Dan, Internet va korporativ tarmoqlarga joylash orqali tijorat maqsadida foyda



Download 24,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/58
Sana06.07.2022
Hajmi24,24 Mb.
#750789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
Komil Allamjonov - Allamjonov Aybdor

MTRK apparat studiyasida 
«Soliq xizmati» koʻrsatuvini 
yozib olish jarayoni.
Men oʻqimoqchi boʻlgan OʻzMU jurnalistika fakulteti-
ga kirish qiyin, konkurs katta edi. Kirishimga koʻzim yet-


38 / PARPIУEVNING JIYANI
madi, tinchgina Sanʼat institutining rejissorlik fakulte-
tiga hujjat topshira qoldim. Rejam oddiy edi — bir yil 
oʻqib, keyin jurfakka «perevod» qilaman. Oʻqishga ki- 
rishdan koʻra koʻchirish osonroq. Rektorning menga mu-
nosabati juda yaxshi edi, ammo ikkita fandan kuzga qol-
dim. Bittasini-ku, kursdoshim Dilmurod bilan amalla- 
dik — baho qoʻyib berishga domlani koʻndirdik. Buyam 
lekin oson boʻlmadi, chunki xuddi shu odam meni deb 
dekan oʻrinbosari lavozimidan olib tashlangan va oddiy 
oʻqituvchi qilib qoʻyilgan edi. Men uning ichib yurishini 
rektorga chaqib berganman. Shunda ham domla menga 
yordam berdi. Sahna nutqi fanini esa «yopolmay» qol-
dim. Oʻqituvchi opaxon dam olishga ketibdi. Shu fandan 
baho olmasam, oʻqishni koʻchirib boʻlmas ekan. 
Somsaxonada oʻrtogʻim bilan «zachyotka»larimiz-
ga birpas qarab oʻtirdik. Men somsadan bir tishlab, 
daftarchaga «uch» bahoni oʻxshatib chizdim. Somsa-
ga qoʻshib insofniyam yevorganim yoʻq, «besh» emas, 
«uch» qoʻydim, xolos. Keyin oʻrtogʻimga ham boplab 
chizib berdim. Oʻzimizcha, bu ayolning ham bolala-
ri bordir, bizni toʻgʻri tushunsa kerak, taqdirimiz hal 
boʻlyapti-ku, kelganida hammasini ochiq aytib bera-
miz, u bizni kechiradi, debmiz. Hujjatlarni topshirdik. 
Buyogʻiga buyruqni kutish qoldi.
Ikkinchi sentabr kuni opaning oldiga bordik. Gap- 
ni uzoqdan boshladim: oilada yolgʻiz oʻgʻilligim, ota- 
onam meni odam boʻlsin deb, ToshDUga13 kirishimni 
bir umr orzu qilgani...


39 / PARPIУEVNING JIYANI
— Nima demoqchisan? — soʻradi Xatira opa.
— Biz oʻqishni koʻchirmoqchi edik. Siz dam olishga 
ketgan ekansiz. Shunga, nomingizdan oʻzimizga «uch» 
baho qoʻyib... Uzr endi, opa... 
Toʻgʻrisini aytsam, Xatira opaning bunchalik jahli 
chiqishini kutmagandim. Xuddi men «zachyotka»ga 
baho emas, vasiyatnomasiga qalbaki imzo qoʻygandek, 
birdaniga portlab ketdi.
— Bu nimasi, Komiljon? Axir bu jinoyat-ku! Noqo-
nuniy ish qilgansiz!
Xatira opa gapirgani sayin nima ish qilib qoʻyganim-
ni, qalbaki «uch» arzimagan narsa emasligini tushu-
nib yeta boshladim. U bizni rektorning yoniga sudrab 
bordi: «Agar bu ikkovini hoziroq institutdan hayda-
masangiz, men ketaman!» — deb shart qoʻydi. Qattiq 
turib oldi. Chunki talabaning, ustiga ustak kelajakda 
mafkurani belgilaydigan talabalarning yolgʻonini ke- 
chirib boʻlmaydi. Shuncha yalinsak ham, opa koʻnma-
di. Ikki oyogʻini bir etikka tiqvoldi. Pul ham, tanish-bi-
lish ham yordam bermadi. 
Onamni chaqirtirib, shartta: «Oʻgʻlingiz institutdan 
haydaldi», — deb eʼlon qilishdi. Oʻsha yerning oʻzida 
hushlaridan ketib qolmasinlar ishqilib, deb qoʻrqib 
turdim. 


 Mana endi chalamulla talabani vazirlikka ishga olish-
yapti. Xatira opadan koʻpam xafa boʻlmadim. Bu voqea-
dan katta saboq oldim, qaysidir maʼnoda oʻsishimga ham 
shu sabab boʻldi. Eng asosiysi, yolgʻon ertami-kechmi fosh 
boʻlishini vaqtida tushunib yetdim. Yolgʻonni ichingda 
saqlab, qachondir oshkor boʻlishidan qoʻrqib yashagandan 
koʻra, qilmishingga yarasha oʻsha zahoti jazo olgan yax- 
shiroq ekan. Boshida FVV formasida, guvohnomamni 
koʻtarib Xatira opaning oldiga bormoqchi boʻlib yurdim. 
«Mana, kim boʻlganimni bir koʻrib qoʻying...», — degim 
kelardi. Vaqt oʻtib, mening kelajagimga aynan Xatira opa 
turtki berganini tan oldim. U ustozning oldiga anchadan 
keyin bordim. Nimalarga erishganimni gapirib berdim. 
Lekin suhbatimiz umuman boshqa ohangda boʻldi. 

Download 24,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish