Dan, Internet va korporativ tarmoqlarga joylash orqali tijorat maqsadida foyda



Download 24,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/58
Sana06.07.2022
Hajmi24,24 Mb.
#750789
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58
Bog'liq
Komil Allamjonov - Allamjonov Aybdor

245 / PANDEMIYA


246 / PANDEMIYA
«Xavfsiz yordam» loyihasi haqida internet-nashrlarda 
bir ogʻiz xabar berib oʻtildi, xolos. Bizga piarning keragi 
yoʻq edi. Asosiysi, shu ish qilingani. Oʻshanda Saida jiddiy 
bir gap aytdi: «Ayollarimiz oʻta xokisor, andishali. Koʻp- 
chiligi oʻzining yordamga haqli ekanini bilmaydi. Kimdir 
ularga koʻmak berishi, qoʻllab-quvvatlashi mumkinligini 
xayoliga keltirmaydi. Muammolarini koʻchaga chiqarib, 
duch kelgan joyda dardini dasturxon qilmaydi. Oʻzi uchun 
hech narsa talab qilmaydi. Lekin kimdir aynan xokisorli-
gi tufayli umidsizlikka tushib qolishi mumkin. Eng dah- 
shatlisi — shu. Biz oʻzimiz bunday ayollarni qidirib topi- 
shimiz kerak».
Saidani eshita turib, «Jurnalistlar-chi, ularning ahvoli 
qanday kechyapti ekan?» — deb oʻylab qoldim.
Jurnalistlarning ham sandiq tagiga tashlab qoʻygan jam-
gʻarmasi boʻlmaydi. Ayniqsa karantinda reklama yoʻqligi 
uchun nashrlar birin-ketin yopila boshlagandi. Nima boʻl-
ganda ham, ularning ahvoli yaxshi emasligi aniq edi. Oʻsha 
vaqtda Mass-media fondida direktor boʻlib ishlayotgan 
Xushnudbek Xudoyberdiyev bilan «Anhor.uz» bosh mu-
harriri, Fond jamoat kengashi raisi Lola Islomovalar yuz 
kishilik roʻyxat tuzishdi. Lola roʻyxatdagilarning har bi-
riga qoʻngʻiroq qilib, hol-ahvol soʻrab chiqdi. Keyin oziq- 
ovqat toʻplamlari tayyorlandi. 
Sasha Ivanyujenkoga qoʻngʻiroq qildim:


247 / PANDEMIYA
— Yejkov qalay ekan, bilinglar-chi. Uni ham roʻyxatga 
qoʻshib qoʻying.
— Bogʻlandik, — dedi Sasha. — Sergey Aleksandro- 
vich yordamdan qatʼiyan bosh tortdi. Oʻsha Allamjonov-
dan hech narsa kerakmas menga, — dedi.
«Boʻpti, oʻzi biladi, koʻzimiz uchib turgani yoʻq», — 
dedim ichimda. Bir quti oziq-ovqat evaziga meni ogʻdirib 
olishmoqchi deb oʻyladi, shekilli.
Fondimiz avgust oyigacha muhtojlarni qoʻllab turdi. 
Liliya Nikolenko tuzgan roʻyxatlar boʻyicha oʻqituvchilar-
ga va oʻquvchilarga ham yordam berildi. Ehtiyojmandlar 
roʻyxatini doimiy yangilab turadigan volontyorlarga ham 
koʻmaklashildi.
Odamlarimizning nihoyatda koʻngli ochiq-da, hatto 
shunchalik qiyin vaziyatda ham oʻzbegimning anʼanasiga 
koʻra, sovgʻa-salomga javoban «togʻora» qaytarishga hara-
kat qilishardi. Kompot, murabbolargacha berib yubori- 
shardi. «Mana, Komil aka, sizga ilindik...»
Biz bu ishlarni reklama yoki oʻzimizni koʻrsatish uchun 
qilmadik. Oʻsha payt yurtimizda hukm surgan vaziyat-
ni uzil-kesil anglaganimiz yoʻq hali. Oʻzbek xalqi yana bir 
marta oʻzligini koʻrsatdi. Vatandoshlarimiz och qolsa ham, 
oxirgi burda nonini muhtojlar bilan baham koʻradi. Biz 
allaqachon umidimizni uzib qoʻygan fuqarolik jamiyati 


248 / PANDEMIYA
shunda namoyon boʻldi. Odamlar koʻp ishlarni zimmala-
riga olib, musibatni yengib oʻtishda davlatga tirgak boʻ- 
lishdi.
Biz pandemiyadan butunlay boshqa odamlar boʻlib 
chiqdik. Badjahl, asabiyroq, lekin ayni vaqtda atrofdagi-
larga hamdard, haqiqiy inson boʻlib chiqdik. Volontyorlar 
vatanni qutqara olishini koʻzimiz bilan koʻrdik.
Afsuski, bu sinovdan oʻtolmaganlar ham boʻldi. Un-
daylar haqida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va 
prokuratura har kuni xabar berib turdi. Menimcha, bu 
kimsalar toʻgʻri yoʻldan ogʻib ketishdi. Sinovdan oʻta olish- 
madi. Biz — insonlarning emas, Allohning sinovidan. 
Buning javobi oldida bizning malomatimiz hech narsa
emas. 
Karantinning boshidan oxirigacha — martdan avgust-
gacha odamlarning kayfiyatini kuzatib, yuqoriga tahli-
liy maʼlumotlar berib turdik. Avvaliga odamlar intizom-
li boʻlib, uyida oʻtirib, jimgina karantinning tugashini 
kutgan boʻlsa, lokdaunning oxiriga kelib, koʻpchilik oʻzi-
ga endi buyogʻiga qanday yashaymiz, degan savolni berdi. 
Agar oʻsha paytda karantin bekor qilinmasa, koronavirus-
ga moslashib yashashga oʻrganmasak, jamiyatda norozilik 
kayfiyati tarqalishini toʻxtatolmay qolardik.
Bu kasallik hech qayoqqa yoʻqolib ketmadi. Biz kasal-
lik bilan kurashib yotgan bir paytda, koʻpgina amaldorlar-


249 / PANDEMIYA
ning layoqatsizligi, saviyasi pastligi ochiq-oydin koʻrinib 
qoldi. Baʼzan byudjet pulini talon-taroj qilish, shundoq 
ham oʻlay deb turgan biznesning kulini koʻkka sovurish 
holatlari ham kuzatildi. 
Hadeb buyruq berib, doʻq-poʻpisa qilmasdan, arzi-
mas mayda-chuydani ham hijjalab tushuntirish, isbotlash,
ishontirish lozim edi. Masalan, jurnalistlar tibbiyot tizimi 
amaldorlarining nutqlaridagi norozilik, malomat ohangi-
ni yoʻq qilishni necha martalab iltimos qilishdi, talab qi-
lishdi, hatto janjallashib ham ketishdi. Niqob taqmagani 
uchun odamlar aybdor, chet eldan qaytib kelgani uchun 
odamlar aybdor, atrofdagilarga kasal yuqtirgani uchun 
ham, oʻzlariga kasal yuqqani uchun ham faqat odamlar-
ning oʻzi aybdor. Bunday munosabat oqibatida kovid qan-
daydir sharmandali kasallik deb qabul qilinadigan boʻlib 
qoldi. Xalq karantindan qoʻrqa boshladi. Kasalni yashir-
gan odam tabiiyki, malakali tibbiy yordam olmaydi, nati-
jada oʻzi bilganicha davolanishni boshlaydi, uyida bor do-
rilarni, antibiotiklarni hovuchlab ichadi, duch kelgancha 
osma ukol olaveradi.
Oʻzboshimchalik bilan notoʻgʻri davolanish oqibatida 
juda koʻpchilikdan ayrilib qoldik, odamlar oʻladigan ah-
volga yetgandagina tez yordam chaqirdi, malakali tibbiy 
yordam kechikdi. 
Bunday ishonchsizlik kayfiyatiga qarshi qoʻlimizdan 
kelganicha kurashdik, lekin baʻzi amaldorlar bitta fikrni 


250 / PANDEMIYA

Download 24,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish