Maxsuma buvimning ulfatlari har oyda
«gap»ga yigʻilishardi.
Bolaligimning eng iliq, eng yorqin xotiralari.
279 / OILA MUQADDAS
Rahmatli buvim xushchaqchaq ayol edilar, qoʻshiq ay-
tishni boplardilar, chiroyli raqsga tushardilar. Qayno-
na-kelin rosa apoq-chapoq edi, uyda biror marta janjal
koʻtarilganini bilmayman. Buvimning nimadandir jahllari
chiqsa, eshikni qarsillatib yopib, qoʻshnilarnikiga chiqib
ketardilar. Qaytib kelganlarida hech kimga indamas,
280 / OILA MUQADDAS
onam esa atroflarida parvona boʻlib, koʻngillarini olish-
ga harakat qilardilar. Oyim tugʻruqxonaga navbatchilikka
ketganlarida buvim bizga qarab oʻtirar va kelinlari buning
uchun ulardan juda minnatdor edi.
Oʻzi har qancha rahmat aytsalar arzirdi, chunki men
juda shoʻx bola boʻlganman. Buvimga quloq solmasdim,
asablariga tegaverardim, nuqul u-bu gʻalva boshlab yurar-
dim. Toʻgʻrirogʻi, quloq solardim-u, lekin gaplari bir qu-
logʻimdan kirib, ikkinchisidan chiqib ketar, oʻz bilganim-
dan qolmasdim. Kichik singlimni koʻproq erkalaganlariga
qizgʻangan boʻlsam kerak. Buvim har oy nafaqa olganlari-
da oʻsha singlimni uyimizning burchagidagi doʻkonchaga
yetaklab chiqib, yurakka yaqin «seyf»dan («eng ishonchli
seyf shu» — derdilar) pul chiqarib, unga shirinliklar olib
berardilar. Menga esa odatda hech narsa olib bermas edi-
lar, chunki ungacha albatta nimadir ishkal chiqargan boʻ-
lardim va buvim meni shunaqa qilib tarbiyalardilar.
Uncha sirtlariga chiqarmasdilar-u, lekin baribir meni
juda yaxshi koʻrganlar. Koʻp dakki bersalar ham, doim hi-
moya qilganlar.
Mahallamizda bir qiz yashardi, menga rosa yoqib qol-
gandi. Uning eʼtiborini qaratish uchun jigʻiga tegib, bir
balolar deb, jahlini chiqaradigan boʻldim. Ayol kishi seni
sevib qolishi uchun yana nima qilish kerak axir?! Qarab-
sizki, bir kuni qizning dadasi meni aynan shunaqa qiliq
ustida tutib olib, yoqamdan koʻtarib, yaxshilab tarsaki
281 / OILA MUQADDAS
tushirdi. Buni koʻrib qolgan buvim burgutdek uchib kelib,
uning changalidan meni tortib olganlar.
Faqat qizlarni xafa qilish bilan cheklanib qolmas edim.
Qachon qarasa oʻzimdan kattaroq bolalar bilan mushtla-
shib yurar, keyin ularning ota-onalari biznikiga shikoyat
qilib kelishardi. Omadimni qarangki, ular doim kundu-
zi, ota-onam ishda boʻlgan paytda kelib qolishardi, uyda
faqat buvim boʻlardilar. Buvim bolalarning dadalari bilan
muzokara olib borishga usta edilar.
— Oʻrgilay sendan, nima qil deysan axir? Ha endi uri-
shib qolishibdi, bola-da! Hozir arazlashib, yana birpasda
yarashib ketishadi, endi sen — kap-katta odam shu yosh
bolaga qoʻl koʻtarasanmi? Qoʻyaqol, qoqindiq. Men oʻzim
taʼzirini berib qoʻyaman.
Oʻzimiz qolganimizda meni rosa urishar, dadangga ay-
taman deb poʻpisa qilardilar, men esa dadamdan oʻlgu-
dek qoʻrqardim. Lekin yaxshilab kuzatsam, buvim hech
qachon oʻgʻillariga aytib bermas ekanlar. Shundan keyin
choʻchimay qoʻyganman. Bir safar aytib berganlarida
dadam menga yomon baqirib tashladi, buvim shu zahoti
yana himoya qilishga tushdilar:
— Voy, muncha baqirasan bolaga? Bir ogʻiz gap gapirib
boʻlmaydimi endi senga?! Kelaqol oʻzimga, bolajonim, yigʻ-
lama... — buvim shunday deb, meni qanotlari ostiga oldi-
lar. — Boʻldi, ikkinchi qilmaydi...
Shundan keyin faqat onamga shikoyat qiladigan boʻl-
ganlar.
Bir safar kutilmaganda qish erta kelib qolib, gupillab
qor yogʻib berdi. Ota-onam hali menga qishki oyoq kiyim
olib berishmagan ekan. Ertalab maktabga buvimning
mahsi-kalishlarini kiyib ketdim. Onam navbatchilikdan
kelsalar, buvim: «Oʻgʻlingiz maktabga mening mahsi-ka-
lishimda ketibdi…» — debdilar. Onam oyoq kiyimimni
koʻtarib, buvimning mahsi-kalishlarini qaytarib olib ke-
lish uchun maktabga yugurganlar...
Afsuski, oradan koʻp oʻtmay, buvimning mazalari qo-
chib qoldi. Alsgeymer kasalligi boshlangan ekan. Endi
ularni uyda yolgʻiz qoldirib boʻlmasdi. Buvim hech kimni
tanimay qoʻydilar, atroflarini begona odamlar oʻrab olib,
ularni oʻldirish uchun hujum qilayotgandek tuyuladigan
282 / OILA MUQADDAS
Do'stlaringiz bilan baham: |