Dan, Internet va korporativ tarmoqlarga joylash orqali tijorat maqsadida foyda



Download 24,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/58
Sana06.07.2022
Hajmi24,24 Mb.
#750789
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58
Bog'liq
Komil Allamjonov - Allamjonov Aybdor

 Ishqilib, oʻzimcha rosa aqllilik qildim. Menimcha, IIV va MXX-
ning «qora roʻyxat»iga oʻshanda tushib qolgan boʻlsam kerak.
Nima qipti, tinch aholi keladi-ku! Sizlarda yuzlab 
«tinchmas» aholi kelsayam, olomon bilan ishlash usullari, 
dasturlari bormi? Bahonada oʻsha taktikalarni bir sinov-
dan oʻtkazib, takomillashtirib olasiz! Shu tadbirda sinab 
olinmasa, yana qachon bunday imkon boʻladi?! Davlatdan 
bir tiyin soʻrayotganim yoʻq, hammasini oʻzimiz qilyap-
miz, Vatanning obroʻsi uchun, bayrogʻimiz shaʼni uchun 
qilyapmiz, — dedim men. Bunaqa gaplarimdan ularning 
battar ensasi qotdi. Oxiri koʻnishdi, lekin baribir tashki-
liy tomondan hamma xavotirda edi va men ularning hola-
tini juda yaxshi tushunib turardim. 
229 / KATTA OSH
Baxtimizga, Prezidentimizning bu boradagi fikrlari 
butunlay boshqacha edi. «Boʻldi, yetar shuncha taqiqlar. 
Mamlakatda ommaviy bayramlar madaniyatini ham ri-
vojlantirish kerak. Taqiq bilan hech nimaga erishib boʻl-
maydi. Faqat rasmiylar uchun bayram uyushtiravermay-
lik, xalq ham bir dam olsin. Tashabbuskor yoshlarning 
yoʻliga toʻgʻanoq boʻlaverish yaxshi emas», debdilar. Bosh 
vazir Abdulla Aripov «Brodvey»ga kelib, organ xodimla-
riga «Yoshlarga yordam berish kerak, bu rostdan ham dav-
latga obroʻ keltiradigan tadbir, haqiqiy milliy bayram boʻ-
ladi», degan gapni aytdi.
Nihoyat, oʻsha kun keldi! Oshpaz yigitlar pand berish-
madi. Jarayon boshidan oxirigacha toʻgʻridan toʻgʻri efir-


230 / KATTA OSH
ga uzatib turildi — oʻzimizning televideniyedan tashqari, 
xorijiy telekanallar ham bu ajoyib bayramni tasvirga olib 
koʻrsatishdi. Albatta, butun dunyo facebookchilari ham 
tadbirni kuzatib turdilar. 
Masalliqlar miqdori ham rekordga yarasha edi. Palov-
ga ikki tonna qoʻy va mol goʻshti, salkam ikki tonna gu- 
ruch, uch tonna sabzi bilan piyoz, toʻrt yuz litr yogʻ, ikki 
yuz kilo qoʻy yogʻi ketdi. Osh ham haqiqiy toʻy oshi boʻl-
di — bir dunyo noʻxat, mayiz, zarchoʻva, zira solindi. Rosa 
shirin osh chiqdi! 
Chustiy ham, men ham baxtiyor edik. Niyatimizga yet-
dik, eng katta qozonda bittada eng koʻp osh damlagan 
mamlakat sifatida bizni Ginnesning Rekordlar kitobiga 
kiritishdi.
Umuman olganda, bayram yaxshi oʻtdi. Endi, ish bor 
joyda kamchilik boʻlishi tabiiy, oz-moz dilxiralik ham yuz 
berdi. Bahaybat qozonda tayyorlanayotgan oshni yaqin-
dan koʻraman deganlarning hafsalasi pir boʻldi. Biror 
noxushlik yuzaga kelmasligi uchun bunga ruxsat berilma-
di. Odamlar toʻsiqlar ortidan, uzoqroqdan tomosha qilish 
bilan kifoyalanishiga toʻgʻri keldi. 
Baʼzilar alamini ijtimoiy tarmoqlarga toʻkib soldi. Uyi-
dan togʻora-yu kastryulka koʻtarib kelib, osh tarqatila-
yotganda atrofdagilarni itarib-turtib, odamlarning bo- 
shiga chiqib ketgudek boʻlganlar, shallaqilik qilganlar


ayniqsa kayfiyatni buzdi. Koʻpchilik bir chekkada turib, 
bu ur-surni telefoniga olgan ekan. Shuning uchun xuddi 
butun Toshkent qoʻlida kastryulka bilan yopirilib kelgan-
dek tasavvur hosil boʻldi.
Oʻtkazgan tadbirimiz Oʻzbekistonda birinchi marta 
Ginnes kitobi uchun tayyorlangan oshning oʻzigina emas. 
Bu shaxsiy fikrni erkin ifodalaydigan davrning boshla-
nishi edi. Mamlakat uzoq yillik gʻaflatdan uygʻonayotgan-
di. Keyingi paytda festivallar, tadbirlar, xalq sayillari koʻ-
payib, biz uchun oddiy hol boʻlib qoldi, oʻtgan kunlarni 
esdan ham chiqarib yubordik. Atigi bir necha yil oldin esa 
hech kim odamlarga xursandchilik ulashish haqida oʻylab 
oʻtirmasdi. 
Men bu loyihaga ancha pul sarfladim. Yuqorida aytga-
nimdek, pul masalasi muammolarning eng kichigi boʻldi, 
pul oʻzining ishini bajardi.
Pulni yaxshi koʻrish kerak, shunga arziydi.
Asosiysi — pul deb vijdonni sotib yubormaslik. Bu 
savdo juda qimmatga tushadi.
231 / KATTA OSH



233 / PANDEMIYA
Ikki ming yigirmanchi yil hayotimizni ostin-ustun qilib 
yubordi, hammamiz bu yil nihoyasida butunlay bosh- 
qa odamlarga aylandik. Men ham boshqa odam boʻlib qol-
dim. Oldingi qadriyatlar, istak-xohishlar ancha xira tort-
gandek. Saida jurnalistlar bilan bir uchrashuvda juda 
toʻgʻri gapni aytdi: «Endi bilsak, biz uchun eng muhimi —
yaqin insonlarimizning doim yonimizda boʻlishi ekan».
Mening pandemiyam 2020-yil 15-martda boshlandi. 
Hammomda.
Oilamiz bilan toqqa chiqqandik. U paytda hech qaysi-
miz bu virusdan qoʻrqmas, vahimasi qayerdadir uzoqlar-
da tarqalayotgan bu balo bizgacha hech qachon yetib kel-
maydigandek edi. Keyin esa birinchi bemor — chet eldan 
kelib, analiz topshirgan ayol paydo boʻldi. Uni deb bizning 
mamlakat ham nihoyat jarayonga kirishib ketdi. Rasmiy 
PANDEMIYA
— ◆ XV ◆ —


shaxslar ijtimoiy tarmoqlardan, minbarlardan ayolning 
ustiga rosa magʻzava agʻdarishdi. Vaholanki, u epidemiya 
boʻsagʻasini belgilab berdi, xolos.
Biz esa bu paytda oilamiz, doʻstlarim bilan togʻda dam 
olib yurgan, yomonlikni xayolimizga ham keltirmayotgan 
edik. Aka-ukalarim bilan hammomda oʻtirgandik, u yerda 
telefon yaxshi olmaydi. Dahlizga chiqsam, rosa qoʻngʻiroq-
lar boʻlibdi. Orasida Saidaning raqami ham bor. Shu zaho-
ti qaytarib qoʻngʻiroq qildim.
— Komil Ismoilovich. Biz ham karantinga yopiladigan-
ga oʻxshayapmiz. Shu karantin davri axborot siyosatini 
ishlab chiqsak yaxshi boʻlardi, vahima, tushunmovchilik-
lar tarqalmasligi uchun. Keling, bir oʻylab koʻraylik. 
Men noutbukimni opkeltirib, oldimga telefonlarni tax-
lab qoʻyib, reja tuzishga kirishdim. Yuzaga kelishi mum-
kin boʻlgan asosiy muammo — axborotning yo tarqoqligi, 
yo umuman yoʻqligi. Demak, butun axborot makonini bir- 
lashtirish zarur. Qanday qilib? Bunday vaziyatda eng bi-
rinchi masala odamlarning hali u, hali bu eʼtiborga loyiq 
fikrlar orasida sarson boʻlmasligi, ularga tekshirilgan va 
muhimi, rasmiy maʼlumotlarni yetkazishdir. Hamma ish-
lar xalqning foydasini koʻzlab qilinayotganiga odam-
larning ishonchi komil boʻlishi kerak. Ularning hayoti 
uchun javobgarlar uxlamayotgani, sarosimaga tushmaga-
ni, hamma oʻz vazifasini bilib bajarayotganini his etib tu-
rishlari shart. Aks holda, tartibsizliklar boʻlishi aniq.
234 / PANDEMIYA


 Feyk-yolgʻon xabarlar muammosini ham hal etish kerak 
edi. Chunki xalqimiz juda sodda, ishonuvchan, mish-mish 
bizda ijtimoiy tarmoqdan ham tezroq ish beradi. Bir gap 
butun shaharga tarqab ketishi uchun bir kun yetarli. Un-
gacha ham bormaydi. Qarabsiz-ki, vahima boshlanadi.
Jurnalistlar uchun ham, aholiga axborot yetkazish 
uchun ham yagona format oʻylab topish kerak edi. Cha-
malab koʻrsam, bu borada peshqadamlar sakkiz-oʻnta 
OAV bilan yigirma nafarcha bloger ekan. Undan tashqa-
ri alohida matbuot kotiblari guruhi va jurnalistlar bilan 
amaldorlar oʻrtasidagi vositachilar ham zarur edi.
Men hammaga qoʻngʻiroq qilib, texnik topshiriqlarni 
yozib, jurnalist va blogerlar bilan gaplashib, baqir-chaqir 
qilib, hamma ishni joy-joyiga qoʻyib boʻlib qarasam — 
muzlab qolibman. Telefonlarimning quvvati oʻlgan. Ho-
jatga ham borolmay oʻtiribman. 
Kuni bilan oʻsha hammomning dahlizida, bitta choy-
shabga oʻralib, hech qayoqqa chiqmay, kechgacha ishlab
oʻtiraveribman. 
Butun tizimni bir kun ichida oʻylab chiqib, joriy qil-
dik. «Insayder.uz» kanalining muallifi Sasha Ivanyujenko-
ga qoʻngʻiroq qilib, jurnalist va blogerlarni yigʻib berishni 
iltimos qildim. Shu tarzda yetmish kishidan iborat media- 
shtab paydo boʻldi. Aytish kerakki, shtabga raqobatchi-
lar ham, bir-birini rosmana yoqtirmaydiganlar ham toʻp-
235 / PANDEMIYA


landi. Bu mavhumlik oldidagi Katta Sulh edi. Ochigʻini 
aytganda, ularning orasida menga samimiy munosabat-
da boʻlganlar sanoqli. Lekin hammalari shaxsiy munosa-
batni bir chetga surib, astoydil yordam berishdi. Buning 
uchun ularga katta rahmat. Har birlari bilan faxrlanaman. 
Xavf-xatar vaqtida kelishmovchiliklarni unutib, birla- 
shish — haqiqiy vatanparvarlik. Jurnalistlar amaldorlar-
ning pandemiyaga aloqasi boʻlmagan har qanday kam- 
chiliklariga, gapga noʻnoqliklari, muomala qila olmaslik-
lariga koʻz yumishdi. Qaytaga, ularni qoʻllab-quvvatlab, 
javoblarni toʻgʻri ifodalashga yordam berib turishdi. Bu 
kabi pandemiya oʻtgan asrning boshidan beri endi birin- 
chi marta boʻlayotganini, hech qanday tayyor yoʻl-yoʻriq-
lar yoʻqligini, boʻlishi ham mumkin emasligini toʻgʻri tu- 
shunishdi. Shundan keyin ham bizning Mass-mediani 
dushmanga chiqarishga kimning tili borarkin?
Toʻgʻri, ichki ziddiyatlar, tortishuvlar, hatto baqir- 
chaqirlar ham boʻldi — bunday jamoani boshqarish juda 
qiyin edi. Lekin hamma darhol asosiy vazifani bajarish-
ga kirishdi. Jurnalistlar koʻchadagi vaziyatni, odamlarning 
fikri, ularda qanday savollar tugʻilayotgani haqidagi maʼ-
lumotlarni toʻplay boshlashdi. Bu borada «Potrebitel.uz»-
dagi48 Liliya Nikolenkoning49 yordami juda katta boʻldi. 
Oʻsha paytda kanalning aʼzolari soni 250 mingdan koʻp edi. 
Liliya har kuni odamlarning kayfiyatini kuzatib turib, me- 
dia-shtabga savollar roʻyxatini yuborardi. AOKA bu maʼlu-
motlarni qayta ishlab, jadvallar tuzib, matbuot kotiblariga 
va amaldorlarga tarqatib berar, keyin biz ulardan javob-
236 / PANDEMIYA


lar yoki choralar kutardik. Asosiy savollar Tashqi ishlar va 
Sogʻliqni saqlash vazirliklariga qaratilgan boʻlardi. Tash- 
qi ishlar vazirligi vakillari vatandoshlarni uyga qaytarish 
masalasini, shifokorlar esa xalqni qanday qilib davolash va 
asrashni hal qilishardi.
Viloyat hokimlarining matbuot kotiblaridan iborat 
alohida guruh tashkil etilgan va biz ulardan dolzarb savol-
larga tayyor javob olib, tarqatardik. Butun mamlakat boʻy-
lab axborot yaxlitligini taʼminlash zarur edi.
AOKA va Mass-media fondida feyk xabarlar moni-
toringi boʻyicha ham guruh tuzdik. Instagramdan tor-
tib Yutubgacha hammasini kuzatib bordik. Ogohlan-
tiruv xati shaklini tayyorlab olib, kim axborot sohasida 
qonunchilikni buzsa, shaxsan oʻziga xabarnoma yuborib 
turdik. Ana shunday qilib axborot makonini anchagina 
yolgʻon-yashiqlardan va vahimachilarning konspirologik 
nazariyalaridan tozaladik.
Aslini olganda, mana shu tizim karantinga vazmin-
lik bilan, ortiqcha sarosimasiz kirib kelishimizga yordam 
berdi. Karantindan bir-ikki kun oldin «Supermarketlar 
ham yopilarkan, keyin oziq-ovqatni hech qayerdan topib 
boʻlmas ekan», degan mish-mish tarqalganida qilayotgan 
ishimiz qanchalik toʻgʻriligini anglab yetdik. Undan keyin 
yana bir gap chiqdi: «Oziq-ovqat kam qolgan emish, ham-
maga yetmasmish». Bu feyk xabar birpasda butun shahar-
ga yoyildi. Odamlar vahimaga tushib, bozor va doʻkonlar-
237 / PANDEMIYA


ga yopirilishdi, koʻziga nima koʻrinsa, qoʻliga nima ilinsa, 
grechkadan tortib, hojatxona qogʻozigacha — hammasi-
ni peshtaxtalardan supurib olishdi. Ana shunda markaz- 
lashgan axborot tizimi zarurligiga, busiz shahar boshqarib 
boʻlmaydigan holatga kelishi mumkinligiga ishonch hosil 
qildim.
Bir-ikki kun ichida banner tayyorlab, AOKAda press-
voll oʻrnatib qoʻydik. Shunday qilib, amaldorlar va mat-
buot kotiblari onlayn-brifing koʻrinishida bayonot bera-
digan maxsus joy — press poynt tashkil etildi.
Hamma uyiga qamalib, koʻchaga chiqishga qoʻrqib oʻtir-
gan, aksariyat jurnalistlar masofadan ishlab turgan payt-
da Gulnoza Husanova va «Uzreport» jamoasi Agentlikda 
qolib ishladi. Oʻsha yerdan Dilshod Saidjonov boshchili-
gidagi AOKA guruhi bilan birga har kungi jonli efirlarni 
olib borishdi. Bu haqiqiy qahramonlik edi. 
Koʻpchilik jurnalistlar karantin hududlaridan, kasalxo-
nalardan reportaj qilmoqchi boʻlishar, lekin ularga sti- 
ker — lokdaun sharoitida shahar ichida avtomobilda yu-
rish uchun maxsus ruxsatnoma berilmagan edi. 
Oʻsha paytda AOKA direktori vazifasini bajarayotgan 
Dilshod Saidjonovga dedim:
— Bizga faqat tekshirilgan rasmiy axborotlar qoʻyila-
digan, Telegram verifikatsiyasidan oʻtgan alohida kanal 
238 / PANDEMIYA


kerak. Shu kanal tasdiqlamaguncha, har qanday mish- 
mish feyk hisoblansin.
Dilshod aka Hikmatilla Ubaydullayev50 Oʻzbekiston-
dagi koronavirus holati haqida kanal ochganini, unga bir 
necha ming kishi aʼzo boʻlishga ulgurganini aytdi. Shun-
da biz yurtimizdagi koronavirusga bagʻishlangan hamma 
«.uz»li kanallarni yopishni iltimos qildik. Kimdir rozi boʻl-
di, kimdir ahamiyat bermadi. Xullas, oʻzimizning rasmiy 
axborot manbayimiz — «Coronavirus Info» paydo boʻldi. 
Bu kanalga qisqa muddat ichida bir yarim million odam 
aʼzo boʻlib, Telegramdan maxsus «zangori belgi» oldi. 
Oʻzbekiston 15-martdan karantinga yopildi va 15-iyun-
dagina ochildi. Hozir kimdir karantin befoyda boʻlgani, 
ehtiyot choralari ortiqchalik qilgani, baribir virus ham-
maga yuqib, odamlar kasallangani, iqtisodiyot oʻtirib qol-
gani, uni qayta tiklash qiyinligi haqida gapirishi mumkin. 
Lekin biz bu virus haqida hali hech qanday maʼlumot boʻl-
magan, Italiya, Ispaniya, AQSHda minglab odamlar qi-
rilgan bir paytda yoppasiga oʻlib ketmaslik uchun vaqt-
dan yutdik. Faqat yozga kelibgina davolash protokollari 
chiqarildi, ixtisoslashgan Kovid-klinikalar ishga tushdi, 
Kovid-klinikalarga aylantirilgan kasalxonalar yana eski 
holiga qaytarilib, oʻz yoʻnalishidagi bemorlarni qabul qila 
boshladi. Kasallikning tabiatini, uni qanday qilib davolash 
kerakligi-yu nima qilib davolash mutlaqo mumkin emas-
ligini tushundik. Bu virus yozning jaziramasida kuyib yoʻq 
boʻlib ketmasligini oʻz tajribamizda koʻrdik. Iyul-avgust 
239 / PANDEMIYA


oylari juda ogʻir keldi. Bundan qochib qutulolmas edik. 
Lekin har holda, pandemiyaning avjiga chiqqan davrini 
uyda qolib oʻtkazib oldik. Kimdir bu qarorga eʼtiroz bil-
dirgan boʻlsa, mening javobim shunday: butun mamla-
kat uchun javobgar boʻlish — nihoyatda ogʻir masʼuliyat. 
Bu yukni yelkasiga ortib, hech boʻlmasa bir necha qadam 
yurib koʻrmaganlar hukm chiqarmagani maʼqul.
Kuzatuvlarim boʻyicha oʻsha paytda Prezidentimiz ikki 
yoʻldan birini tanlashdek qiyin vaziyatda edi: yo iqtisodi-
yotni saqlab qolish kerak, yo odamlarning hayotini. Butun 
javobgarlik birgina insonning zimmasida edi. Prezident 
odamlarning hayotini tanladi. Mana endi, oradan vaqt 
oʻtib, bu yagona toʻgʻri qaror boʻlganini koʻrib turibmiz. 
Kovidga chalingan bemorlarning birinchi toʻlqini bu ka-
saldan ogʻir asoratlar bilan chiqdi, chunki unda hali aniq 
nima bilan davolashni bilmay, toʻgʻri kelgan dori-darmon-
ni beraverishgan. Lokdaun tufayli esa biz vaqtdan yutdik 
va davolashning toʻgʻri mexanizmini ishlab chiqish imko-
niga ega boʻldik.
Bu mavzu oʻzimni ham juda qiziqtirib qoldi. Gripp 
bilan koronavirusning grafiklarini solishtirib koʻrdim, 
koʻp ilmiy maqolalarni oʻqib chiqdim, bu kasalning oʻziga 
xosligi nimada ekanini tushunishga harakat qildim.
Shaharda vahima koʻtarila boshladi. Nima uchun yop-
pasiga uyda oʻtirish kerakligini odamlar tushunmasdi. 
Oʻsha paytda qaysi bosqichda ekanimizni, bizni qaysi to-
240 / PANDEMIYA


monga yoʻnaltirishayotganini, davlatning rejalari qanday 
ekanini, bu karantin yana qancha davom etishini hech 
kim bilmas edi.
Karantin choralari qay darajada zarurligini tor doira-
dagi epidemiolog mutaxassislargina tushunardi.
Kechalari uxlamay, kasallikning yuqish zanjirini qan-
day qilib uzish mumkinligini va eng muhimi, buni odam-
larga qanday yetkazishni oʻylab chiqardim. Oʻzimcha ha-
rakatlar algoritmini chizib, hammaga tushunarli usulda, 
oddiy qilib yetkazish yoʻllarini qidirardim. Keyin shu 
mavzuda videolavha qilib, tarqatdim. Chunki karantin 
choralari zarurligini hamma ham birdek tushunmayotga-
ni aniq edi.
Majburan uyda oʻtirib qolgan odamlarning koʻpida och 
qolish xavfi tugʻilgani maʼlum boʻldi. Mamlakatimizning 
yarim aholisi shartnoma boʻyicha ishlasa, har kunligini 
kunbay qoʻliga olsa, bugun nima topsa, shuni yesa... Ay-
niqsa, kafe-oshxonalarda idish yuvuvchi, farrosh va ofit-
siant boʻlib ishlaydigan yolgʻiz ayollar juda ogʻir ahvolda 
qolishdi. Ular ertadan kechgacha ishlab, oʻsha kungi tirik-
chiligini oʻtkazishar, birortasining koʻrpacha tagiga tash-
lab qoʻygan ortiqcha puli yoʻq edi. Ustiga ustak deyarli 
hamma yolgʻiz ayollarning farzandlari bor.
Esimda, oʻshanda Saida: «Nimadir oʻylab topishimiz 
kerak!» dedi. Hech boʻlmasa kimgadir yordamimiz tegsa 
241 / PANDEMIYA


edi, lekin qanday qilib? Volontyorlar kam taʼminlangan oi-
lalarga oziq-ovqat yetkazib turishdi. Albatta, bu juda sa-
vobli ish, lekin bir xalta oziq-ovqat necha kunga yetadi? 
Bu yordam bilan butun karantin davrida muammoni hal 
qilib boʻlmaydi-ku! Buning ustiga, uyma-uy yurish ham 
xavfli edi. Kimdandir virus yuqtirib olish mumkin, kim-
gadir yuqtirish mumkin.
Shunda men yana Sasha Ivanyujenkoga murojaat qil-
dim. U ikki kun davomida kerakli odamlarga qoʻngʻiroq 
qilib chiqib, zarur maʼlumotni toʻpladi. Biz bu loyihani 
«Xavfsiz yordam» deb atadik. Ijtimoiy himoyalanmagan 
ayollarga oʻzlarining nomlariga ochilgan bank kartalari 
tarqatadigan boʻldik. Ayni oʻsha vaqtda Milliy gvardiya-
ning hozirgi Bosh qoʻmondoni, ilgari Toshkent IIBB bosh-
ligʻi boʻlgan Rustam Joʻrayev Prezidentning beshta tashab-
busidan birini amalga oshirib, ayollar boʻyicha inspeksiya 
tashkil qilgan va ularda ahvoli eng ogʻir ayollarning roʻyxa-
ti bor edi. Bu roʻyxatga yolgʻiz ayollar, koʻp bolali ayollar, 
nogiron, qamoqdan yaqinda ozod etilgan, kam haq toʻ-
lanadigan ishda ishlayotgan va boshqa ayollar kiritilgan-
di. Kartotekada pasport olishda kerak boʻladigan «Forma 
№1» ham bor, shaxsiy karta ochish uchun bankka shuning 
oʻzi yetarli edi. Oʻsha loyihada «Kapital bank» va «Aloqa 
bank» ham biz bilan hamkorlik qilishdi. Hamma tashki-
liy ishlarni Oybek Tursunov oʻz zimmasiga oldi. Inspek-
torlar roʻyxatlarni topshirishdi, banklar hisob raqamlar-
ni ochishdi.

Download 24,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish