Dan, Internet va korporativ tarmoqlarga joylash orqali tijorat maqsadida foyda



Download 24,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/58
Sana06.07.2022
Hajmi24,24 Mb.
#750789
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   58
Bog'liq
Komil Allamjonov - Allamjonov Aybdor

126 / AYBDOR 

ALLAMJONOV
2007-
yil
Karyera haqida gapirmasa ham boʻladi! 
23 yoshimda yigirma kun ichida bir oʻzim, birorta 
yordamchisiz, noldan «Soliqlar tarixi muzeyi»ni och-
dim. Oʻzbekiston tashkil qilingan paytdan boshlab so-
liq-fiskal idoralarining koʻp yillik tarixiga aloqador 
hamma eksponatlarni, hujjatlarni toʻpladim. Uxlamay, 
yemay-ichmay, yolgʻiz oʻzim hammasini puxta qilib, 
qisqa muddatda tayyorlashga harakat qildim. Muzey-
ning ochilishiga yuqori mansabli amaldorlar, katta-
konlar keldi, ancha tomosha qilishdi, hammaga yoqdi.
Oʻzimizning DSQ rahbariyatidan ayrimlar esa tir-
noq ostidan kir qidirib, mayda-chuyda kamchilik 
topib, tanqid qila boshlashdi: «U yerini toʻgʻrilab qoʻy, 
bu yerini tuzatib ol...» Toʻgʻrilaydigan tayinli narsa-
ning oʻzi yoʻq edi-yu, gapni koʻpaytirmadim: «Xoʻp, tu-
zatib qoʻyaman». Lekin bitta gapni beshinchi marta 
qaytarishganidan keyin: «Toʻgʻrilab qoʻyaman dedim- 
ku!» — deb keskinroq javob berdim.
Bularga tegib ketganini koʻrsangiz... Xuddi men yu-
ziga tarsaki tortib yuborgandek. Qarabsizki, MXX ku-
ratorlari Soliq qoʻmitasi raisidan ruxsat olib, men bilan 
«tarbiyaviy suhbat» oʻtkazishdi, alohida xonaga opkir-
volib, doʻq-poʻpisa qilib, ancha poʻstagimni qoqishdi. 
Oʻshanda generalning oldiga kirib: «Men nima 
yomon ish qildim? Nega menga bunday muomala qi- 


127 / AYBDOR 

ALLAMJONOV
... Prezident Administratsiyasi rahbari shaxsan oʻzi qoʻn- 
gʻiroq qilgandi. «Tabriklaymiz, siz Prezidentning mat- 
buot kotibi boʻldingiz!» 
Fantastikaning oʻzi-ya?! Oʻzbekistonda katta lavozim-
ga odatda aynan shunday 

kutilmaganda tayinlashadi. 
Amaldan ketishing esa oʻzingga bogʻliq emas 

 faqat ishdan 
olishsa, lavozimingni tushirishsa yoki koʻtarishsagina keti- 
shing mumkin. Yo vafot etsang, yoki qamalsang, tavba qil-
dim, Xudo saqlasin!
Shubhasiz, bu men uchun katta sharaf edi, lekin atrof-
dagilar uchun bu lavozimga tayinlanishim kutilmagan 
voqea boʻldi. Chunki hamma meni biznesmen deb bilar, 
sakkiz yil davomida uchta jiddiy tashkilotning matbuot 
xizmatida ishlaganim hech kimning esida yoʻq edi. 
lishadi? Shu tizim uchun bir oʻzim butun boshli muzey 
tashkil qildim, bir dunyo arxivlarni titib chiqdim, chi-
royli qilib taqdimotini oʻtkazdim. Bular boʻlsa rah-
mat aytish oʻrniga boshimni qotirishyapti», — dedim. 
Qoʻrqadigan joyim yoʻqligini, hammasi hiqildogʻimga 
kelganini aytdim. Toʻgʻrisiyam-da, yoʻq joydan hayo-
timni barbod qilish kimga kerak oʻzi?
Shunda Rais ularga meni tinch qoʻyish haqida ko-
manda berdi. Bor-yoʻq karyeram shu — «ishqilib meni 
tinch qoʻyishsa boʻldi».


 Tayinlangan kunimning ertasiga, 2017-yilning 2-de-
kabrida Sergey Yejkovning saytida «Qancha torta olar-
kin?» sarlavhasi ostida zaharxandali maqola chiqdi. Men 
kuzgacha ishladim. Vazifamni vijdonan bajardim deb oʻy-
layman. Muhimi, Prezident tomonidan aytilgan — inson 
qadr-qimmati haqidagi, protokoldan tushib qoladigan, 
lekin jonli, samimiy va odamlar koʻngliga yaqin gaplarni 
xalqqa yetkazdik.
Men juda sadoqatli odamman. Menga xolis munosa-
batda boʻlganlarning yonida oxirigacha turib beraman. 
Xolis — yaxshi degan maʼnoda emas. Qanday munosabat-
ga loyiq boʻlsam, shunday degani. Harakatim, professio-
nal salohiyatim, qobiliyatimga beriladigan baho haqida 
gapiryapman. Oʻzim ham har doim atrofimdagi maqtov-
ga loyiq insonlarni eʼtirof qilishga, ruhini koʻtarishga ha-
rakat qilaman. Hurmat va ishonch senga shunaqa qanot 
beradi-ki, togʻni talqon qilishga tayyor boʻlasan. Buni
oʻzimning boshimdan koʻp oʻtkazganman. Aksincha, salo-
mingga hatto alik olinmasligi seni yer bilan yakson qilib 
yuborishi mumkin.
Toʻgʻri, kimdir oʻzini yuzaga chiqarish va shaxsiy man-
faati yoʻlida uzoq vaqt fitnalar uyushtirishi, birovlarga 
choh qazishi mumkin. Lekin bir umr emas. Buni qaytar 
dunyo deydilar. Abdullayev oʻz ildiziga bolta urib, idora-
sidagi jiddiy tekshiruvlarga oʻzi sababchi boʻldi. Oxir-oqi-
batda juda ogʻir moddalar bilan uzoq muddatga qamaldi. 
128 / AYBDOR 

ALLAMJONOV


DXXga yangi rais - Abdusalom Azizov tayinlangach,
Fa-
cebook yana ochildi. AOKA yengil nafas ola boshladi. 
«Adolat!» — AOKAning yangi shiori shu boʻldi. 
Yaqin-yaqingacha jurnalistlarning haq-huquqlari qogʻoz-
dagi quruq gap edi. «Jurnalistning faoliyatiga toʻsqin-
lik qilish haqida» modda borligi hech kimning esiga ham 
kelmasdi. Lekin tuhmat haqidagi moddani hamma bilar, 
salga shuni roʻkach qiladigan boʻlishdi. Biz vaziyatni oʻz-
gartira boshladik. 
Jurnalist va blogerlar oʻz-oʻzini cheklash — ichki senzu-
radan, qoʻrquv va ahvol doim shundayligicha qoladi, degan 
fikrdan zoʻrgʻa qutulishdi. Hali yangi sharoitda yashash-
ga moslashmay turib, xatolarga ham yoʻl qoʻyishdi. Ammo 
biz tanqidga qarshi kurashning konstitusiyaga zid usullari 
va tahdidni eskilik sarqiti sifatida yoʻq qilamiz, degan fikr- 
da qatʼiy turdik.
Maqoladan norozimisan? Marhamat, sudga ber. 
Islom Karimov davrida OAVga taalluqli zaruriy qonun-
lar ishlab chiqilgan, ammo jurnalistlarning har bir qada-
mi qattiq nazorat ostida edi. Oʻzbekistonda jurnalistlar 
hech qachon Yevropa yoki Amerikadagi kabi erkin ijod 
qilmagan. Sudyalar oʻzlari hukm chiqarayotgan masalalar-
ni yaxshi oʻrganmaganligi, tushunmasligi vaziyatni yana 
ham chigallashtirar edi. OAV nima, blog, Facebookdagi 
129 / AYBDOR 

ALLAMJONOV


akkaunt, Telegram-kanal nima? Maqola tagida qoldiril-
gan izohlar uchun kim javob beradi? 
Jurnalistlar uchun eng ogʻir jazo ozodlikdan mahrum 
qilish nazarda tutilgan «Tuhmat» va «Haqorat» modda-
lari edi. 
Har qanday xabarni tuhmatga chiqarish mumkin. Shu-
ning uchun biz: «Ehtiyot boʻling, shunday yozingki, aniq 
fakt emas, shaxsiy mulohazangiz qilib koʻrsating, hamma 
hujjatlarni, shikoyatlarni tekshiring, isbot toping, yuri-
dik tomondan sizga eʼtiroz bildirib boʻlmaydigan qilib yo-
zing» — deb bloger va jurnalistlarni doim ogohlantirar-
dik. 
Albatta, jurnalistlar qonunni buzsa, tilimiz qisiq boʻlib 
qolardi. Haqorat yoki mish-mishni aniq maʼlumot sifatida 
tarqatishsa, nima ham qila olamiz? Bunday harakat uchun 
maʼmuriy javobgarlik bor edi, agar holat takrorlansa, jino-
iy ish ochilardi.
Toʻgʻri, hech qaysi OAV bir kun baribir fosh boʻladi-
gan yolgʻonni qasddan tarqatmaydi. Bunaqa ish uslubi 
faqat «Ozodlik»ka xos. Jurnalistlar ham xato qiladi, baʼ-
zan oʻzlariyam aldanib qolishadi yoki shoshilinchda oxi-
rigacha tekshirilmagan xabarni ommaga chiqarib yu-
borishlari mumkin. Buning uchun Jinoyat kodeksining
139 va 14029 — moddalari (tuhmat va haqorat uchun) boʻ-
yicha uch yilgacha qamoq jazosi koʻzda tutilgan. Qonun-
130 / AYBDOR 

ALLAMJONOV



Download 24,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish