgan eng muhim masala SOʻZ ER-
KINLIGI edi. Biz Vazirlar Mahkamasiga boʻysunamiz.
VM esa vazirlik va idoralar degani. Tanqid asosan shular-
ga qaratilgan boʻlsa, qanday qilib soʻz erkinligiga erishish
mumkin? Demak, Agentlik vazirliklar bilan teng maqom-
da boʻla olmaydi.
Prezidentga bildirish xati kiritdik.
Agentlik bevosi-
ta Prezident Administratsiyasiga boʻysunsagina
OAVni
himoya qilishi mumkin. Masalani shu nuqtaуi nazardan
asosladik. Bizga qoʻngʻiroq qilib, ogʻzimizni yopadiganlar
25 / VAZIR KELDI
boʻlmasligi kerak. Rahbariyat bu taklifni qoʻllab-quvvat-
ladi.
Agentlik xodimlari maoshini bir necha barobar oshir-
dik. Arzimagan pul toʻlab, odamlardan vijdonan ishlash-
ni talab qilib boʻlmaydi. Oyliklar qay darajada oʻzgargani-
ni tasavvur qilishingiz uchun misol keltiraman: bir yarim
million oladiganlarning maoshi oʻn sakkiz millionga chiq-
di. Sohani yaxshi biladigan mutaxassis oʻz qadrini ham bi-
ladi, halol ishlaydigan boʻlsa, oʻsha arzimas pulga koʻnmay-
di.
«Botir Parpiуevning jiyani» boʻlmaganimda, bu ishlar-
ni
eplay olmasdim, albatta. Men
shafqatsiz soliq idorasi
maktabida juda samarali saboq olganman.
27 / PARPIУEVNING JIYANI
Sanʼat institutining birinchi kursida oʻqiyotganimda
qarindoshimiz Baxtiyor aka hozirgi MTRKning7 oʻt oʻchi-
rish xizmatida ishlaydigan ogʻaynisi
Abdusattor aka bi-
lan kelishib, meni televideniуega amaliyotga joylab qoʻydi.
Ota-onam «Darsdan keyin laqillab yurmasin, ishlasin, pul
topmasayam, tajriba orttirsin», — derdi. Oʻzim ham tele-
rejissorlik kasbiga qiziqib, haqiqiy televideniуechi boʻlish-
ga tayyor edim.
MTRKga kirish oson emas, bu nihoyatda yopiq tash-
kilot. Biror lavozimni egallash u yoqda tursin, eng oddiy
ishga joylashish uchun ham tanish-bilish kerak edi. Abdu-
sattor akaga rahmat, oddiy bir talabani praktikaga olish-
ga «Davr»8 dasturi tahririyatini koʻndirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: