Dan, Internet va korporativ tarmoqlarga joylash orqali tijorat maqsadida foyda



Download 24,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/58
Sana06.07.2022
Hajmi24,24 Mb.
#750789
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   58
Bog'liq
Komil Allamjonov - Allamjonov Aybdor

73 / SOLIQ-INFO
2008-
yil
«Soliq-info» oʻzi qanday paydo boʻldi? Parpiyev bir 
necha marta «SBX» gazetasining muassisi Mixail Marko-
vich Perperga gazetani tuzukroq chiqarish, sifatli qogʻoz-
da, ranglarini tiniq qilib chop etish kerakligini gapirgan. 
Haqiqatan, gazetaning qogʻozi oʻta arzon, koʻrinishi ta- 
labga javob bermasdi. Mixail Markovich har safar «xoʻp», 
deb, yana oʻz bilganini qilardi. DSQ raisiga yoqmagani
uchungina gazetaning tannarxini oshirishdan maʼno yoʻq, 
deb hisoblar edi.
Perper raisning aytganini qilavermagach, Parpiyev nav-
batdagi xizmat yigʻilishida hammaning ichida mendan: 
«Gazeta chiqarish qoʻlingdan keladimi? — deb soʻradi. — 
Qogʻozi ham, bosmasi ham sifatli boʻlishi, foydali maʼlu-
motlar bilan boyitilishi kerak.» 
Albatta qoʻlimdan keladi! Soliq qoʻmitasida bir dunyo 
maʼlumot boʻlsa! Buxgalterlardan doimiy savollar kelib 
turar, soliq inspektorlari ularning har bittasiga alohida 
yozma javob berishardi. Bu javoblar esa hamma uchun foy-
dali edi.
Ammo bitta muammo chiqib qoldi. «SBX»ni barcha 
davlat tashkilotlari buxgalterlari olishlari shart edi. Biz-
ning gazeta ham oʻzini qoplashi uchun obunani yoʻlga qoʻ-
yishimizga toʻgʻri kelar ekan.
marketingga oʻtishni va bozor iqtisodiyotiga moslashishni 
taklif etdim. «Soliq-info»ni ham yopdim. 


 — Hal qilamiz, — dedi rais. — Asosiysi, gazetani yax-
shi, foydali, sifatli tayyorlang! DSQning rasmiy bosma 
nashri boʻladi. 
Shu joyida bir gap aytay. «Soliq-info»ning ixtiyoriy xa-
ridorlari ham koʻp edi. Gazeta buxgalterlarga maʼqul keldi, 
ularning doimiy ish quroliga aylandi. Ular, yaʼni «Soliq-in-
fo»ga oʻz xohishi bilan obuna boʻlganlar haqida hech kim 
bilmaydi. Lekin DSIning20 «obuna boʻlish shart» degan 
qoʻngʻiroqlaridan norozilar hamma yoqqa shov-shuv koʻ-
tardi. 
Eng birinchi ofisimiz yertoʻlada joylashgandi. Gazeta 
chiqarish — murakkab jarayon. Qiziqarli material toʻp- 
lashning oʻzi yetarli emas. Gazetani sahifalash, chop etish-
ning sir-asrorini ham bilish kerak.
Biz Rossiyaning shu yoʻnalishdagi hamma nashrlarini 
oʻrganib chiqdik. Gazetani rosmana qoʻllanmaga aylantir-
sa boʻlar ekan, unda interaktiv — buxgalterlar bilan mu-
loqot, savol-javoblar berib borishimiz shart, degan xulosa-
ga keldik. 
«Soliq-info»ni har tomonlama «SBX»dan yaxshiroq 
qilib chiqarishga harakat qildik. Seminarlar oʻtkazib, mu-
ammoli masalalarni koʻtarardik. Viloyatlarga ham borgan-
miz. Soliq sohasidagi mutaxassislar bilan butun mamla-
katni aylanib chiqqanmiz. Tadbirkorlarni yigʻardik, ular 
74 / SOLIQ-INFO


savollariga professional ekspertlardan toʻla-toʻkis javob 
olishardi. Qisqasi, shu ishga jon-jahdimiz bilan kirishib 
ketdik.
Biz uchun gazetaning jonli boʻlishi muhim edi. Har bir 
ruknni davomli yuritishga erishdik va bu oʻzini oqladi. 
Mavzular sondan songa kengroq yoritib berilar, natijada, 
oʻquvchilar davomini kutardi. 
Soʻrovnomalar oʻtkazib, u yoki bu muammo boʻyicha 
tadbirkor va buxgalterlarning fikrlarini oʻrganib chiqqan-
miz. Ijtimoiy tarmoqlar paydo boʻlganida, biz ulardan bi-
rinchilardan boʻlib foydalana boshladik. 
Maqolalarni oʻzimizda ishlaydigan soliq maslahatchila-
ridan tashqari Moliya vazirligi va Soliq qoʻmitasi mutaxas-
sislari tayyorlar, gazetada jurnalistlar deyarli yoʻq edi. Dol-
zarb mavzularni koʻtarishga, tezkor maʼlumotlar berishga 
harakat qilardik. Bugungi kun tili bilan aytganda, biz 
yangiliklarni yaratayotgan edik. 
Dadil ayta olamanki, «Soliq-info» tufayli buxgalterlar-
ning tushunchasi oʻzgara boshladi, kasbiy malakasi oshdi. 
Gazeta DSQning rasmiy nashri boʻlgani uchun buxgal-
terlar juda katta mablagʻlarni tejashga, soliq sohasida 
huquqbuzarlikning oldini olishga, umuman, soliq tizimi-
ni optimallashtirishga yordam beradigan eksklyuziv ax-
borotlardan foydalanish imkoniga ega boʻldilar. Ayni pay-

Download 24,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish