218 / PUL
ga ortiqchalik qilib qoldim. Shunchalik begona boʻlib
qolibmanki,
ular guruhni mensiz tuzishdi, allaqanday
bachkana, tirnogʻi, sochini boʻyab olgan, ovozi beoʻxshov
yigitlarni yigʻib olishdi. Ichida bittasi boʻlardi, sigaretni
ham
qiliq qilib, jimjilogʻini tarvaqaylatib chekardi. Oʻz-
laricha nima balo ashula yozishibdi, bir tiyinga qimmat
aranjirovka qilishgan, quruq tingʻir-tingʻir.
Meni guruhga qoʻshish
u yoqda tursin, hatto oʻzaro
uchrashuvlariga ham chaqirmay qoʻyishdi. Bobur «Tiko»-
ning pulini Aziz Azimovning qoʻliga bergan, u esa ertasi-
dan telefonini koʻtarmay qoʻygan. Tag-tugi bilan yoʻqolib-
di. Keyin bilsak, oʻsha pulga toʻy qilib, uylanib olgan ekan.
Kim aybdor? Allamjonov aybdor. Tabiiyki, eʼtirozlar
mening boshimga yogʻildi.
—
Menga qaranglar, meni chetga chiqarib, oʻzlaring
oʻsha Aziz bilan ish qildilaring-ku? Pulni ham qoʻliga oʻz-
laring berdilaring. Men u pulni hatto koʻrganim yoʻq! Endi
nega menga yopishyapsanlar?
Ularni
chuv tushirgan Aziz emas, mening gʻoyam
emish. Toʻgʻri-da, kimnidir aybdor qilish kerak-ku! Azi-
movni hech qanaqasiga ushlab boʻlmadi. Oʻzi viloyatdan
kelgan, roʻyxatdan oʻtgan manzili boʻyicha esa yashamas
ekan. Xotini Yunusobodda turarkan. Xotini bilan uning
dadasi ham doʻstlarimga Aziz haqida ancha qiziq gaplar-
ni aytib berishibdi.
220 / PUL
Ota-onam menga hech qachon hech kimga yomonlik qilma-
gin deb oʻrgatishgan. Yer dumaloq, nimaiki qilsang, oʻzingga al-
batta qaytadi, deyishgan. Xudoning hisob-kitobi bexato, unda
adashish boʻlmaydi.
— Toʻqson sakkizinchi yili Aziz Azimovning qilgan ishi
esingdami? Sizlarni «uxlatib» ketgani. Oʻshanda
otang
meni firibgar deb, qoziqqa oʻtqazmoqchi boʻlgandi. Ye-
magan somsamga pul toʻlaganim rosa alam qilgan. Oʻsha
guruhni birga tuzgan boʻlsak ham mayli edi. Lekin sizlar
meni oraga qoʻshmadilaring ham. Hamma oshni oʻzlaring
pishirdilaring. «Kim boʻpti u?» degansanlar-da, a Bobur?
Mana, oʻsha uch mingni qaytaraman deb, oʻzimga soʻz ber-
gan edim. Ma, ol.
U dovdirab qoldi. Indamay pulni oldi, chunki bu oʻsha
vaziyatda uning uchun gʻoyibdan kelgan bir moʻjizadek
gap edi. Lekin qaytib u bilan koʻrishmadim. Nima keragi
bor? Har birimiz oʻzimizning yoʻlimizdan ketdik. Biz endi
butunlay begona odamlarmiz. Mening doʻstlarim — yoʻlni
boshidan hozirgacha men bilan birga bosib oʻtayotganlar.
Ogʻir kunimda ham yonimda turganlar. Yaxshi kunimda
ham yonimda qolganlar. Keyin yana yomon kunlar boʻldi,
ketidan hammasi yana izga tushdi. Hayotda bunday yax-
shi-yomon kunlar hali koʻp boʻladi. Har qanday vaziyatda
yonimizda yelkadosh boʻlib turganlargina haqiqiy doʻsti-
miz ekan.