dim?» deb oʻzingizga savol bersangiz-u, atrofingizda arzirli
hech narsa koʻrmasangiz, buni «erishish» deyilmaydi. Ha-
shamatli uy, mashina, bankdagi hisob raqami — bular
oddiy orzular, xolos. Amalga oshgan boʻlsa, rahmat. Ammo
inson doim maqsadlar bilan yashashi shart. Faqat oʻziga
274 / SIFATLI TAʼLIM NIMADAN BOSHLANADI?
Men esa «yuksak texnologiyali» pulni yaxshi koʻraman.
Kallani ishlatish kerak boʻladigan, miyasi butun odamlar
jalb qilinadigan loyihalarni. BEM ham, «Avtotest» ham,
mening barcha patentli ixtirolarim, tahririyatlarim shu
asosga qurilgan. Hammasi faqat kuchli mutaxassislargi-
na hal qila oladigan murakkab vazifalar, tashkiliy ishlar
va gʻoyalardir. Kimdir maktab darsliklarini tayyorlay oli-
shimga shubha qilayotgan boʻlsa, marhamat, «Avtotest»
maktabini koʻrsin. Biz u yerda eng yuqori saviyadagi oʻqi-
tish tizimini tashkil qila olganmiz.
Albatta, maqsadlar koʻp pogʻonali boʻlishi kerak. Toʻgʻ-
ri, men Ilon Mask emasman, Marsga uchish niyatim yoʻq,
emas, boshqalarga ham, iloji boʻlsa, butun vatanga manfaa-
ti tegadigan ishlarni qilishi kerak. Oʻzidan faxrlansa arziy-
digan nimadir qoldirishi lozim.
Atrofga qaraganingizda katta-katta loyihalaringizga koʻ-
zingiz tushsin. Mayli, baʼzilari barbod boʻlsa ham, oʻxsha-
may qolsa ham, dunyoni yaxshi tarafga oʻzgartirishga hech
boʻlmasa harakat qilgan boʻlasiz-ku. Boylikning quruq oʻzi
maishiy qulaylik beradi, xolos. Boylik hurmat keltirmaydi.
Hech qachon keltirmagan ham. Boylik tufayli odamlar sizga
qaram boʻlishi, yoningizda egilib-bukilishi, sizdan qoʻrqishi
mumkin. Lekin hurmat qilmaydi. Kimdir menga havas qil-
sin, hasad qilsin deb boyimoqchi boʻlsangiz, katta pul haqi-
da orzu qilmay qoʻyavering, bunga arzimaydi. Mabodo maq-
sadingiz tomingizning balandligi bilan qoʻshnilarning ogʻzini
ochirib qoʻyish boʻlsa, bemalol, omadingizni bersin.
275 / SIFATLI TAʼLIM NIMADAN BOSHLANADI?
raketa yasamayman. Lekin raketani mening oʻgʻlim yasay-
di. Sizning farzandlaringiz, nabiralaringiz yasaydi. Me-
ning oʻgʻlim oʻzimizdagi taʼlim sifatsiz boʻlgani uchun chet
elda oʻqishini istamayman. Bolamdan besh yillik muddat-
ga uzilish niyatim yoʻq. Uning shundoqqina yonimda, koʻz
oʻngimda boʻlishini, hech qayoqqa ketmay, har kuni kech-
qurun institutdan uyga qaytishini xohlayman. Hamma
ota-ona ham shunday, menimcha.
Buning uchun esa men nimadir qilishim kerak. Ham-
mamiz nimadir qilishimiz kerak.
Bugun oilada erkaklar oʻz mavqeyini saqlab qola olyap-
timi-yoʻqmi, ayol kishining jamiyatda ham oʻrni boʻlishi
kerakmi yoki roʻzgʻor, bola-chaqasini eplab oʻtirsa, shu-
ning oʻzi yetarlimi degan mazmunda koʻp munozaralar
boʻlyapti. Bilmadim. Men oʻsgan xonadonda «sen qilasan-
mi, men qilamanmi...» kabi tortishuvlar boʻlganini eslol-
mayman. Hamma bilib-bilib oʻz ishini bajargan, bir-biriga
yelkadosh boʻlgan, yaqinlarga mehribon, oqibatli boʻlgan...
Dadam oilada kenja farzand boʻlgani uchun buvim biz
bilan yashardilar. Ikki xonali kvartirada olti kishi turar
edik. Dadam bilan oyim bir xonada, biz — buvim, ikki
singlim va men — ikkinchi xonada. Kechasi xontaxtani
bir chetga surib, qalin, guldor koʻrpachalarni toʻshab ux-
lardik. Men deraza tagida yotardim. Har kuni kechqurun
buvim duo qilar, biz buvimning aytganlarini takrorlab,
duolarini yodlar edik.
277 / OILA MUQADDAS
Oila
muqaddas
— ◆ XVIII ◆ —
Aynan shu buvim hammaga «Komiljonni urishmang,
unga tegmanglar, bu bolam ministr boʻladi», derdilar.
Buvim erta vafot etdilar. Ular haqida xotiramda juda kam,
lekin eng iliq va yorqin xotiralar saqlanib qoldi.
Uyimiz tor boʻlsa ham, yurakni keng qilib, juda ahil
yashaganmiz. Qoʻshnilarimiz ajoyib insonlar edi, umu-
man, mahalladagi hamma bir-biriga qarindoshdek yaqin,
xonadonlarimiz eshiklari hech qachon qulflanmasdi. Bo-
lalar xohlagan paytida xohlagan uyiga kirib, bemalol suv
yoki choy ichishi, muzlatkichni ochib, biron narsa olib ye-
yishi mumkin edi. Qoʻshnilarnikidan hali yogʻ, hali gu-
ruch, hali piyoz soʻrashga meni yuborishardi. Qoʻshni ha-
qi — ilinganlarini ham men orqali chiqarishar edi. Yoni-
mizda Yusuf aka degan kishi turar, koʻchada meni koʻrib
qolsa, chaqirib olib, bir kosa qoʻlbola vino quyib, dadam-
ga berib yuborardi. Men ehtiyotlab koʻtarib ketardim.
Bir safar limmo-lim toʻla kosadan toʻkilmasligi uchun bir
hoʻplam ichib ham koʻrganman. Mazasi yoqmagan. Yetti
yot begona boʻlsak ham, hamma qoʻshnilarni buvi, xola,
amaki, kennayi deb chaqirardik. Buvimning dugonalari
bir-birlarini opam, singlim degandan keyin, hammalari
bizga xola boʻladi-da!
Bir oyda bir marta buvimning ulfatlari «gap»ga yi-
gʻilardi. Buvimning navbatlari kelganda bir kun oldin-
dan yaxshilab tayyorgarlik koʻrardik. Ota-onamning yo-
toqxonalaridagi karavot qoʻshnilarnikiga qoʻyib turilar
278 / OILA MUQADDAS
edi. Qoʻshnimiz Erkin akanikidan katta xontaxta koʻtarib
chiqib, atrofiga ohori toʻkilmagan koʻrpachalar solinar-
di. Oʻsha koʻrpachalarda dumalash biram maza ediki... Bir
kun oldindan dasturxon tuzab qoʻyilar, singillarim «teg-
malaring, mehmonga atalgan» degan taqiqqa soʻzsiz rioya
qilardi. Lekin men bunaqa ogohlantirishlarni oʻzimga
olmasdim, taqsimchalardagi yongʻoq, mayizlardan choʻqi-
lab, tagiga yongʻoq poʻchoqlari tiqib, oʻrnini toʻldirib qoʻ-
yardim, xuddi tegilmaganday turardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |