Dan, Internet va korporativ tarmoqlarga joylash orqali tijorat maqsadida foyda



Download 24,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/58
Sana06.07.2022
Hajmi24,24 Mb.
#750789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
Komil Allamjonov - Allamjonov Aybdor

2001-
yil
Parpiуevning
jiyani
— ◆ II ◆ —


 Ishga ketayotganimda onam qattiq tayinladilar:
— Komiljon, jon bolam, hech kim bilan urishib-talashib 
yurma, iltimos, birovga gap qaytarma, «xoʻp-xoʻp» degin, 
nima ish buyurishsa, darrov aytganlarini qilgin, hammaga 
foydang tegsin, hammaga yordam bergin, oʻgʻlim…
Xuddi shunday qildim. «Rejissor yordamchisi assisten-
tining yordamchisi» degan sharafli lavozimda hammaga 
foydali boʻlay, dedim.
— Hoy, bola, somsaga chiqib ke! 
— Xoʻp.
— Oʻv, kassetalarni olib chiq.
— Xoʻp.
— Taym-kodini yozib ber. 
— Xoʻp boʻladi...
Sekin-sekin ish oʻrgandim, bilim, tajriba orttirdim.
Oʻsha paytda «Davr»ga Furqat Zokirov rahbarlik qilar-
di. Men uning uchun keraksiz bir matohdek edim. Shun-
cha ishlab, menga na bir ogʻiz yaxshi gapirgani, na maqta-
ganini eslayman. Faqat tanbehini, «Ishdan haydayman!» 
degan poʻpisasini eshitganman. U meni qanchalik yoqtir-
masa, men ham oʻsha paytda uni shunchalik yomon koʻrar-
dim. Hammaning oldida meni haqorat qilishi yoki arzi-
magan xatoyim uchun studiyadan haydab solishi mumkin 
28 / PARPIУEVNING JIYANI


edi. Hech qachon salomimga alik olmasdi, xuddi bu bilan 
biror joyi kamayib qoladigandek. Eslasam, haliyam tu- 
shunmayman, nahotki bir ogʻiz soʻrashish shunchalik 
malol kelgan boʻlsa?! 
«Davr tongi»ga Sevara Nazarxon sevishganlar kunida 
konsert bergani haqida kichkina lavha tayyorlab, rosma-
na baloga qoldim.
— Qanaqa sevishganlar? — chinqirdi u. — Jinnimisan? 
Sevishganlaring nimasi?! Menga nimani tiqishtiryapsan?
Baqir-chaqiri butun MTRKga eshitildi. Shundan keyin 
iloji boricha uning koʻziga koʻrinmaslikka harakat qil-
dim. Hech kim tahririyatning qoidalari, siyosatini, umu-
man, televideniуening yozilmagan qonunlarini oʻrgatmas-
di. Lekin ishni xuddi tajribali odamdan soʻragandek talab 
qilishardi. Alam qiladigani shu edi. Ishimni qoyil qilib 
bajarishga harakat qilganim sari soʻkish eshitardim. Men
oʻzimga boshqacha bir munosabat talab qilmayman. Lekin 
doʻq-poʻpisa, haqoratni umuman koʻtara olmayman. Gap 
eshitmaslik uchun hamma ishni astoydil, oʻz vaqtida ba-
jaraman.
Hozirgacha nima ish qilsam, xuddi tepamda Furqat
Zokirov aftini burishtirib, «Tahririyatdan haydayman!» 
deb oʻdagʻaylayotgandek tuyulaveradi. Hamma loyihala-
rim pishiq-puxta chiqishi shundan boʻlsa kerak. 
29 / PARPIУEVNING JIYANI


Furqat Zokirov meni haydab yuborgan «Davr» studiyasining mon-
taj koʻrikxonasi hamda «Davr tongi» dasturi ijodiy guruhi.
Lavhalarni hammadan yashirincha, eng asosiysi, direk-
torga koʻrsatmasdan tayyorlashga toʻgʻri kelardi. Kamera-
ni yalinib olib, kechalari montaj qilardim. Shundayam te-
levideniуeda bemalol koʻrsatsa boʻladigan yaxshi material 
chiqardi. Masalan, «Qutqaruv-050» xizmatiga bagʻishlan-
gan qisqagina lavhamdan hatto Furqat Zokirov ham kam-
chilik topolmay, efirga qoʻygan. 
Keyin FVV9 haqida koʻrsatuv tayyorladim. Binoyidek 
material boʻldi, shunchalik oʻzimga yoqqanidan FVV ofi-
siga borib, oʻzlariga koʻrsatishga qaror qildim.
Peshona deb shuni aytsalar kerak: men «qaydasan FVV» 
deb yoʻlga chiqqanimda matbuot xizmati boshligʻi kapi- 
30 / PARPIУEVNING JIYANI


tan Begmatov yangi tayinlangan vazir Botir Parpiуevning 
qabulida oʻtirib, dakki eshitayotgan boʻlgan. Axborot xiz-
mati ishlamayapti, vazifasini bajarmaydi, yangiliklar eʼlon 
qilmaydi, televizorda koʻrinmaydi... Kapitan Begmatov 
peshonasidan duv-duv oqayotgan terni roʻmolchasi bilan 
artgancha, boshi qotib oʻtiravergan. Vazir haq edi. 
Qabulxonadan chiqqan Begmatovga FVV binosida ax-
borot xizmatini qidirib yurgan yosh yigitcha, yaʼni men 
roʻpara kelib qoldim. Kapitan rosa xursand boʻlib ketdi. 
— Menga xuddi shu kerak edi! — dedi u, tayyorlagan 
koʻrsatuvimni koʻrib. Keyin ust-boshimga gʻalatiroq qara-
di-da (kalta ishton — shortikda edim): «Ertaga tuzukroq 
kiyinib kel. Shim, koʻylak... Ministrning oldiga kira- 
miz», — dedi. 
Ertalab FVV eshigiga yetib kelganimda ish kuni bosh-
lanishiga hali oʻn besh daqiqa bor edi. Vazirning xonasiga 
kirdim. Forma kiygan Botir Rahmatovich kattakon stol 
ortida nimadir oʻqib oʻtirardi. Oʻziyam qoyadek salobatli. 
Menga bir qarab qoʻydi. 
— Assalomu alaykum… — ikkilanib, sekingina stol 
tomon yurdim. Shu payt kutilmagan voqea boʻldi. Men 
Furqat akaning salomimga alik olmasligiga oʻrganib qol-
gan ekanman. Vazir oʻrnidan turdi. Stolni aylanib oʻtib, 
menga qoʻlini uzatdi.

Download 24,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish