Men erinchoq emasdim. Shunchaki, oʻsha vaqtdagi iqti-
sodiy vaziyatni deb omadim chopmadi va qand qiroli boʻ-
lolmadim. Lekin pul topish yoʻlida harakat qilishdan hech
qachon toʻxtamadim. Menga ishni yoʻlga qoʻyish, pulni na-
zorat qilish jarayonining oʻzi qiziq edi. Mabodo ishim yu-
rishmay qolsa, gʻayratim yanayam oshib ketardi.
63 / SHAKAR, VANNA, PRESS, BAKLAJKA
muhim. Agar ishga oʻzingni toʻliq bagʻishlay olmasang, yax-
shisi boshlama. Biznes
—
dangasalar uchun emas!
Sinfdoshim bilan madaniyat saroyi binosida, konsertdan keyin.
64 / SHAKAR, VANNA, PRESS, BAKLAJKA
90-yillarni koʻrganlar fikrimga qoʻshiladi, deb oʻylay-
man. Mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy vaziyat juda qiziq
boʻlgan. Foyda koʻrishga
intilganlarni chayqovchi emas,
tadbirkor deb atay boshlashgan,
katta pul topish imko-
ni tugʻilgan edi. Dorixona, bilyardxona, sauna, tijorat doʻ-
konlari yomgʻirdan keyingi qoʻziqorindek urchib ketdi.
Ana senga erkinlik!
Kommunistik mafkuraning oyogʻi osmondan boʻlib
ketgandan keyin xalqni ergashtiradigan gʻoyaning oʻzi qol-
madi. Ayni paytda diniy ekstremizmning taʼsiri kuchayib
bordi. Soqol qoʻyganlar koʻpaydi, Karimov ularga qarshi
tinimsiz kurashardi. Teraktlar, portlashlar avj olgan tahli-
kali davr edi. «Musaffo osmon» gʻoyasi davlat mafkurasi-
ga aylandi. Urushsiz, tinch yashasak boʻldi, olam guliston!
Ammo bu gʻoya juda boʻsh edi.
Unda super boylarning
paydo boʻlishi koʻzda tutilmagandi. Davlat rahbariyati
boyvachchalar jamiyat osoyishtaligini buzishidan qoʻrqar-
di. Mayli, foyda koʻrsang koʻr, faqat ikki quloch tijorat doʻ-
konidan nariga oʻtma! Mashina ol, uy sol, topgan tillangni
uch litrli bankada saqla, lekin oligarx boʻlaman deb xayo-
lingga ham keltirma.
Shuning uchun korxona tashkil etish juda qiyin masa-
la boʻlib, kerakli eshiklar kerakli odamlargagina ochilardi.
Koʻpchilikni hoziroq, joyida daromad topish yoʻllari qi-
ziqtirardi. Bugun pul tikasan, ertaga foyda koʻrasan. Be-
malol bir ishni tashlab, osongina boshqasini yurgiza oli-
shing kerak. Ildizi baquvvat, avloddan avlodga oʻtadigan
65 / SHAKAR, VANNA, PRESS, BAKLAJKA
biznes-imperiyalarni qurish uncha-muncha odamning re-
jasiga kirmagan. Yurtimizda
egalarini super boy qilgan,
uzoq muddatli, rosmana muvaffaqiyatli
ishlab chiqarish
obyektlari deyarli yoʻqligining sababi shunda.
Gimnaziyada prokurorlar,
deputatlarning bolalari bi-
lan oʻqiganman. Doim atrofdagilarga birovdan kam emas-
ligimni isbotlashga majbur edim. Toʻgʻri, men u yerga pora-
siz, hech qanday qoʻngʻiroqsiz, oʻz bilimim bilan kirgan-
man. Toʻgʻri, ota-onam oddiy odamlar. Lekin menga past
nazar bilan qarashlariga yoʻl qoʻymasdim. Gimnaziya di-
rektorining: «Allamjonov, yaxshi oʻqi. Seni «kontrakt»da
oʻqitishga ota-onangning baribir qurbi yetmaydi», — de-
gan gapi ayniqsa yomon tegib ketgan. Hammaning oldida
kamsitgani uchun yap-yangi «Moskvich»ining gʻildiragini
teshib, oʻchimni olganman.
«Fun boys» guruhi konsertidan soʻng sinfdoshlarim davrasida.
Do'stlaringiz bilan baham: