Dan, Internet va korporativ tarmoqlarga joylash orqali tijorat maqsadida foyda


 / PARPIУEVNING JIYANI 56 /



Download 24,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/58
Sana06.07.2022
Hajmi24,24 Mb.
#750789
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   58
Bog'liq
Komil Allamjonov - Allamjonov Aybdor

55 / PARPIУEVNING JIYANI


56 / PARPIУEVNING JIYANI
Ertasi kuni Parpiyevning oldiga kirib, oʻzimning bizne-
simni boshlash uchun ketmoqchiligimni aytdim. 
— Xafa boʻldingmi? 
— Yoʻgʻ-e, nega unaqa deysiz? Nimaga xafa boʻlishim 
kerak? 
— Xafa boʻlibsan… — dedi general. — Koʻrib turib-
man-ku. Mayli, arizangni yoz. Omadingni bersin.
Men ketdim, lekin intizomga oʻrgatgani, bergan saboq-
lari uchun Botir Rahmatovichdan haligacha minnatdor-
man. U menga doim zarbaga tayyor boʻlib, uni qaytarish-
ni, eng asosiysi, iloji yoʻq narsaning oʻzi yoʻqligini oʻrgatdi. 
Xohlasak, hamma narsaga erisha olarkanmiz. Bunday ol-
ganda, u meni rostdan ham oʻz jiyanidek tarbiyaladi. 
Shunday odamning «jiyani» degan yuksak nomga dogʻ 
tushirmadim, deb oʻylayman. 
Men oʻz biznesimni boshlab, birinchi millionimni ishlab 
topdim. Bolaligimdan pul topishga harakat qilardim. 
Afsus, rejalarim doim ham oʻxshayvermasdi.


57 / PARPIУEVNING JIYANI



59 / SHAKAR, VANNA, PRESS, BAKLAJKA
Toʻqsoninchi yillar oilamiz boy boʻlmagan, lekin och 
ham qolmaganmiz. Onam doya, otam avtoslesar edi. Bo-
lalar tugʻilavergan, mashinalar buzilavergan, ota-onam
ishsiz qolmagan. Ularning eng katta orzusi farzandlari-
ga yaxshi taʼlim berish boʻlgan. Shuning uchun oyim oʻqi- 
shimni oltinchi sinfdan ToshDU qoshidagi gimnaziya-
ga (keyinchalik akademik litseyga aylantirildi) oʻtkazgan. 
Hech kimga pul-mul bermagan. Oyim pora berish kerak-
ligini bilmasdi ham. 
Pul — ajoyib narsa! U menga doim zavq bergan. Oʻzi ol-
dindan boshqalarga oʻxshab faqat oylikka koʻnib yashash 
niyatim yoʻq edi. Katta boʻlganimda koʻp pul topishim-
ga, xohlagan narsamni sotib olishimga aniq ishonganman. 
Lekin bu kunlarni uzoq kutishga sabrim chidamasdi. Ho-
ziroq boyib ketib, mahallamiz yoshlari havas qiladigan 
yangi «qahramonlarimiz» — magazinchilar, choyxona va 
makaron fabrikalarining xoʻjayinlari, popkorn sotuvchi-
larga oʻxshab yurgim kelardi. Hammasining tagida yangi 
Shakar, vanna, 
press, baklajka
— ◆ III ◆ —


mashina, oyogʻida krossovka, egnida zamonaviy sport ki-
yimi, jinsi shim — xullas, butun dunyoda ulardan zoʻri 
yoʻq. 
Kommunistik mafkura puchga chiqqan paytlar. Qoʻni- 
qoʻshni orasida faqat biznes rejalar, tez va osongina boyib 
ketish yoʻllari haqida gap-soʻzlar yurardi. Biz oʻn uch ya-
shar oʻsmirlar ham choʻntagimizda doim pul boʻlishini 
xohlardik. Koʻp tengdoshlarim oʻzi ishlab daromad topar, 
kimdir oilasiga yordam bersa, yana kimdir kichik orzula-
riga pul yigʻardi. 
Mendan yollanma ishchi chiqmadi. Ammavachcham-
ning joʻxori qalamchalari chiqaradigan sexida bir kun ish-
lab koʻrdim. Arzimagan pul uchun ertalabdan kechgacha 
ter toʻkib mehnat qilish menga emas ekan. 
Vazifam nimadan iborat edi? Joʻxorini oldin «drobil-
ka»ga, keyin maxsus apparatga solamiz. Joʻxori doni issiq 
havo bosimi ostida paqillab yorilib, qalamchaga aylanadi. 
Ish haqi tayyor mahsulotning kilosiga toʻlanadi. Bir uyum 
joʻxori qalamchasini chiqarib, kamida oʻn kilogramm boʻl-
di, deb oʻylaysan. Tortib koʻrsang, zoʻrgʻa yarim kilo chiqa-
di. Ish kuni oxirida ammavachcham pul oʻrniga qoʻlim-
ga oʻzim tayyorlagan joʻxoridan tutqazdi. Uyga kelib, «ish 
haqim»ni stolga qoʻydim-u yechinmasdan, oʻzimni kro-
vatga tappa tashladim. Ertalabgacha qotib uxlabman.
Uygʻonganimda aniq bir qarorga keldim — men hech qa-
chon yollanma ishchi boʻlmayman! 
60 / SHAKAR, VANNA, PRESS, BAKLAJKA


 Gap ogʻir mehnatdan qochishda emas. Menga birov- 
ning choʻntagini toʻldirish uchun belni bukib, evaziga 
arzimagan chaqa topish yoqmadi. Bunaqa kapitalizm-
ni hazm qila olmasdim. Biz litseyda oʻzimiz popkorn tay-
yorlab sotardik. Oʻzimiz uchun ishlardik, shunga mehna-
ti malol kelmagan. Koʻpi kuygan, bemaza popkornimiz 
uncha yaxshi ketmasdi. Bu tadbirkorlik faoliyatimda bi-
rinchi saboq boʻlgan — mahsuloting sotilishini xohlasang, 
ishni sifatli qil! 
Oʻn uch yoshimda qand qiroli boʻlishga qaror qildim. 
Oʻzimga velik olishim kerak edi. Velosipedi bor oʻrtoqla-
rim uchishga bermay qoʻyishdi. Ota-onam esa: «Komiljon, 
veliksiz ham doim qayoqlardadir sangʻib yurasan, velosi-
ped minsang, seni umuman topolmay qolamiz!» — deb 
gapni qisqa qilishdi.
Biznes-reja bunday edi: bir qop shakar sotib olinadi, uni
qandga aylantirib, ustiga pul qoʻyib sotiladi. Shakar bilan 
qandning narxi orasidagi farq — sof foyda.
Tayyor shakar sexini ijaraga oldim. «Sex» deganda koʻz 
oldingizga nima keldi bilmadim-u, ammo bu hech kim 
yashamaydigan tashlandiq bir uy edi. Undagi bor usku-
na — tegirmon, press, fanera, vanna, isitkichli fen va bir 
yarim litrlik baklajka, xolos. Oldin shakar kukunga aylan-
tiriladi. Keyin vannaga solib, ustidan bir yarim litr sovuq 
suv quyiladi. Kukun nam tortib, qorga oʻxshab gʻirchillab 
qolganda, pressdan chiqarilib, faner ustiga yoyiladi. Qand 
61 / SHAKAR, VANNA, PRESS, BAKLAJKA


shakliga solinib, fenda quritiladi. Bir kecha-kunduzda bir 
qop shakar oldi-berdiga ishlatiladigan, toʻy-hashamda das-
turxonga qoʻyiladigan shirinlikka aylanadi.
Otam koʻp magazinchilarning mashinasini tuzatardi-
lar. Shu tanishlaridan mahsulotimni sotib berishni ilti-
mos qildilar.
Bu sexda ishchi ham, farrosh ham, mol yetkazib be- 
ruvchi ham, direktor ham oʻzim edim. Sexni ijaraga olish- 
dan oldin doʻstlarimga sherikchilikni taklif qildim, ular 
koʻnishmadi. Balki toʻgʻri qilishgandir. Ikki hafta oʻtgach, 
doʻkonlarda shakar koʻrinmay qoldi, keyin birdan narxi 
oshib ketdi. Qanddan tushadigan ozgina foyda ham yoʻq 
boʻldi. Shunday qilib, birinchi biznesim sindi. Qizigʻi 
shundaki, doʻstlarim moliyaviy krizisni oldindan koʻra 
bilgani uchun emas, ishyoqmasligi, harakatsizligi tufayli 
hamkorlikdan bosh tortishdi. Biz birga oʻsib katta boʻldik, 
lekin hozir jamiyatdagi oʻrnimiz orasida osmon bilan yer-
cha farq bor.

Download 24,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish