Dan, Internet va korporativ tarmoqlarga joylash orqali tijorat maqsadida foyda


 / AYBDOR  — ALLAMJONOV Haqiqat yoʻq



Download 24,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/58
Sana06.07.2022
Hajmi24,24 Mb.
#750789
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   58
Bog'liq
Komil Allamjonov - Allamjonov Aybdor

118 / AYBDOR 

ALLAMJONOV
Haqiqat yoʻq


Vatanparvarlik va Vatanga muhabbat goʻyo odamning 
tashqi koʻrinishiga bogʻliqdek, hali kalta yubkaga, hali 
uzun sochga yopishib olishadi.
U paytda DXX raisi Ixtiyor Abdullaev edi. U tezlik 
bilan prezident qabuliga kirib, Allamjonov «Turon-24»ga 
oppozitsion kayfiyatdagi, eng betgachopar jurnalistlarni 
yigʻdi, davlat toʻntarishi qilmoqchi, kamiga davlat targʻibot 
vositalarini obroʻsizlantiryapti, deb doklad qilibdi.
Oʻziyam tit-pitimni chiqarib tekshirishdi…
Men uning har bir ayblovini oʻrganib chiqib, qarshi 
javob tayyorladim. Oʻshanda Abdullaev birinchi marta 
prezidentdan juda qattiq tanbeh eshitdi. Vaziyat shunchalik 
jiddiy tus oldiki, oʻzim qoʻrqib ketdim. Lavozim u yoqda 
tursin, hatto Oʻzbekistonda qolishga ham choʻchib qoldim: 
DXX raisi chakana odam emas, meni osongina yoʻq qilib 
yuborish qoʻlidan keladi. Qoʻlini qayoqqa uzatsa yetadi.
Xullas, «Turon-24» uch oygina ishladi. Tuhmatga, «Dav-
lat toʻntarishi uyushtiryapti» degan ayblovga tayyor emas-
dim. Shuning uchun loyihani vaqt-soati kelguncha toʻx-
tatib turadigan boʻldik. Agar ishlab turganida, hozir 
Markaziy Osiyo davlatlaridagi yetakchi axborot agentlik-
laridan biri boʻlardi. 
119 / AYBDOR 

ALLAMJONOV


 Birdaniga qandaydir tuturiqsiz bahona bilan Oʻzbekis-
tonda Facebook bloklab qoʻyildi. Jamoatchilikka muam-
mo ijtimoiy tarmoqning oʻzida, degan bemaʼni vaj koʻr-
satildi. Lekin koʻpchilik foydalanuvchilar oʻzimizning 
tomon bloklaganini yaxshi tushunib turardi. Butun dun-
yoda Facebookka kirish bemalol-u, bizda va Xitoyda ish-
lamasmish. Har holda, Xitoy Facebokka qarshiligini ya- 
shirmaydi. 
Oʻzlaricha, ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlarni shu tarz-
da yoʻq qilmoqchi boʻldilar. Odamlar oʻz fikrini ochiq bil-
diradigan maydonni eskicha usulda yopib qoʻysak, ham-
mayoq avvalgidek tinchib qoladi deb oʻylashdi, shekilli. 
Fuqarolarning oʻsib borayotgan faolligi, oshkora shikoyat-
lari, videolavhalar, fotosuratlar, jamiyatdagi holatlarga be-
farq boʻlmagan guruh va jamoalar koʻpayayotganidan xa-
votirga tushishdi. Vaholanki, dunyo oʻzgardi, har tarafi 
oynavand xonaning eshigini yopib qoʻyishdan maʻno yoʻq.
Eng yomoni shuki, oldinlari VPN degan narsaning no-
miniyam eshitmaganlar endi u orqali internetga kiradi-
gan boʻlishdi. Hatto mening oyim ham VPN ishlatishni 
oʻrganib oldilar. Ilgari ancha tajribali foydalanuvchilargi-
na anonimayzerlar orqali yopiq saytlarga kirardi, endi esa 
butun mamlakat VPN oʻrnatib olib, baribir Facebookda 
oʻtiradigan boʻldi. Qarabsizki, biz axborot maydonimizni 
buzadi, deb bloklab qoʻygan pornosaytlarga, narkotik so-
tadigan, terrorizmni targʻib qiluvchi saytlarga ham bema-
lol yoʻl ochildi. 
120 / AYBDOR 

ALLAMJONOV


 Abdullaev meni qoralashda davom etaverdi. Meni kim-
larningdir «karmoni», «Soliq-info»ning orqasidan trilli-
onlab pul ishlab oldi, degan gaplarni ham olib kira bosh-
ladi. Rahbariyat isbot talab qilar, isbot esa yoʻq edi. Ular 
oʻzlari yozgan maʼlumotdagi raqamlarga «adashib» ik-
kita nol qoʻshib qoʻyishibdi. Tekshiruvlar mening biznes 
faoliyatim toʻliq hujjatlashtirilgani, nazoratchilar uchun
ochiqligi va ishonchli arxivda saqlanishini koʻrsatdi. Mav-
ridi kelganda, davlat idoralarida ishlagan vaqtim orttirgan 
ajoyib sabogʻimni eslab oʻtmoqchiman.
Bir kuni DSQ topshirigʻi bilan tayyorlangan lavha-
da maʼlum korxonani koʻrsatmasligimni soʻrab, evaziga 
yaxshigina pora — «Neksiya» taklif qilishdi. U paytda 
hali yigirmagayam kirmagandim, holatimni tasavvur 
qilavering. Yaxshiyam miyam ishlab, raisning oldiga 
kirib, hammasini aytib beribman. Hozir eslasam, gʻirt 
bolalik qilgan ekanman. Pora olsammikin, deb general-
ga maslahat solibman-a!
— Olaver, Komil, — dedi u. — Bemalol olaver. Maza 
qilib yangi moshina minasan. Lekin qamoqda oʻtirish-
ga ham tayyor boʻl. 
— Hech kim bilmaydi-ku!
— Albatta, senga pora bergan odam toʻgʻri organ-
ga yoki televideniyega borib, bu gapni aytmaydi. Lekin 
kechqurun uyida oʻtirib, xotiniga gapiradi. «Soliq qoʻ-
mitasining matbuot xizmatida maraz odamlar ishlar 
ekan, kamchiliklarimni koʻrsatmasliklari uchun pora 
berishga toʻgʻri keldi», — deydi. Xotini ertalab qoʻsh-

Download 24,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish