272 / SIFATLI TAʼLIM NIMADAN BOSHLANADI?
Men AOKAdan ketganim
uchun darsliklar masalasi-
ni oxiriga yetkazolmadim. Lekin shu laboratoriyani tash-
kil qildim, faqat darsliklar bilan shugʻullanadigan kishi-
larning maxsus guruhini tuzdim. Biz ular bilan birinchi,
ikkinchi va uchinchi sinflar uchun darsliklar tayyorladik.
Birinchi sinfdan oʻn birinchi sinfgacha boʻlgan Milliy
taʼlim tizimini ishlab chiqish rejam bor. Bunga besh yil ke-
tadi. Bir yili oʻtdi, toʻrt yil qoldi. Xudo xohlasa, toʻrt yildan
keyin men Oʻzbekiston uchun eng zoʻr taʼlim tizimini, zoʻr
metodikani va multimediali darsliklarni taqdim qilaman.
Taʼlim tizimining sifatini baholovchi xalqaro baholash
tizimlari bor. Masalan, PISA — oʻquvchilarning taʼlim
faoliyatini baholashning xalqaro tizimi.
Bu tashkilot har besh yilda turli davlatlarning taʼlim ti-
zimlariga obyektiv baho beradi. PISAning reyting roʻyxa-
tiga 180 mamlakat kiritilgan. Biz bu reytingda nechanchi
oʻrindamiz, deysizmi? Biz
bu reytingga hatto kirmagan-
miz ham. Xalqaro ekspertlar nazarida bizda taʼlimning
oʻzi yoʻq.
Orzum shuki,
bir kun kelib, Oʻzbekiston
nafaqat bu
reytingga kiradi, balki unda munosib oʻrin ham egallaydi.
Shu joyiga kelganda kitobni diqqat bilan oʻqiyotgan
odamda: «Xoʻsh, Allamjonov
bundan qancha pul ish-
larkin?» — degan savol tugʻilsa, men uni tabriklayman.
273 / SIFATLI TAʼLIM NIMADAN BOSHLANADI?
Demak, mening motivatsion fikrlarimni bekorga oʻqima-
yotgan ekan.
Ehtimol, Allamjonov kattagina pul ishlab qolar. Har
holda, shunaqa umidim ham bor. Besh yil kichik muddat
emas, ungacha hamma narsa boʻlishi mumkin, buni yaxshi
tushunib turibman. Bunday loyihalarda doim tavakkal qi-
lishga toʻgʻri keladi.
Lekin men oddiy olibsotarlik qilmoqchi emasman.
Shunchaki, bir narsani sotib olib, keyin ustiga qoʻyib pul-
lash niyatim yoʻq. Bilaman, oldi-sotdi qilish oson, men bu
ishni rosa boplayman, falon joydan bir narsani olib, falon
joyda sotaylik, koʻchmas mulklarga, qurilishga, tovarlarga
pul tikib, dividend olib oʻtiraylik, degan takliflar har uch
kunda kelib turadi. Koʻp doʻstlarim dunyoning turli nuq-
talarida biznes ochib qoʻygan, ular mustaqil ravishda yu-
rib turibdi, egasiga kafolatlangan daromad keltiryapti. Ha,
buning orqasidan katta pul keladi. Lekin men shunchaki
pulni koʻpaytirish bilan shugʻullanmoqchi emasman.
Bu kitobni oʻqiyotganlar va boyib ketish niyatida yur-
ganlar, gapimni eslab qoling. Boylikning emotsional qiyma-
ti ham boʻladi. Boyib ketgandan keyin «Men nimaga erish-
Do'stlaringiz bilan baham: