Dan, Internet va korporativ tarmoqlarga joylash orqali tijorat maqsadida foyda


 / AYBDOR  — ALLAMJONOV 122 /



Download 24,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/58
Sana06.07.2022
Hajmi24,24 Mb.
#750789
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58
Bog'liq
Komil Allamjonov - Allamjonov Aybdor

121 / AYBDOR 

ALLAMJONOV


122 / AYBDOR 

ALLAMJONOV
nisiga dardini dasturxon qiladi. Qoʻshnisi yana kim-
gadir aytadi. Bir hafta deganda pora olganingni butun 
mahalla biladi. Orasida bu xabarni yon daftarchasiga 
yozib qoʻyadigan odam albatta chiqadi. Shu bilan biror 
kuni tutilasan. Oʻzingni hurmat qilsang, hech qachon 
noqonuniy ishga qoʻl urma.
Shu-shu hamma moliyaviy ishlarni doim hujjatlashti-
radigan boʻlganman, har bir tiyinning qayerdan kelgani 
haqida bir parcha qogʻoz turadi. Bu odatimga doim amal 
qilaman. Sobiq soliqchi sifatida sizga ham shuni tavsiya 
qilaman. Ertaga nima boʻlishini hech kim bilmaydi.
Nega? Nima uchun? Shunday obroʻ-eʼtiborli odamlar 
birovga ziyoni tegmayotgan matbuot kotibining tagiga 
suv quyib nima qilishadi? Oʻzimga bu savolni koʻp berdim. 
Mening vazifam — Prezident qilayotgan ishlarning solno-
masini yuritish edi. Ishimni professional darajada, vijdo-
nan bajarayotgan edim. Matbuot xizmati oʻzining yangi 
qiyofasiga ega boʻldi. Odamlar birinchi marta Prezident-
ning qanday ishlayotganini, uzoq-yaqin davlatlar bilan 
aloqalarni qay tarzda yoʻlga qoʻyayotganini kuzata bosh-
lashdi, oʻzgarishlarni xursandchilik bilan qabul qilishdi. 
Men ham omma oldida chiqishlar qilib, oʻz nomimdan 
postlar yoza boshladim. Matbuot kotiblari hamma joyda 
shunday faoliyat olib boradi, davlat rahbarining u yoki bu 
masaladagi qarashlarini jamoatchilikka yetkazadi. Me-
ning atrofimdagilar esa oʻz-oʻzini piar qilyapti, deb ayb 
qoʻyishdi. 


123 / AYBDOR 

ALLAMJONOV
Bu lavozimga oʻzi qanday kelib qolganimni eslab oʻtish 
lozim deb oʻylayman.
U paytga kelib, anchagina katta biznesmen boʻlib qol-
gan, endi hech qachon davlat ishida ishlamayman deb, oʻz- 
oʻzimga soʻz bergandim. «Avtotest» mojarosi ham oʻsha 
kunlari avj ola boshlagan, men yana internet «qahramo-
ni»ga aylanishni hecham istamasdim.
Toqqa chiqqandik. Birdan qoʻngʻiroq boʻlib qoldi.
— Assalomu alaykum, qayerdasiz?
— Togʻda…
— Mayli, buguncha dam oling, ertadan ishga chiqasiz. 
Tabriklaymiz, siz Prezidentning matbuot kotibi boʻldin-
giz. 
Aytib oʻtish kerak, Asadjon Xodjayev lavozimidan ket-
ganidan keyin matbuot xizmati bir necha oy davomida 
rahbarsiz ishlagan edi. 
Shokka tushib qoldim.
Undan oldin boʻlgan bir voqeani qisqacha aytib 
beray. 2000-yillarning boshi, FVVda ishlardim. Ta-
sodifan Sherzod Qudratxoʻja bilan uchrashib qoldik. 
Qanday tanishganimiz esimda yoʻq. U meni oʻzi oʻtira-
digan Prezident matbuot xizmati xonasiga taklif qildi. 


124 / AYBDOR 

ALLAMJONOV
Bu binoga kirishingiz bilan hayajon bosadi. Ruxsatno-
ma olib, avtomatchilar yonida iti bilan qoʻriqlab tur-
gan uchta postdan oʻtib, «oliy dargoh»ga kirdim. 
U kabinetida savlat toʻkib oʻtirardi. Koʻzim tushgan 
birinchi narsa stol ustidagi Robert Grinning «Hokimi-
yatning 48 qonuni» kitobi boʻldi. «Rosa krutoy ekan-
mi!» — degan xayol oʻtdi. 
Sherzod aka oʻzining guvohnomasini koʻrsatib, shun-
day dedi:
— Qara, shaxsan Islom Abdugʻaniyevich qoʻl qoʻy-
gan. Men Prezident apparati tarixida eng yosh bosh 
konsultantman. Tushunyapsanmi oʻzi? Manavi telefon-
ga qara, bu PG27! Eng yuqori lavozimdagilarning tele-
foni, undan faqat birinchi rahbarlar foydalanadi. Qol-
ganlar «vertushka»da gaplashadi. 
U goʻshakni koʻtarib, mening oldimda Konstitutsi-
on Sud raisi Boʻritosh Mustafoyev bilan bogʻlandi. Si-
polik bilan Mustafoyevga nimalarnidir gapirib, qan-
daydir masalani muhokama qildi. Keyin goʻshakni 
qoʻyib, boʻyinbogʻining yorliqchasini koʻrsatdi. Adash- 
masam, qandaydir italyancha brendning nomi yozil-
gandi. Keyin soʻradi: 
— Sening galstuging qanaqa?


 Niyatimga yetolmadim. U vaqtga kelib, bu tizimda ta-
nish-bilishi yoki homiysi yoʻqlar (xuddi menga oʻxshab) 
koʻtarila olmasligini tushunib, davlat ishidan umuman 
koʻnglim qolgandi. 
125 / AYBDOR 

ALLAMJONOV
Meniki Ippodromdan28 sotib olingandi. Xitoycha aji- 
buji yozuvli bu boʻyinbogʻni onam olib bergan.
Sherzod Qudratxoʻja rostdan ham Prezident appara-
tining eng yosh xodimi, u paytda unda hali oʻttizgayam 
kirmagandi. Oʻsha kungi voqealar menda juda katta 
taassurot qoldirdi. Oʻz oldimga: «Uning rekordini yan-
gilayman, Prezident apparatining eng yosh bosh kon-
sultanti boʻlaman», — degan maqsadni qoʻydim.
Hozir hammasini tushuntirib beraman. «Uzmet-
ronom»ni deb, odamlarda meni kimdir «koʻtaryapti» 
degan notoʻgʻri fikr shakllanib qolgandi. Aslida meni 
hech kim, hech qachon va hech qayoqqa koʻtarma-
gan, menda karyera degan narsaning oʻzi boʻlmagan. 
Men bir umr v.b. — «vazifasini bajaruvchi» maqomi-
da ishlaganman, rasmiy lavozimga tayinlangan emas-
man. Birinchi marta «v.b.» degan qoʻshimchasiz egal-
lagan katta lavozimim — Prezidentning matbuot 
kotibligi boʻldi. Hamma atrofimdagilar idoralarning 
katta-katta mansablariga loyiq koʻrilardi, men esa —
yoʻq. Nuqul kimningdir «vazifasini bajaruvchi» boʻlar-
dim, yaʼni besh kishining oʻrniga ishlab, shunda ham 
baʼzan mehnatimga rahmat eshitmas edim.



Download 24,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish