Dan, Internet va korporativ tarmoqlarga joylash orqali tijorat maqsadida foyda


 / SIFATLI TAʼLIM NIMADAN BOSHLANADI? 269 /



Download 24,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/58
Sana06.07.2022
Hajmi24,24 Mb.
#750789
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58
Bog'liq
Komil Allamjonov - Allamjonov Aybdor

268 / SIFATLI TAʼLIM NIMADAN BOSHLANADI?


269 / SIFATLI TAʼLIM NIMADAN BOSHLANADI?
«Boʻpti, bizga 25 foiz chegirma qilib bering, shunda otkat-
dan qutulasiz», — dedik.
Keyin darsliklarning mualliflarini chaqirtirdik. Oʻzim-
cha ularga «Bunaqa koʻp yozishni bas qilinglar…» mazmu-
nida maʼruza tayyorlab qoʻygandim. Qarasam, yigʻilgan-
lar professional mualliflar emas, oddiy oʻqituvchilar ekan. 
Endi tasavvur qiling, oʻqituvchi bir kunda qancha vaqti-
ni maktabda oʻtkazadi? Uyida ham nazorat ishlari, uyga 
vazifalarni tekshiradi, oʻzi darsga tayyorlanadi. Qarab-
sizki, darslik yozishga umuman vaqti ortmaydi. Bechora 
faqat kirish soʻzini boshqatdan yozadi, tamom. Bu darslik-
lar boshidayoq sovet paytidagi kitoblardan koʻchirilgan,
u yer-bu yerga oʻzgarish kiritilgan, baʼzi joylari olib tash-
langan, nimadir qoʻshilgan, kesilgan, ulangan, xullas, ras-
vosi chiqarilgan. Yana yil sayin battar rasvosi chiqarilave-
radi. 
Bir misol keltiraman. Maʼlum boʻlishicha, davlat darslik 
ishlab chiqishga buyurtma berib, buning uchun haq toʻ-
lar ekan. Ammo mualliflik huquqi buyurtmachida emas, 
mualliflarda qolarkan. Boshqa joyda shu ish uslubi toʻgʻ-
ri boʻlar, lekin davlat buyurtmasida emas-da, baraka top-
kurlar! 
Demak, bironta darslik davlat mulki hisoblanmas ekan! 
Mualliflarga Xudo berib qolibdi: darslikni chop qilish 
uchun albatta ulardan ruxsat olinar ekan. Bir darslikning 
muallifi vafot etibdi, mualliflik huquqi meros boʻyicha 


270 / SIFATLI TAʼLIM NIMADAN BOSHLANADI?
 Shuning uchun koʻp darsliklarning sifati tushib ketib-
di. Maktablarga deb har qancha muhtasham binolar qurib 
tashlamaylik, u yerda qanchalik zamonaviy innovatsiyalar-
ni joriy qilmaylik, maktab dasturi, oʻquv metodikasi yaxshi 
boʻlmasa, taʼlim tizimi ijobiy tarafga oʻzgarmaydi.
farzandlariga oʻtibdi. Farzandlari esa bu merosni boʻ- 
lisha olmay, sudlashib yurishganmish. Darslik chop qili-
nishi kerak, huquq egalari esa oʻzaro kelisholmay, bunga 
ruxsat bermayotgan emish! Gʻirt ahmoqgarchilik! Bolalar 
maktabda darslik poylab oʻtirishibdi, bu yoqda muallif-
ning bolalari meros talashib yotibdi.
Xalq taʼlimi vazirligi maktab formasini joriy qilmoq-
chi boʻlgani qanchalik asabga teggani esimda. Ayni qat-
tiq kirishib, darsliklar bilan shugʻullanayotgan vaqtim edi. 
Saida bilan oʻz fikrimizni bildirdik: hoy baraka topkurlar, 
tuzukroq darsliklarimiz yoʻq, metodikamiz yoʻq, oʻqituv-
chilarimiz yetishmaydi, siz boʻlsangiz kiyim haqida qay-
gʻuryapsizmi? Mayli, Toshkentda yashaydiganlar bir amal-
lab bolasiga yangi forma sotib olar. Lekin boshqalar-chi? 
Oilada bir emas, bir necha oʻquvchi-farzand boʻlsa-chi?
Maktab formasi bekor qilingandan keyin, baʼzi toʻqi-
machilar norozi boʻlib chiqishdi. «Ha, tinchlikmi?» desak, 
maktab formasini tikish bozori allaqachon taqsimlab qoʻ-
yilgan ekan, hatto gazlama-yu furnitura yetkazib beruv- 
chilar aniq emish. Chunki hammasi bitta qoʻldan oʻtar-
kan! «Biz maktab formasini allaqachon tikib qoʻyganmiz, 


271 / SIFATLI TAʼLIM NIMADAN BOSHLANADI?
endi qayoqqa boramiz, kimga sotamiz?», — deyishyapti. 
Boradigan «adres»ni chiroyli qilib tushuntirib qoʻydik. 
Otang bozor, onang bozor! Yurtimiz allaqachon bozor 
munosabatlariga oʻtib boʻlgan.
 Xullas, Vazirlar Mahkamasining qarori qayta koʻrib 
chiqilib, oʻzgartirildi, maktab formasi bekor qilindi, shun-
ga erishdik. Shuningdek, biz Vazirlar Mahkamasining yana 

Download 24,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish