ulardagi tushuncha va terminlar batafsil izohlangan boʻ-
lishi kerak.
Ayni paytda, bloger va jurnalistga
nisbatan qilingan
har bir xatti-harakatni jahon hamjamiyati juda sinchkov-
lik bilan kuzatib borishini esdan chiqarmaslik kerak. Jur-
nalistga aloqador har qanday vaziyatni birinchi navbatda
soʻz erkinligiga bogʻlashadi. Nafosat Olloshukurova vo-
qeasida xuddi shunday holat boʻldi.
2019-yilning sentabrida
Shabnam taxallusi ostida yo-
zadigan bloger Nafosat Olloshukurova mayda bezorilikda
va ruxsat etilmagan koʻcha yurishlarini uyushtirganlikda
ayblanib, qamoqqa olindi. Keyinroq oʻz joniga qasd qilish-
ga moyil, degan gumon bilan ruhiy kasalliklar klinikasiga
joylashtirildi. Ha, qonunchiligimizda sovet davridan qol-
gan, oʻz joniga qasd qilishga moyil odamni majburiy davo-
latish bilan bogʻliq modda haliyam bor ekan. Men buning
yaxshi-yomonligini baholamay qoʻya qolay, buni mutaxas-
sislar hal qilishi kerak. Baʼzan bu modda oʻsmirlarning,
keksalarning hayotini saqlab qoladi.
Oʻshanda xorazmlik amaldorlarni «jazolovchi psixiat-
riya» usullarini qoʻllaganlikda ayblashdi.
Rostdan ham,
yaqin oʻtmishimizda hukumatga maʼqul kelmay qolgan
odamni bemalol jinnixonaga tiqib qoʻyish
mumkin edi,
asosan dissidentlarni shunday qilishardi. Lekin Nafosat-
ning vaziyati boshqacha edi.
132 / AYBDOR
—
ALLAMJONOV
Voqea bunday boʻlgan:
jurnalist Mahmud Rajabov
taqiqlangan adabiyotlar kontrabandasida ayblandi, ishi
sudga oshirildi. U shov-shuv koʻtarib, huquqni himoya qi-
luvchi xalqaro tashkilotlarning eʼtiborini tortish bilan va-
ziyatdan chiqmoqchi boʻlgan.
Shunda Nafosat ikkalasi
Xorazmdan Toshkentga «yurish» qilish rejasini tuzgan va
IIV vaziri qabuliga piyoda yoʻlga tushishgan.
Bu ahvolda ular uzoqqa bormasligi aniq edi. Oyogʻiga
shippak, egniga futbolka kiygan bir necha kishilik guruh-
ning maqsadi faqat oʻziga eʼtibor qaratish boʻlgan. Yoʻl ha-
rakatiga xalaqit bermay ketishayotganda, birov toʻxtat-
magan. Huquqni himoya qilish idoralari tomonidan ham
ularga nisbatan hech qanday harakat boʻlmayotganini koʻ-
rib, yoʻlni butunlay enlab, mashinalar oʻtishiga xalaqit be-
rishgan. Vaziyatni Nafosatning oʻzi videoga olgan.
Shunda viloyat IIB boshligʻi kelib, norozilik bildirayot-
ganlarni yurishdan qaytarishga koʻndirmoqchi boʻlgan.
Lekin ularga aynan shov-shuv kerak edi.
Natijada, ular-
ni maʼmuriy qamoqqa olishgan. Nafosat bilan Mahmud-
ga qoʻshilib ketayotganlar qoʻyib yuborilgan, bu ikkovi esa
mayda bezorilik va xizmat burchini bajarayotgan huquq
idoralari vakillariga qarshilik koʻrsatgani uchun boʻlinma-
ga olib ketilgan.
Mahmud Rajabov oʻn kunlik maʼmuriy qamoq mudda-
tini tinchgina oʻtab, ozodlikka chiqdi. Nafosat esa kame-
rada jazavaga tushib, oʻzini oʻldirish bilan tahdid qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: