Dadamning ota-onalari. Aʼlamjon buvam qori boʻlganlar.
Maxsuma buvim meni ministr boʻladi, derdilar.
boʻlib qoldi. Bir kuni nimadir boʻlib, uydan chiqib ke-
tibdilar! Zoʻrgʻa topib kelganmiz. Onam ikki yil hech qa-
yoqqa qimirlamay, buvimga qarab oʻtirdilar. Keyin esa
buvim yiqilib, qoʻllarini sindirib oldilar. Shundan keyin
yotib qoldilar. Har kuni ertalab onam ikkimiz buvimning
baqir-chaqirlari, qarshilik koʻrsatishlariga qaramay, oʻrin-
laridan turgʻizib, hammomga olib kirib, yuvintirardik.
Lekin baʼzan buvim oʻzlariga kelib qolar, birdan xotiralari
tiklanib, meni, onamni tanib qolardilar, hatto onamning
ismlarini aytib, duo qilardilar.
Buvim oʻlim toʻshagida yotganlarida birgina onamning
ismi — Gulnorani eslardilar. Boshqa hech kimni — da-
damni ham, ammalarimni ham tanimasdilar. Faqat «Gul-
nora! Gulnora!» deb oyimni chaqiraverardilar. Omonat-
larini topshirgan kuni oyim navbatchilikka ketgandilar,
buvim oxirigacha kelinlarining yoʻliga koʻz tikib yotib,
oyim kelishlari bilan jonlari uzildi.
Bir kuni dadam gapirib qoldilar:
— Onang har qancha injiqlik qilsa ham, men undan he-
cham xafa boʻlmayman. Nima qilsayam indamayman.
— Nega unaqa deyapsiz, ada?
— Men oyingdan umrimning oxirigacha roziman.
Chunki katta oyingga shuncha qaradi, oq yuvib-oq taradi.
Men Maxsuma buvimni «katta oyi» deb chaqirardim.
Buvimning sirli sandigʻi boʻlardi. Kalitini burasa, ochila-
283 / OILA MUQADDAS
yotganda ichidan gʻaroyib ohang taralardi. Men erta-yu
kech oʻsha kalitni qoʻlga kiritish, sandiqni ochish uchun
payt poylar edim. Buvim sandiqning tovushini eshitishla-
ri bilan yetib kelardilar.
— Yana sandigʻimni tityapsanmi, umring uzoq boʻlgur
Komil?! Qachon kalitimni oʻmara qolding?
Bir tergab qoʻygan boʻlardilar-u, keyin yonlariga oʻtqi-
zib olib, «xazina»larini koʻrsatardilar. Sandiq ichida ming
xil mayda-chuyda, eski fotosuratlar, ozroq pul va ikki boʻ-
lak oq surp...
— Bu — oʻlimligim. Men oʻlsam, meni mana shunga
oʻraysizlar…
— E, unaqa demang, katta oyi! Siz hech qachon oʻlmay-
siz!
Qaniydi, hozir buvilarim tirik boʻlganida, oʻzlari orzu
qilgandek Komil nevaralarining kamolini koʻrishganida
edi. Oyoqlari tagiga butun dunyoni toʻkib tashlagan boʻ-
lardim. Ular menga bergan mehr-muhabbatni oqlardim…
Oyimning onalari ham erta vafot etgan. Bolalik xoti-
ramda bu buvimning uylaridagi oʻziga xos ifor va ertayu
kech maqom taralib turadigan radio saqlanib qolgan. Shu-
ning uchun maqom eshitsam, yoshligimga qaytgandek
boʻlaman.
284 / OILA MUQADDAS
Oyimning ota-onalari — Asqar dodam va Bashorat buvim.
285 / OILA MUQADDAS
Bashorat buvim har safar nafaqalaridan men uchun
pul ajratib, yashirib qoʻyar edilar: «Muzqaymoq olarsan...»
Har doim «Sen mening eng yaxshi koʻrgan nabiramsan»,
derdilar. Buvimning ikkinchi erlari — Asqar doda men
uchun oʻzimning bobomdan ham yaqinroq edilar. Biz
tomon hamma toshkentlik, Asqar dodam esa fargʻonalik
edi. Asqar dodam buvimni nikohlariga olgach, qizlariga
haqiqiy otalik qilganlar, ularni oʻz farzandlaridek koʻrib,
mehr bilan voyaga yetkazganlar.
Asqar dodam hayitning birinchi kuni vafot etdilar. Koʻ-
chada oppoq, top-toza, momiq qor yotar, lekin havo iliq,
quyosh charaqlab turardi. Dodamning tobutini Hasti-
mom masjidiga ibodatga kelgan minglab odam qabriston-
gacha koʻtarib borgan. Hayotlari davomida qilgan qaysi-
dir ishlari Xudoga yoqqani uchun u kishiga mana shunday
goʻzal xotima nasib qilgan boʻlsa kerak, deb oʻylagandim
oʻshanda.
Bashorat buvim xokisor, haqiqiy oʻzbek ayoli edilar.
Asqar dodam ham mehnatkash, soddadil inson sifatida
xotiramda qolgan. Allohim ularni rahmatiga olgan boʻlsin.
Dadamning onasi — katta oyim ham yoshligida beva
qolgan, buvam vafot etgach, ikkinchi marta turmush-
ga chiqmagan. «Malika» fabrikasida ishlab, roʻzgʻor teb-
ratgan. Dadam ham, amakim ham juda erta mehnat qila
boshlaganlar.
— «Sotkam»ni beringlar...
Dadam har kuni ertalab ishga ketishdan oldin soʻrab ola-
digan «sotka»si toʻrtburchak qilib kaftdek taxlangan qora
paket edi. Oʻsha kuni mashina tuzattiradigan mijoz chiqsa,
kechqurun «sotka»-paketda oziq-ovqat kelardi. Mijoz
boʻlmasa, «sotka» taxi buzilmay qaytib kelar edi.
Kichkinaligimda uyda menga qarab turadigan odam
boʻlmasa, oyimning ishxonasiga borardim. Hech kimning
koʻzi tushmasligi uchun bir chekkada jimgina oʻtirardim.
Bir kuni vitaminlar turgan shkafni koʻrib qoldim! Ana
omad-u mana omad! Shkafni ochib, tilim sap-sariq boʻlib
ketgunicha askorbinkani uribman oʻziyam...
286 / OILA MUQADDAS
Do'stlaringiz bilan baham: |