Radio va television signallarning o‘tishga salbiy ta’siri Xozirgi vaqtlargacha ShEQ dan radio va televizion qabul qilishlariga xalaqitlar sezilarsiz deb hisoblangan. Agarda ularni uzatuvchi stansiya yo‘nalishi bo‘yicha bitta chiziqda qurishdan qochilsa yoki yetarlicha masofada joylashtirilsa.
Agarda tele va radio signallar yo‘ldoshlar orqali uzatilsa muammo o‘z o‘zidan yo‘qoladi. So‘nggi vaqtlarda ShEQ larning quvvati oshirilishi mos ravishda ShEQ minorasining balandliklari 100 m dan, parraklar o‘lchamlari 40 – 60 m gacha oshishi bilan bog’liq bo‘lgan ShEQ parraklarini chaqmoqdan ximoya muammosi keskinlashmoqda. Dastlabki shamol agregatining parraklari metall yoki yog’ochdan qilingandi. Metall parraklar radio va televizion signallarni qaytarsa, yog’ochli esa yutadi. Biroq bunday agregatlarning soni kamligi va ularning o‘lchamlari katta bo‘lmaganligi. Ularni radio va telesignal uchun xalaqitlar sifatida qaralmagan. ShEQ quvvati va o‘lchamlari oshishi bilan ularning parraklari xar doim shishatoladan xech qanday metall aralashmalar qo‘shmasdan tayyorlanadi. Shuning uchun ular tele va radio signallar uchun yarimshaffof bo‘ladi. Keyinchalik ShEQ o‘lchamlari va quvvatlarini 1 MVt va undan katta qiymatgacha oshishi bilan chaqmoq zarbidan parraklarni ximoya qilish uchun parrak ichiga chaqmoq urganda tok pastga ketishi uchun sezilarli darajadagi yuzaga ega bo‘lgan alyumin simlarini yotqizishni boshlashdi. Bunday parraklar o‘tayotgan radio va tele signallar uchun ko‘zgu misoli bo‘lib qoladi. Mazkur qurilmalar bilan jixozlangan ShEQ xarbiy radar signallari uchun to‘siq bo‘lib qoladi. Norvegiyada ekspertlarning baxosiga ko‘ra xarbiylarning talabini 50 % ga kamayishiga olib keladi. Radarning tor yo‘naltirilgan elektr nuri barcha to‘siq, shu jumladan uylar, daraxtlar va albatta shamol qurilmasini ko‘radi.
Biroq ShEQ rotori orqasidagi zona xarbiy monitorlar uchun ko‘rinmas bo‘ladi. Mazkur xodisani kamaytirish yoki to‘liq bartaraf qilish uchun Епегсоп firmasining rivojlanish bo‘limi xavo va koinot mudofasi bo‘yicha Evropa kompaniyasi bilan xamkorlikda shamol parrakgi tarkibida ShEQ larni qanday rasional joylashtirish, shuning ShEQ parraklari ichiga yerlashtiruvchi simlarning optimal konfiguratsiyalari bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda.
ShEQ larning o‘zi butun park teretoriyasining faqatgina 1 % egallaydi. Shamol parki maydonining 99 % qishloq xo‘jaliklari yoki boshqa faoliyatlar bilan shug’ullanishi mumkin.
Bu esa Daniya, Niderlandiya, Germaniya kabi zich joylashgan davlatlar yuz bermoqda. Diametri 10 m bo‘lgan joyni egallovchi shamol qurilmasining fundamenti odatda to‘laligicha yer ostida bo‘ladi. Bu esa yerdan qishloq xo‘jaligida foydalanishning qurilma minorasining asosigacha kengaytirishga imkon beradi. Shamol fermerlari (yoki shamol agregatlari) paxot ishlarini yoki chorvachilikni katta darajada olib borilishiga buzishi to‘g’ri ma’lumotlar yo‘qdir.
Turli usullar bilan elektr energiya ishlab chiqarishda yer maydonigabo‘lgan extiyoji to‘g’risidagi ma’lumot 3 – jadvalda keltirilgan. “shamol energiyasi bumi” boshlanishi bilan Evropada shamol energiya potensiali yuqori zonalarda joylashgan yer maydonlarining narxi oshishgan bo‘lsa, sarmoyachilar ularni sotib olishni boshlaydilar. Shamol agregatlari o‘rnatilib bo‘lingan fermer va yer egalarining yerlarining narxlari xam oshadi. Demak bu ma’noda ShEQ ning salbiy ta’siri to‘g’risida gapirib bo‘lmaydi, balki ijobiy ta’sir to‘g’risida gapirish kerak. ShEQ ma’naviy yoki fizik eskirganda u bir necha kun davomida olib tashlanishi va uning o‘rniga yangi, yanada quvvatli qurilmani o‘rnatish mumkin. Bu jarayon Evropada keng qamrovda ketmoqda.
Yuqorida bayon qilinganlar shamol energetikasiga xos ekologik muamolarni yechish kerak bo‘lsada, bu uning afzalligini kamaytirmasligi to‘g’risida gapirish mumkin. Bu avvalo qazib chiqarilayotgan yoqilg’I turlarini istemol va atmosferaga zaxarli chiqindilarni chiqarishni qisqarishi bilan bog’langandir.