Dan, Internet va korporativ tarmoqlarga joylash orqali tijorat maqsadida foyda



Download 24,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/58
Sana06.07.2022
Hajmi24,24 Mb.
#750789
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   58
Bog'liq
Komil Allamjonov - Allamjonov Aybdor

Lekin opasi Gerda uni topib, qalbini eritadi, oilaga qayta-
radi. Milliy TV koʻpchilik vatandoshlarimiz uchun ana shu 
«Gerda» boʻldi, Oʻzbekiston degan Vataning bor, oilang, bo-
la-chaqang bor, yoʻlingga koʻz tikkan ona-yurting bor, bizni 
unutma, deb eslatib turadigan hamsuhbat, jon-jigar boʻldi.


beri televideniyeda koʻrinmayotgan Sherali Joʻrayev32 va 
oʻn besh yil davomida efirda ismi ham tilga olinmagan 
Ozoda Nursaidova33 ekranga qaytdilar.
Yangi Prezident bilan taqiqlar davri ham tugadi. «Boʻl-
di, yetar shuncha taqiq. Hamma yoq taqiq boʻlib ket- 
di», — degan gaplarini yaxshi eslayman. 
Bu gap amalda tasdigʻini topdi. Prezidentning yangi si-
yosati hayotimizning har bir jabhasida demokratik oʻz-
garishlar davrini boshlab berdi. Taqiqlar koʻp hollarda 
mutlaqo asossiz boʻlib, u yoki bu sababga koʻra kimga-
dir maʼqul kelmaganlarga qarshi qurol vazifasini oʻtar edi. 
Bunday holatlarga chek qoʻyildi. Fikrlar xilma-xilligi yu-
zaga keldi, odamlar oʻz qarashlarini erkin namoyon qi-
lishi mumkin boʻlib qoldi. Eng asosiysi, ijodiy rivojla-
nish maydoni paydo boʻldi. Jumladan, senzura haqida gap 
ketar ekan, Prezident cheklov va taqiqlar bilan muammo-
ni hal qilib boʻlmasligini taʼkidladi.
Shavkat Miromonovich madaniyat vakillari bilan uch-
rashuvlarda xalq ongining shakllanishida ijodkor ziyoli-
larning oʻrniga har safar alohida eʼtibor qaratadi.
Obid Asomovning «aybi» «Krivoye zerkalo»da34 chiqib, 
avvalgi rahbariyatning fikricha, oʻzbeklarning ustidan 
kulgani edi. U televideniyeda oʻn yil koʻrinmadi. Mening 
oldimga kelganida ham hali taqiq ostida edi.
156 / MILLIY TV


 — Hechqisi yoʻq, hozircha kadr ortida ishlab turing. Te-
levideniyeda chiqishingiz uchun litsenziya olishga harakat 
qilamiz, — dedim.
Eshitishimcha, Yulduz Usmonova Turkmanistondagi 
konsertida bir ogʻiz: «Qaniydi, bizda ham sizdek rahbar 
boʻlsa» — degan gapi uchun «choʻqqidan uchirib yuboril-
gan» emish. Bu gap qanchalik rostligini bilmayman. Ayt-
gan boʻlsa ham, Turkmanboshiga diplomatik mulozamat 
qilgani tushunarli. Lekin u zamonda bundan yumshoqroq 
gap uchun ham baloga qolib ketish mumkin edi. 
Har bir artistga efir kerak. Efir ular uchun havodek 
zarur, shu orqali tanilishadi, xalqning eʼtirofini qozoni- 
shadi. Efirsiz ular hech kim boʻlmay qoladi, xalqqa koʻrin-
maydigan, faqat toʻyma-toʻy yuradigan otarchiga aylanib 
qolishadi. Efirga chiqishni taqiqlab qoʻyish — ular uchun 
ogʻir jazo. Obid Aʼzamovich qaysi dahshatli aybi uchun 
bunchalik qattiq jazolanganini aqlimga sigʻdirolmayman. 
Mabodo haqiqiy jinoyatga qoʻl urganida ham, allaqachon 
qamoqdan chiqqan boʻlardi. 
Bu taqiq Obid akaga juda ogʻir botgan. U hech qachon 
millatini haqorat qilmaganini oʻzi bilardi, shuning uchun 
ham bunday ayblov unga yomon zarba boʻlgan. Axir bu 
anʼanaviy askiya boʻlsa, odam oʻzining kamchiliklari usti-
dan kulishi azaldan bor-ku, buning uchun litsenziyadan 
mahrum qilib boʻlarkanmi?!
157 / MILLIY TV


 Artistlar xuddi yosh boladek, koʻngli nozik boʻladi, har 
qanday nohaqlikni yurakka yaqin oladi. Ayniqsa, boshqa 
hamkasblarini tantanalarga chaqirib turishsa, mukofotlar 
berishsa-yu, ularni unutib yuborishsa, tushkunlikka tu-
shib qolishadi. Sanʼatkorlar shunaqa taʼsirchan. Biz Obid 
Asomov bilan tez-tez uchrashib, shunchaki gaplashib oʻti-
rardik. Bu odamning suhbatini olib, mazza qilardim, dun-
yoqarashi keng, aqlli inson edi, rahmatli.
Oʻzlariga alohida kabinet qilib berdim. Biz Obid Aso-
movga efir uchun litsenziya berilishi kerakligini isbot-
lay oldik. Obid aka teleekranlarga Milliy TV efiri orqali 
qaytdi. Oʻsha kuni haqiqiy bayram boʻlib ketdi! Shundan 
keyin uni qolgan telekanallarga ham taklif qila boshlashdi. 
Mabodo boshqa joyda eksklyuziv chiqish qilib qolsa, biroz 
xafa ham boʻlardim, boshida. Keyin: «Mayli, koʻngli nima-
ni istasa, shuni qilsin, bu buyuk komik shunday eʼtirofga 
loyiq», — deb qoʻydim. 
Bu inson vafot etganida qattiq kuyundim. Taskin bera-
digani shuki, hayotining oxirgi yillari oqlanib qoldi, efirga 
qaytdi, hazil-mutoyiba qilib, yana millionlab tomoshabin-
larning kayfiyatini koʻtardi. Rozi-rizolik bilan ketdi, ruhi 
shod deb umid qilaman. 
Artist — baribir artist-da, ularga oddiy xodimdek qarab 
boʻlmaydi. Yulduz Usmonova ham birinchi marta Milliy 
TV orqali efirga qaytdi, keyin esa men uning uchun yo-
monga chiqdim, orqamdan har xil boʻlmagʻur gaplarni ga-
158 / MILLIY TV


 Aytmoqchimanki, yarq etgan siyosatchilari yoʻq, bor-
lari ham panada yurib, siyosiy qarashini bildirmaydigan
hamma birgina shaxsning soyasida yuradigan (aks holda 
unga raqobatchi boʻlib qolish mumkin) davlatda ahvol shun-
day boʻlishi tabiiy — sanʼatkorlar ham siyosiy kuchga ayla-
nib, muxlislaridan iborat ulkan armiyaga ega boʻla oladi. 
159 / MILLIY TV
pirib tashladi. Haligacha kechirim soʻraydi. Sababi Ozoda 
Nursaidovada, uni yomon koʻrganida ekan.
Lekin hammadan koʻra Sherali Joʻrayevning taqiqdan 
chiqishini xohlagandim. Uning qoʻshiqlarini juda yaxshi 
koʻraman. Bir safar Samarqanddan Toshkentga kelguncha 
«Oʻzbegim»35 qoʻshigʻini oʻn besh martacha eshitib kelgan-
man. «Oʻzbegim» kitobiga shu turtki boʻlgan. Sherali Joʻ-
rayev hech qanaqa ayb qilmagan, hech qayerda xatoga yoʻl 
qoʻymagan, hech kimni xafa qilmagan. Faqat juda mash-
hur edi va shunisi bilan rejim uchun xavfli boʻlib qolgan. U 
konsertlarida tomoshabin bilan muloqot qilar, jiddiy, aza-
liy mavzularni koʻtarar, odamlarning unga mehr-muhab-
bati juda kuchli edi. Qishloqlarga toʻyga borsa, odamlar 
mashinasini bir necha metrgacha koʻtarib ketardi, shun- 
chalik yaxshi koʻrishardi. Bir safar uzoq qishloqda konsert 
berganida tomoshabinlar sahna oldidagi maydonga sigʻ-
may, oʻsha atrofdagi uylarning tomlarigacha chiqib ketish-
gan. Uylardan birining tomi ogʻirlikni koʻtarolmay, bosib 
qolgan ekan. Sherali Joʻrayev oʻshanda topgan hamma pu-
lini tomni tuzatib olsin deb, uyning egasiga bergan.


160 / MILLIY TV
Uning qaytishi esda qolarli voqea boʻldi. Oʻylayman-
ki, bu ishimizni yurtimizdagi millionlab muxlislar katta
sovgʻa sifatida qabul qilishdi. 
Lekin Prezidentimizning xorijga qilgan rasmiy safari 
birinchi marta Milliy TV jamoasi tomonidan jonli efirga 
uzatilgani Telekanal tarixidagi eng katta yutuqlardandir. 
Men boshqa davlatlardagi Prezident matbuot xizmatla-
rining ishini doim kuzatib boraman. Koʻp joyda kameraga 
soxta tabassum qilib turgan prezidentlar qiyofa-niqobla-
ridan allaqachon voz kechishgan. Rasmiy protokolda ham 
insoniylikka, samimiylikka doim joy topilgan. Karimov 
davrida biz buni yilda bir marta — Navroʻzda, Prezident 
tabassum bilan bayram tomoshalariga chapak chalib oʻtir-
ganida koʻrardik. Qolgan hamma tadbirlar rasmiyatchilik 
bilan, sovuqqina oʻtardi. 
Men matbuot xizmatimiz Prezidentni boricha koʻr-
satishini xohlardim. Shavkat Miromonovich juda istara-
li, odamgarchiligi kuchli inson, yuzma-yuz koʻrishsangiz, 
darrov yoqtirib qolasiz. Suhbatdoshni diqqat bilan ting-
lab, kutilmagan savollar beradilar. Bu insondan sunʼiy 
obraz yasashning hojati yoʻq, boricha koʻrsatishning oʻzi 
yetarli. Boʻrttirish ham, nimanidir yashirish ham kerak 
Sherali Joʻrayevdan shuning uchun choʻchishgan va sekingi-
na efirdan uzoqlashtirishgan.



Download 24,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish