54 / PARPIУEVNING JIYANI
Keyin DSQ va umuman davlat xizmatidan ketish nav-
bati menga yetdi. Men bu qarorga kalta oʻylab yoki toʻsat-
dan kelmadim. Boshqa ilojim qolmagandi.
Botir Rahmatovich rahbarlik qilgan hamma idoralarda
haftalik majlislarning kun tartibini oʻzi tuzardi. Bu odat-
dagidek kimdir zerikarli hisobot beradigan, hamma «qa-
chon tugarkin shu», — deb tezroq uyga ketgisi keladigan
majlislar emasdi. Har safar katta sinovdan oʻtgandek boʻ-
lardik. Rais yordamchilari boʻlimlar
uchun alohida sa-
vollar tayyorlab qoʻyishardi. Bu boʻlim rahbarlarini boshi
berk koʻchaga kiritib qoʻyadigan savollar edi. Parpiyevga
majlisda koʻtariladigan masalalar boʻyicha oldindan maʼ-
lumot toʻplab berilar, minbarga chiqqan xodim koʻpincha
qaltis ahvolga tushar edi. Boʻlim boshliqlari kaltak tagida
qolmaslik uchun zoʻr yoʻlni oʻylab topishdi. Dilshod Toʻra-
xonovdan «Bizning xizmatni kun tartibiga qoʻymang», —
deb iltimos qiladigan boʻlishdi. Bilmadim,
balki quruq
iltimos bilan ish bitmagandir. Xullas, koʻpincha hamma
qolib, minbarga bitta men chiqadigan boʻldim.
General
meni ayab oʻtirmas edi. Kotibiyat boshligʻi Dilshod Toʻ-
raxonov meni oʻlguday yomon koʻrib qolgan, har safar
oyogʻimdan chalishga harakat qilardi.
Oxiri bu ahvol jonimga tegdi. Nima, Soliq qoʻmitasida
mendan boshqa masala qurib qolganmi? Men jadval tuzib,
unga hamma boʻlimlarni,
hatto kanselya-riyani ham
kiritdim. Roʻyxatga qoʻshilmagan faqat qorovul qoldi. Bu
hujjatni Parpiyevga olib kirib, oxirgi paytlari majlislar bir
qolipda oʻtayotganini aytdim. «Hamma nav-bati bilan
hisobot bersin, har bir boʻlim oʻzining ishini matbuotda
yoritsin», — dedim. U rozi boʻlib, jadvalni imzoladi.
Endi meni minbarga chiqarishsa, topshiriqlarni kimlar
bajarmayotganini shartta aytadigan boʻldim.
Muhtaram
hamkasblarim ogʻzimni yopish uchun meni ham «Toʻraxo-
novning roʻyxati»ga kiritib qoʻyishibdi. Oʻrtaga pul tash-
lashgan boʻlishsa kerak.
Qisqasi, qilgan ishim uchun taʼzirimni yedim, meni ke-
chirishmadi. Ustimdan nimalardir toʻqib, tuhmat qilishdi.
Shunchalik bemaʼni bahona oʻylab topishdiki, hozir aniq
nima gap boʻlganini eslolmayman ham. Toʻqqiz yil degan-
da Parpiyev majlisda birinchi
marta hammaning oldida
rosmana poʻstagimni qoqdi. Men esa oʻzimni oqlay olma-
dim. Hammasini miq etmay eshitib turdim. Endi bu yerda
ishlolmasligim aniq edi.
Chiroyli ketmoqchi boʻldim. Oradan toʻqqiz yil oʻtgan
boʻlsa ham, bu inson salomimga «vaaleykum» deb alik ol-
ganini, menga bir yugurdak emas,
odam deb muomala
qilganini esimdan chiqarmagandim. Uning oʻgʻli, doʻstim
Boburning oldiga kelib, gaplashib olmoqchi ekanimni bil-
dirdim.
— Mayli, kelsin, — debdi Botir Rahmatovich.
Do'stlaringiz bilan baham: