Dan, Internet va korporativ tarmoqlarga joylash orqali tijorat maqsadida foyda



Download 24,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/58
Sana06.07.2022
Hajmi24,24 Mb.
#750789
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   58
Bog'liq
Komil Allamjonov - Allamjonov Aybdor

 Eng qizigʻi, gidroksixloroxinga qarshi chiqqan mutaxas-
sislar aynan oʻzi aytgandek amaliyotchi shifokorlar, Sogʻliqni 
saqlash Milliy palatasiga aʼzo boʻlgan olimlar edi. Bu shifo-
tonda plakvenil yordamida oʻn ikki ming odam tuzalga-
nini aytib oʻtdi. 
Oʻsha yerda, anjumanning oʻzida kutilmaganda «Do-
ri-Darmon» kompaniyasining boshqaruv raisi Umida Sa-
lixbayeva soʻzga chiqib qoldi. 
Uning nutqidan olingan iqtiboslar birpasda butun oʻz-
bek internetiga tarqab ketdi. U gidroksixloroxinni davo-
lash yoʻriqnomasidan chiqarib tashlash siyosiylashtirilgan 
masala ekanini, bu Donald Tramp bilan JSST oʻrtasida-
gi kurashga bogʻliqligini aytdi. Uning soʻzlarini eshitib,
toʻgʻrisi, oʻzim uyalib ketdim. Dori-darmon sotadigan far-
matsevt rasmiy matbuot anjumanida soʻzga chiqib, oʻzi so-
tayotgan dorini zoʻr berib himoya qilayotgandi. Farmat-
sevtika — katta biznes, kimlardir iloji boricha koʻproq 
tovarini oʻtkazishi muhim. Ularni sizning salomatligingiz 
qiziqtirmaydi, bu oddiy oldi-sotdi, xolos. Masalan, chips 
ishlab chiqaruvchilarning sizni pankreatit bezovta qi-
lishi bilan ishi yoʻq, muzqaymoq sotuvchilarga anginan-
giz borligining farqi yoʻq, xohlang oling, xohlang olmang,
oʻzingiz uchun oʻzingiz jon kuydirasiz. Salixbayeva bizga 
ham tekkizib gap tashlab qoʻydi: «Amaliyotchi shifokor-
larga quloq solish kerak, oʻzicha allaqanday saytlar ochib 
olgan «orakul» (azayimxonlarga) emas…»
259 / SSV BILAN GIDROKSIXLOROXIN TUFAYLI KURASH


korlar Sogʻliqni saqlash vaziri Shodmonov imzolagan huj-
jatni ilgari surayotgan edilar. Vazir esa unga imzolaganini 
toʻsatdan «esidan chiqarib qoʻydi», jon-jahdi bilan bu dori-
ni hech kim yoʻriqnomadan chiqarmaganini isbotlashga ha-
rakat qildi.
Bemorlar bu doridan voz kechayotgani uchun «Tez yor-
dam» koʻrsatuvini ayblashdi. Chunki endi odamlar klini-
kalarda «osma ukol» olishdan bosh tortadigan, oʻzlariga 
berilayotgan dorilarning nojoʻya taʼsiri yoʻqmi, deb dok-
torlardan soʻraydigan, tavsiya etilgan dorilarning yoʻriqno-
malarini oʻqiydigan boʻlib qolishdi. Ilgari bizda bunaqasi 
boʻlmagan edi. Chunki biz shifokorlarga toʻliq ishonib ke-
lardik. Nima boʻlganda ham, bu oʻzgarishlar sabab koʻp-
chilikning sogʻligʻi, balki hatto hayoti ham saqlab qolin-
gandir.
Biz birorta qonunni buzmadik, koʻrsatuvimizda Be- 
shinchi yoʻriqnoma koʻrsatmalari haqida gapirdik, odam-
larga faqat Milliy innovatsion sogʻliqni saqlash pala-
tasi maʼqullagan narsalarnigina tavsiya qildik. Buni 
qarangki, dorini targʻib qilayotgan Oqilovning oʻzi gid-
roksixloroxin chiqarib tashlangan Beshinchi yoʻriqnomani 
ishlab chiqqan Palata ishchi guruhining aʼzosi edi. Keyin 
hech qanday tadqiqotsiz, JSST tavsiyalariga zid ravishda 
bu dorini yana yoʻriqnomaga kiritib qoʻyishdi. Navbat-
dagi matbuot anjumanida bir jurnalist: «JSST bu dori-
ni yoʻriqnomadan olib tashlagan edi, butun dunyo undan 
voz kechdi, siz boʻlsangiz uni yana bemalol kirityapsizmi?
260 / SSV BILAN GIDROKSIXLOROXIN TUFAYLI KURASH


Bu borada respublika miqyosida tadqiqotlar oʻtkazildi-
mi?» — deb soʻradi. Unga javoban Oqilov: «Hozir tadqiqot 
oʻtkazishga vaqtimiz yoʻq», — deb javob berdi. Gidroksi- 
xloroxin yana aholiga tarqatila boshlandi. Qonunga koʻra, 
qator tadqiqotlar oʻtkazilmagan dorilar ommaviy davo-
lash uchun qoʻllanilishi mumkin emas. Lekin bunga birov 
boshini qotirarmidi…
Millatning salomatligi degan muhim bir qadriyat bor. 
Har bir davlatning sogʻliqni saqlash tizimi fuqarolarining 
barcha ogʻriqli nuqtalarini oʻrganadi, sinchiklab statistika 
yuritadi va bor kuchini salbiy koʻrsatkichlarni kamayti- 
rishga tashlaydi. Sportni targʻib qiladi, axborot-sogʻlom-
lashtirish dasturlarini olib boradi, odamlarni sogʻlom boʻ-
lishga qiziqtiradi. Lekin kimningdir manfaati deb hech 
qachon aholi ustida tajriba oʻtkazmaydi. Tibbiyot sohasi-
da ayniqsa ehtiyot boʻlish kerak, halol boʻlish shart. 
Milliy TV va Mass-media fondining yigirma kishi-
lik jamoasi bu koʻrsatuvni yetti kun davomida tayyorlab, 
efirga uzatib bordi. Yetti kun tayinli uyqusiz, dam ni-
maligini bilmay, xalq uchun foydali maʼlumotlarni iloji 
boricha kengroq tarqatish uchun barcha imkoniyatlarni 
ishga soldi. Bir kunga qolmay, koʻrsatuvning ramzi, kon-
septi tayyor boʻldi, ssenariysi yozildi. Eng muhimi — stu-
diyaga tinmay qoʻngʻiroq boʻlib turgan holda, orada ka-
salxonalardan ham jonli reportajlar berib, oʻta murakkab 
jonli efir olib borildi.
261 / SSV BILAN GIDROKSIXLOROXIN TUFAYLI KURASH


 Men esa oʻsha yetti kun davomida oʻzimni Poznerdek52 
his qildim. Qizigʻi shundaki, deyarli hech kim meni tanqid 
qilmadi, koʻrsatuvning foydaliligi va dolzarbligi ortiqcha 
gapga oʻrin qoldirmadi, shekilli.
Lekin SSV bilan kelishmovchilik tufayli boshim janjal-
ga qolib ketdi va koʻrsatuvni toʻxtatishga majbur boʻldim. 
Yana kim aybdor? Allamjonov-da!

Download 24,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish