1.5. Tadqiqot vazifasi Shamol qurilmalarini yaratish xolatlari bo‘yicha o‘tkazilgan taxminlar mazkur soxa xozirgi kunda 100 KVt dan katta bo‘lgan katta quvvatli ShEQ lar uchun rivojlanganligini ko‘rsatadi. (Germaniya, Daniya, Gollandiya, Angliya) quvvati 600 KVt atrofida bo‘lgan ShEQ samarali hisoblanadi.
Kichik ShEQ lar uchun nisbatan katta bo‘lmagan ishlab chiqarishlar mavjuddir. Ayniqsa 2 – 5 KVt bo‘lgan quvvat uchun ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgandir. Kichik ShEQ larni ishlatish tajribasi ularni keyinchalik rivojlantirish kerakligini ko‘rsatdi. Rivojlantirishlar birinchi navbatda yuklama rejimlariga bog’langan holda, shuningdek ularni akkumlyator batareyalari bilan birgalikda ishlashini xamda ShEQ larning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlagan holda amalga oshirilishi kerak.
II. SUVNI KO‘TARISH UCHUN NASOS – SHEQ QURILMALARINI LOYIXALASH USULI ShEQ ni loyixalash masalasini ko‘rib chiqamiz. Ta’kidlash joizki, kichik shamol energetika katta xududni talab qilmaydi. Ularni mos sharoitlar bo‘lgan barcha yerda rivojlantirish mumkin.
Aniq shamol sharoitlarida shamol qurilmasi uchun shamol g’ildiragi tavsifini tanlash uning oldiga qo‘yilgan maqsad bilan aniqlanadi. Odatda bu talab yil davomida energiya ishlab chiqarishni maksimallashtishdir. Bu bilan yagona energiya tizimidagi issiqlik stansiyalarining yoqilg’i istemolchini kamaytirishga yoki ishlab chiqarishni xattoki kuchsiz shamollarda ma’lum bir minimal energiya bilan ta’minlashga (masalan, suv ta’minot tizimdai nasoslarning ishlay olish qobiliyatini saqlash uchun) erishiladi.
Shamol g’ildiragining asosiy tavsiflaridan biri uning tezyurishligi bo‘lib, u uchta asosiy o‘zgaruvchiga bog’liq bo‘ladi:
Shamol g’ildiragi supurayotgan doira radiusi, shamol tezligi, g’ildirak aylanishining burchak tezligi.
Xozirgi kunda shamol energetik qurilmalari elektr ta’minot tarmoqlardan uzoqlarda joylashgan fermer xo‘jaliklari egalari tomon talab qilinishi mumkin.
Mazkur qo‘llanish soxalari elektr energiya sifatiga minimal talablar bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Bu esa shamol qurilmalarini keskin soddalashtirishga va arzonlashtirishga imkon beradi. Ayniqsa ularni suvni chiqarish uchun kichik gidroelektrostansiyalari bilan birgalikda qo‘llanilishi istiqbolli hisoblanadi. Suvni ko‘tarish, suvni elektr isitish va avtonom istemolchilarni elektr ta’minoti uchun ShEQ larning qo‘llanilishini 2010 yilgacha o‘rnatilgan quvvatni 15MVt gacha etkazishni ko‘zda tutadi. Bu esa yilliga 9 ming tonna shartli yoqilg’ini tejashni ta’minlaydi.
ShEQ li energoqurilmaning kengaytirilgan sxemasi 5 – rasmda keltirilgan.
5 – rasm. ShEQ sxemasi va tarkibi.
ShEQ akkumlyator batareyasini (AB) zaryadlaydi. ShEQ ning uch fazali kuchlanishini o‘zgarmasga o‘zgartirish uchun to‘g’rilagich mavjuddir. Invertor AB da zaxiralangan energiyani yuqori sifatli bir fazali kuchlanishga 220V/50Gs o‘zgartiradi. Bevosita AB ga o‘zgarmas kuchlanish istemolchisi ulanadi.
Bir qator o‘zgarmas tok kuchlanishini (12/24/48V) olish uchun kuchlanish bo‘lgichi mavjuddir. Zaryad kontrolleri zaryad kuchlanishini rostlaydi. Bu bilan esa AB ni ortiqcha zaryadlanishidan ximoya qiladi. Zaryad kuchlanishini rostlashda qolayotgan ShEQ ning ortiqcha energiyasi boylerdagi suvni qizdirishga yoki xonadagi xavoni qizdirishga sarflanadi. Buning uchun suvli yoki xavoli TEQ mavjuddir. AB ni o‘ta zaryadlanishini oldini olish uchun o‘zgarmas tok yuklamasi kontrolleri mavjuddir. Batareya o‘ta zaryadlanishining xafli satxiga yaqinlashishi bilan mazkur kontroller o‘zgarmas tok yuklamasini uzadi.
AB o‘zgarmas tok liniyasida o‘ta zaryadlanishdan invertor ximoya qialdi. Uzoq vaqtli shtillarda AB ni zaryadlash uchun qandaydir rezerv elektr manbasi mavjud bo‘ladi. Mazkur xolatda invertorga ulanadigan DES dir. Ko‘pgina zamonaviy invertorlarda o‘zgaruvchan tok generatordan yoki tarmoqdan ichki zaryad qurilmasi mavjuddir.
Ko‘rilayotgan elektr qurilmadagi ShEQ quvvati odatda 5 KVt oshmaydi. Mazkur cheklanish seriya tarzda ishlab chiqarilayotgan invertorlarning kirish kuchlanishi bilan bog’langandir. Bu kuchlanish 48 V oshmaydi. ShEQ quvvatini 5 KVt dan oshirganda va AB past kuchlanishlarda generatorning nominal toki shunday kattalikka erishadiki, energoqurilmaning samaradorligi pasayadi.