16-mavzu: Guruhlar dinamikasi va rahbarlik.
Reja:
1. Guruhlar turlari va ular samarasiga ta’sir etuvchi omillar.
2. Noformal tashkilotlarni boshqarish va Xomans modeli.
3. Tashkilotga rahbarlik qilish.
4. Hokimiyat balansi.
1. Guruhlar turlari va ular samarasiga ta’sir etuvchi omillar.
Boshqaruvchining komanda guruhi
boshqaruvchi va uning bevosita xodimlari (bu xodimlar
ham o’z navbatida boshqaruvchi) bo’lish mumkin. Kompaniyaning prezidenti va bosh vitse
prezidenti bular tipik komanda guruhidir.
Xuddi shunday guruhni chakana savdo magazinining direktori va magazinning bo’lim
mudirlari va sotuvchilarni tashkil etadi. Formal guruhning ikkinchi tipi bu ishchi guruhidir. Odatda
u bir topshiriq yuzasidan birga ish olib borayotgan shaxslardan tashkil topadi. Ularda ham umumiy
boshqaruvchi bo’lsada, komanda
guruhidan ajralib turadi, chunki ularda o’z
mehnatini
rejalashtirishda va amalga oshirishda mustaqillik bor. Formal guruhning uchinchi tipi magazinning
bo’lim mudirlari va sotuvchilarni tashkil etadi. Formal guruhning ikkinchi tipi bu ishchi guruhidir.
Odatda u bir topshiriq yuzasidan birga ish olib borayotgan shaxslardan tashkil topadi. Ularda ham
umumiy boshqaruvchi bo’lsada, komanda guruhidan ajralib turadi, chunki ularda o’z mehnatini
rejalashtirishda va amalga oshirishda mustaqillik bor. Formal guruhning uchinchi tipi komitetdir.
Komitet bu tashkilot ichidagi guruh bo’lib, ularga bronta topshiriq yoki masalalar kompleksni
bajarish vakolatlari berilgan. Ba’zida komitetlar komissiya, sovet, ishchi
guruh deb ham atalishi
mumkin. Lekin hamma hollarda ham yechimlarni guruh bilan bajarish nazarda tutiladi.
Hamma komanda va ishchi guruhlar shuningdek, komitetlar birlashgan umumiy kollektiv
bo’lib samarali ish olib borishlari kerak. Lekin bu ko’p hollarda ham amalga oshavermaydi. Afsuski
bu guruh boshqaruvchilari umumiy yagona maqsadga erishishga o’z xissalarini qo’shishni hamisha
ham lozim topavermaydilar. Hozirda tashkilot ichidagi har bir formal guruhni samaraldi boshqaruvi
hal etuvchi ahamiyatga ega deb bo’lmaydi. Bu o’zaro bog’liq bo’lgan guruhlar o’zida
tashkilotni
sistema shaklida tashkil qiladigan bloklarni aks ettiradi. Tashkilot o’z global masalalarini faqat
birgina holda samarali yechish mumkin: uning har bir struktura bo’limining vazifalari bir-biriga
bog’liq holda belgilangan bo’lsa. Shunday qilib, har bir boshliq o’z vazifasini aniq ravshan tushunib
yetsa va boshqaruv san’ati bilan qanchalik samarali foydalansa
tashkilot shunchalik yuqori
cho’qqilarga erishib boraveradi.
Guruhlar o’z maqsadlariga erishishning samarali yo’li ya’ni guruhlar samarasiga ta’sir etuvchi
omillar quyidagilardir:
- razmeri;
- tarkibi;
- guruh normasi;
- jipsligi (birligi);
- konfliktliligi;
- statusi ya’ni mavqei;
- a’zolarning funktsionnal roli.
Razmeri
. Boshqaruv nazariyotchilari guruhning ideal razmerini aniqlashga juda ko’p vaqt
sarf qilishdi. Ma’muriy boshqaruv maktabining namoyondalari formal guruh uncha katta
bo’lmasligi kerak degan xulosaga kelishgan. Ralьf K.Devis fikricha ideal guruh 3-9 kishidan iborat
bo’lishi kerak. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki amalda ideal guruh 5 tadan 9 tagacha kishidan tashkil
topadi. Umuman aytganda guruh a’zolari qancha ko’p bo’lsa, ular orasidagi muloqot shuncha qiyin
bo’ladi.
Tarkibi
. Bu yerda tarkib deganda shaxslar va qarashlarning o’xshashlik
darajasi,
muammolarning yechishdagi usullarining o’xshashligi tushuniladi. Savolni guruh muhokamasiga
qo’yishdan asosiy sabab optimal yechimni topish uchun turli xil pozitsiyalardan foydalanishdir.
SHuning uchun, tadqiqotlar bazasi tomonidan guruh tarkibiga iloji boricha bir-biridan farq
qiladigan
odamlarni olish kerak, deb borilgan maslahatning hech ajablanarli tomoni yo’q.