1.2. Shamol tavsifi Shamol xar yerda quruqlikda xam dengizda xam esadi. Insoniyat xavo massasining siljishi xaroratning notekis o‘zgarishi va yerning aylanishi bilan bog’liqligini tezda tushunmagan bo‘lsada, bu xolat ajdodlarimizga dengizda suzishda shamoldan foydalanishga xalaqit bermagandir.
Global shamollar Global shamollarga passatlar va g’arbiy shamollar kiradi. Passatlar yerning ekvatorial qismining qizishi natijasida xosil bo‘ladi. Qizigan xavo o‘zi bilan shamol va janubdan xavo massasini ergashtirgan holda yuqoriga ko‘tariladi. Yerning aylanishi xavo oqimini og’diradi. Natijada doimiy kuch bilan yil davomida esuvchi shimoliy yarim sharda shimoliy sharqiy passat va janubiy yarim sharda janubiy sharqiy passat o‘rnatiladi. Passatlar 25 va 30 mos ravishda shimoliy va janubiy kengliklarining orasida yotgan priekvatorial soxada esadi. Shimoliy yarim sharda passatlar okean sirtining 11% egallasa, janubiy yarim sharda 20% ni egallaydi. Passat shamolning kuchi 2….3 ballni tashkil qiladi. Garbiy shamollar yil davomida dreyflanuvchi Antarktida muzlari chetlari bo‘ylab janubiy kenglikning 40 dan 60 gacha bo‘lgan yo‘laklarda g’arbdan sharqqa qarab esadi. Bu eng kuchli doimiy shamoldir. Uning kuchi 8…10 ballga yetadi xamda kamdan kam xollarda 5 ball xam bo‘ladi.
Materik ichkarisida shamolning doimiy yo‘nalishi mavjud bo‘lmaydi. Yilning turli vaqtlarida quruqlikning turli soxalari turlicha qiziganligi uchun faqatgina shamolning mavsumiy yo‘nalishi to‘g’risida gapirish mumkin. Shuningdek turli balandliklarda shamol turlicha o‘zini tutadi. 50 metrgacha bo‘lgan balandliklar uchun izg;ib yuruvchi oqimlar o‘rinlidir.
Atmosfera potensialini uning massasini va energiya sochilish tezliklarini bilgan holda hisoblab topish mumkin. Qalinliklari 500 metr bo‘lgan yer oldi qatlamlari uchun issiqlikka o‘zgartiriladigan shamol energiyasi yiliga taxminan 82 trillion kilovat – soatni tashkil qiladi. Albatta uning barchasidan foydalanib bo‘lmaydi. Xususan, ko‘pincha qo‘ylgan shamol tegirmonlari bir birini soyalash sababi bo‘yicha ishlatib bo‘lmaydi. Shamoldan olingan energiya yakunida yana issiqlikka aylanadi. Yuz metr balandlikda xavo oqimining o‘rtacha yillik tezligi 7 m/s dan oshadi. Mos keluvchi tabiy balandliklardan foydalanilgan holda 100 metr balandliklarga chiqilsa, u holda barcha yerlarga samarali shamol agregatini qo‘yish mumkin.
MDH davlatlarning Evropa qismi uchun shamolning o‘rtacha yillik oqimi energiyasining soxasi 2 – rasmda ko‘rsatilgan. Agarda faqatgina pastki 100 metrli qatlamni olsak va 100 kvadrat kilometrga qurilma qo‘yilsa, u holda ikki milliard kilovat atrofida o‘rnatilgan quvvatda yiliga 5 trillion kilovatt – soat quvvat ishlab chiqarish mumkin. Bu esa MDX davlatlarining gidroenergetik potensialidan 2 martta ko‘pdir.
2 – rasm. Yuz metrli balandlikda shamol energiyasining o‘rtacha yillik oqimi