289 / JURNALISTLARGA SOʻZ ERKINLIGI KERAK EMAS
2020-yilning
oxiriga kelib, gʻalati gap-soʻzlar aylana
boshladi — koʻpchilik odamlar soʻz erkinligi faqat jur-
nalistlarga kerak, shunga xuddi oʻzlari uchun bir imtiyoz
talab
qilgandek olishib yotishibdi, deb hisoblar ekan.
Ishoning, soʻz erkinligi ularga kerak emas. Bu neft yoki
oltin boʻlmasa, dividend, imtiyoz yoki mashhurlik keltir-
masa. Qaysi jurnalistdan soʻramay, shu paytgacha yengil
kontent-mavzular bilan ham bemalol yashab kelishgani-
ni aytadi. Koʻngilochar kanallar, videobloglar reytingining
yuqoriligi — buning isboti. Bir kuzating-da, million mar-
talab nimalar koʻrilyapti? Koʻngilоchar loyihalar bilan om-
maning vaqtini chogʻ qilayotganlarning bozori chaqqon,
reklama beruvchilar shularning etagini qattiq tutadi. Jid-
diy nashrlar, tahliliy maqolalarning auditoriyasi ulardan
bir necha baravar kam. Lekin boshogʻriqlari, asabbuzar-
liklari, eshitadigan doʻq-poʻpisalari ortigʻi bilan.
Jurnalistlarga so z
erkinligi
kerak emas
— ◆ XIX ◆ —
Agar hozir axborot erkinligiga nuqta qoʻyadigan boʻl-
sak, jurnalist-u blogerlar yana turizm, pazandachilik mav-
zulariga oʻtib ketadi. Ular-ku, kunini koʻrar, koʻchada qol-
maydi. Lekin islohotlar natijasida hamma erishganlarimiz
yoʻqqa chiqadi. Chunki soʻz erkinligi — ana shu islohotlar-
ni ilgari surayotganlar uchun qoʻshimcha, yordamchi koʻz
demakdir. Ishimizni qoyillatyapmiz deb, koʻkrak kerib hi-
sobot beradigan, lekin aslida xalqqa tegishli mol-mulkni
talon-taroj qiluvchi, buzuvchi, vayron qiluvchi, sotib yu-
boruvchilar doim topiladi.
Soʻz erkinligi avvalo jamiyatga, davlatga kerak. Soʻz er-
kinligini vatanparvarligidan, yurtiga, xalqiga joni achi-
ganidan, mamlakatning ravnaqi uchun ilgari surayotgan
odamlardan minnatdor boʻlishimiz lozim. Ular amaldor-
larning tepsa-tebranmasligini, qarshiligini yengib oʻtyapti
va evaziga boshlariga bir dunyo muammo va koʻngilsizlik-
lar orttirib olishmoqda.
290 / JURNALISTLARGA SOʻZ ERKINLIGI KERAK EMAS
Men AOKAga rahbar boʻlib, jurnalistlar, blogerlar va
OAV huquqlarini himoya qilish аgentligi ishini yoʻlga qoʻy-
gan paytimdayoq bu tashkilot vaqtincha ekanini, oʻtish dav-
riga xosligini tushunganman. Jamiyat, davlat va OAVning
oʻzi ham bu davrda yangi voqelikni — soʻz erkinligi hayoti-
mizga chuqur kirib borganligini anglab yetib, yangi muhitga
moslashishi kerak edi.
AOKA loyihasi ikki yilga moʻljallangan boʻlib, aniq va-
zifalar uchun tashkil qilingan. Birinchisi — matbuot xiz-
291 / JURNALISTLARGA SOʻZ ERKINLIGI KERAK EMAS
matlari ishini yoʻlga qoʻyish. Ular tegishli vazirlik, tash-
kilotlarning nuqtayi nazarini oʻz vaqtida, aniq va loʻnda
ifoda etishi, shuningdek, matbuot bilan muloqot oʻrnati-
shi, jamoatchilik bilan doimiy aloqada boʻlishi kerak edi.
Biz bu vazifani uddaladik. Bugungi kunda mamlakat-
dagi har bir tashkilot oʻzining matbuot xizmatiga ega, bu
xizmatning boshligʻi esa rahbar oʻrinbosariga tenglashti-
rilgan. Bu oldinga qoʻyilgan katta qadam boʻldi, uning na-
tijalari koʻzga koʻrina boshladi.
Ikkinchi va eng asosiy vazifa «telefon huquqi»ni yoʻqo-
tish, jurnalistlarni
islohotlarga ishontirish, ularning mi-
yasida oʻrnashib qolgan ichki senzorni siqib chiqarish,
faolliklarini
oshirish, hamma sohalarda taraqqiyotni il-
gari surishlariga erishmoqlik edi. AOKA Oʻzbekiston-
ning yosh, demokratik jurnalistikasi uchun qalqon boʻl-
di, erkin jurnalistlar bilan hukumat oʻrtasida vositachi
vazifasini bajardi. Biz murosa yoʻllarini izladik, kadrlarni
oʻqitdik, yoʻnalish berdik, brifinglar va matbuot anjuman-
lari amaliyotini joriy qildik, kerak boʻlsa, jurnalistlarning
ruhini, kayfiyatini koʻtardik.
Blogosferaning rivojlanishi
uchun ham barcha shart-sharoitlarni yaratib berdik.
Bu bosqichda, ayniqsa, jurnalist va blogerlar hukumat
bilan sudlashish va oshkora muloqot qilish boʻyicha tajri-
ba orttira boshlagan paytda, AOKAning oʻrnini hech kim
bosolmas edi.
292 / JURNALISTLARGA SOʻZ ERKINLIGI KERAK EMAS
Do'stlaringiz bilan baham: