1. Shamol energiya qurilmalarini ishlatish bo‘yicha xolatlar
1.1. Shamol energiya qurilmalari (ShEQ)
Shamol energiyasi imkoniyat tomonidan 5000 yillardan beri ishlatilib kelinayotgan bo‘lsada, so‘nggi 10 – 20 yillarda shamol energetik qurilmalar sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan bo‘ladi. Shu bilan birga ShEQ lardan foydalanish tajribasi, ShEQ samaradorligini oshirish kerakligi (shamol g’ildiragini aerodinamik tavsiflarini yaxshilash, hisoblashning muxandislik usullarini rivojlantirish, ShEQ larning yangi turini ishlab chiqarish) va eksplutasion tavsiflarini yaxshilash – ishonchlilikni oshirish, xizmat vaqtini oshirish, ShEQ ni atrof muxitga ta’sirini kamaytirish bilan bog’liq bo‘lgan muammolar mavjuddir.
Shamol g’ildiragining asosiy turlari 1 – rasmda ko‘rsatilgan.
1 – rasm. Shamol g’ildiragi turlari.
1,6 – vertikal aylanish o‘qli shamol g’ildiragi (1 – rotorli, 6 – orthogonal), 2 – 5 parrakli
Xozirgi kunda ShEQ ning ikkita asosiy turini ajratishadi – birinchisi, shamol g’ildiragi aylanishi gorizontal o‘qli, ikkinchisi aylanishning vertical o‘qlidir. Ular orasidagi prinsipial farq shundan iboratki, gorizontal o‘qli shamol g’ildiraklar shamolga doimo yo‘nalganlikni talab etsa, vertical o‘qli shamol g’ildiragi esa talab etmaydi. Gorizontal o‘qli shamol g’ildiragining afzalligi ishchi yuza birligiga (shamol g’ildiragining shamol yo‘nalishiga perpendikulyar tekisligiga proeksiyasining yuzasi) va mos holda ShEQ quvvati birligiga materialning kam talab qilinishidir. Vertikal o‘qli shamol g’ildiragining afzalligi – shamolning kichik tezliklarida katta yalanuvchi momentni olishidir. Xozirgi vaqtda gorizontal o‘qli ShEQ rivojlangandir. Biroq yangi turdagi shamol g’ildiraklarini, shu jumladan vertikal o‘qli shamol g’ildiraklarini ishlab chiqaris soxasidagi izlanish davom etmoqda.
Shamol dvigatellarning dastlabki nazariyasining ishlab chiqarilishi 1918 yilga tegishlidir. V.Zalevskiy bir vaqtning o‘zida shamol qurilmalari va aviatsiya bilan qiziqib qoldi. U shamol tegirmonlarining to‘liq nazariyasini yaratishni boshladi xamda shamol qurilmasi javob berishi kerek bo‘lgan bir nechta nazariy qarashlarini keltirib chiqardi.
asrning boshlarida Rossiyada umumiy quvvati million kilovatt bo‘lgan 2500 mingga yaqin shamol qurilmalari aylanib turar edi. 1917 yildan so‘ng tegirmon egasiz qoldi va sekin asta buzilishni boshladi. Shamol energiyasidan ilmiy va davlat miqyosida foydalanishga xarakatlar xam bo‘lgan. 1931 yilda Yalta yaqinida o‘sha vaqtlar uchun yirik bo‘lgan quvvati 100kVt bo‘lgan shamol energetik qurilmasi qurilgan edi. Keyinroq esa quvvati 5000kVt ga mo‘ljallangan agregat loyixasi ishlab chiqarilgan edi. Biroq mazkur muammo bilan shug’ullangan shamol energetika instituti yopilganligi sababli loyixa amalga oshmay qoldi.
1940 yilga AQSh quvvati 1250kVt bo‘lgan shamol agregati qurildi. Urush oxirida uning parraklaridan biri shikastlandi. Uni xatto ta’mirlashmadi. Iqtisodchi oddiy dizel elektr stansiyadan foydalanish foydaliroq ekanligini hisoblab chiqishdi. 1940 yillarda shamol energiyasidan energetikada katta ko‘lamlarda foydalanishga qilingan xarakatlarning amalga oshmaganligi tasodifiy bo‘lmagan edi. Neft nisbatan arzon bo‘lib turgan, yirik issiqlik elektr stansiyalarga solishtirma sarmoya tikilishi keskin tushub ketgan, gidroenergiyani o‘zlashtirish esa, o‘sha vaqtlarda past narxlarni xamda qoniqarli ekologik tozalikni kafolatlaydi deb tuyulgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |