Dan, Internet va korporativ tarmoqlarga joylash orqali tijorat maqsadida foyda



Download 24,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/58
Sana06.07.2022
Hajmi24,24 Mb.
#750789
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58
Bog'liq
Komil Allamjonov - Allamjonov Aybdor

 U paytda hamma shunaqa vaziyatda edi. Oylikka tu-
zukroq kun koʻrib boʻlmasdi. Yo pora olishga, yo birovning 
nomiga biznes ochishga toʻgʻri kelardi. Hozir u, amaldorlarga 
katta oylik toʻlashadi, oʻynab-kulib yashasa boʻladi.


151 / MEN «FORBS» ROʻYXATIGA QANDAY KIRDIM?



153 / MILLIY TV
Men doim «shaxsiy MTRK» egasi boʻlishni xohlardim. 
Oʻzimning telekanalim boʻlsa-yu, hech kim meni ruxsat-
nomasiz eshik oldida sargʻayib turishga majbur qilmasa, 
somsaga yugurtirmasa, deb orzu qilardim. Ammo Gulno-
ra Karimovaning davrida buning iloji boʻlmagan, xususiy 
telekanalni faqat yuqoriga oʻta yaqin odamlargina ochi- 
shi mumkin edi. Oʻzimning matbuot xizmatim doirasida 
Soliq qoʻmitasi uchun alohida kanal ochishga harakat qil-
ganman, lekin oʻxshamagan. Vaholanki, soliq xizmati aho-
liga doimiy ravishda axborot yetkazib turish uchun oʻz re-
sursiga ega boʻlishi mumkin edi. Toʻgʻri, soliq shunchaki 
bahona edi, aslida men oʻzimning telekanalim boʻlishini 
xohlardim-u, rejam amalga oshmadi. 
Gulnora oʻz mavqeyi bilan birga Markaz TV telekana-
lidan ham ayrildi. Mamlakatda yuzaga kelgan siyosiy va-
ziyat rahbariyatni media sohasiga yangicha yondashishga 
Milliy 
TV
— ◆ X ◆ —


154 / MILLIY TV
majbur qildi. Xalqimiz ekranda oʻzimizning televideni-
yedan boshqa hamma narsani tomosha qilardi. Odamlar 
Rossiya va Turkiya seriallari bilan yashar edi. Eng yomo- 
ni — boshqa davlatlarning yangiliklarini kuzatardi.
Oʻzimiznikini koʻrish befoyda boʻlganidan keyin shu-da. 
Xullas, bir necha televideniyechi: Firdavs Abduxoliqov, 
Shuhrat Ahmedov, Ravshan Joʻrayev va meni chaqirtirib, 
xususiy telekanallar uchun konsept tayyorlashni taklif qi-
lishdi. 
Milliy TVning nomi «Pomidor» boʻlishi mumkin edi. 
Telekanalni shu nom bilan judayam roʻyxatdan oʻtkazgim 
kelgandi. Gʻayrioddiy «Pomidor» qulogʻimiz oʻrgangan 
odatiy nomlardan mutlaqo ajralib turishi aniq edi. Lekin 
menga: «E, qanaqa pomidor? Tuzukroq nom topsang- 
chi!» — deyishdi. Shunday qilib, Milliy TV paydo boʻl-
di, uning konsepti milliylikni targʻib qilishga qaratil-
di. Maqomlar, milliy musiqa, pazandalik, doʻppilar, urf- 
odatlar, anʼanalarimiz — Oʻzbekistondagi bor yaxshi nar-
salarni, unutilayozgan qadriyatlarni jamlashga qaror qil-
dik. Lekin oldimga qoʻygan eng asosiy maqsadim hozir 
uyida emas, musofirlikda yurgan uch million yurtdoshi- 
miz — mehnat migrantlarining yoʻqolib ketishiga yoʻl 
qoʻymaslik, ularni oʻzimizga tortish edi.
 Qor malikasi haqidagi ertak esingizdami?
 U Kayni oʻz yurtiga olib ketganida, bola hamma narsa-
ni unutib, begona odamga aylanib qoladi, yuragi muzlaydi. 


155 / MILLIY TV
Litsenziya olindi. Lekin kadrlar yigʻishga juda qiynal-
dik. Markaz TVdan keyin hech kim xususiy telekanalda 
ishlashni xohlamas edi. Oʻz vaqtida ular MTRKdagi eng 
zoʻr mutaxassislarni tanlab olishgandi. Kanal yopilgandan 
keyin yana davlat televideniyesiga qaytganlar endi issiq 
oʻrnini yoʻqotgilari kelmasdi. Men ularni: «Hech boʻlmasa 
yarim stavkada ishlab turing» — deb koʻndirishga harakat 
qilganman. Rozi boʻlganlar: «Bu yerda ishlayotganimni 
hech kim bilmasin» — deb iltimos qilishdi. MTRK tizi-
mida yozilmagan bir qonun boʻlardi: boshqa yoqqa oʻtib 
ketganlar ishga qaytib olinmaydi. Qatagʻon qoʻrquvi pul 
topish istagidan ham kuchli edi.
Kanalni rasman 1-sentabrda ochishni moʻljal qildik.
Avgust oyidan sinov rejimida ishga tushib, efirga maqom-
lar va mumtoz musiqani qoʻyib turdik. Menga bu samoviy 
musiqa judayam yoqadi. Ayni oʻsha paytda, kutilmagan-
da Karimov vafot etib qoldi. Biz rasmiy efirni motam mu-
siqasidan boshladik. Koʻnglim sal xijil boʻldi. 
Ancha vaqt taqiqda boʻlgan Yulduz Usmonova30 Mil-
liy TV tufayli efirga qaytdi. Koʻp yillik taqiqlardan keyin 
Obid Asomov31 ekranga chiqarildi. Juda uzoq yillardan 

Download 24,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish